O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI    VA KASBIY SHAKLLANISH



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/95
Sana27.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#186929
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

4-Mavzu: SHAXS PSIXOLOGIYASI    VA KASBIY SHAKLLANISH
 
R e j a : 
1.  Shaxsning biogenetic na sotsiogenetik nazariyalari. 
2.  Shaxsning tuzilishi. 
3.  Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi. 
4.  Kasbiy shakllanish tarixi. 
T a ya n ch          s o' z          v a          i b o r a l a r : 
 
Shaxs,  individ,  individuallik,  faollik,  faoliyat,  motiv,  qiziqishlar,  shaxsning 
shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari. 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko‘p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo‘nalishda bir 
qator  fanlar:  falsafa,  tarix,  pedagogika,  sotsiologiya,  tibbiyot  va  psixologiya 
o‘rganadi.  Psixologiya  fani  boshqa  fanlardan  farqli  o‘laroq,  shaxsning  ichki 
dunyosini,  boshqacha  qilib  aytganda,  uning  ruhiy  jarayonlarini,  hissiy-irodaviy 
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. 
Psixologiya  fanida  shaxs  muammosini  o‘rganish  bo‘yicha  turli  nazariyalar 
mavjud  bo‘lib,  ularga  biogenetik,  sotsiogenetik,  psixogenetik,  kognitivistik, 
psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar kiradi. 
Biogenetik nazariya negizida  insonning biologik rivojlanishi  bosh omil sifatida 
qabul  qilingan  bo‘lib,  qolgan  jarayonlarning  taraqqiyoti  ixtiyoriy  xususiyat  kasb 
etadi,  ular  bilan  o‘zaro  aloqalar  tan  olinadi,  xolos.  Mazkur  nazariyaga  binoan, 
taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi 
va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot  jarayonining  o‘zi  avval  biologik  rivojlanishning  universal  bosqichi 
sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Biogenetik  qonuniyat  F.  Myuller  va  E.  Gekkellar  tomonidan  kashf  qilingan 


bo‘lib,  ular  ushbu  qonuniyat  taraqqiyoti  nazariyasini  tashviqot  qilish  hamda 
antidarvinchilarga  qarshi  kurashda  muayyan  darajada  tarixiy  rol  o‘ynagan.  Biroq, 
inson organizmining  individual  va tarixiy taraqqiyoti  munosabatlarini tushuntirishda 
qo‘pol  xatolarga  yo‘l  qo‘yilgan.  Jumladan,  biogenetik  qonuniyatga  ko‘ra,  shaxs 
psixologiyasining  individual  taraqqiyoti  (ontogenez)  butun  insoniyat  tarixiy 
taraqqiyotining  (filogenez)  asosiy  bosqichlarini  qisqacha  takrorlaydi,  degan  g‘oya 
yotadi. 
Psixologiya  tarixida  biologizmning  yaqqol  ko‘rinishi  Z.  Freydning  shaxs 
talqinida  o‘z  ifodasini  topgan.  Uning  ta’limotiga  binoan,  shaxsning  barcha 
xatti-harakatlari  (xulqi)  ongsiz  biologik  mayllar  yoki  instinktlar  bilan  shartlangan, 
ayniqsa,  u  jinsiy  (seksual)  maylga  (libidoga)  bog‘liqdir.  Bunga  o‘xshash 
biologizatorlik  omillari  inson  xulqini  belgilovchi  birdan-  bir  mezon  yoki  betakror 
turtki vazifasini bajara olmaydi. 
Sotsiogenetik  nazariya.  Biogenetik  nazariyaning  qarama-qarshi  ko‘rinishi 
sotsiogenetik nazariya  hisoblanadi.  Sotsiogenetik yondashuvga  binoan,  shaxsda  ro‘y 
beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi,  ijtimoiylashish (sotsializatsiya)  usullari, 
uni  qurshab  turgan  odamlar  bilan  o‘zaro  munosabati  vositalaridan  kelib  chiqqan 
holda  tushuntiriladi.  Ijtimoiylashuv  nazariyasiga  ko‘ra,  inson  biologik  tur  sifatida 
tug‘ilib,  hayotning  ijtimoiy  shart-sharoitlarining  bevosita  ta’siri  ostida  shaxsga 
aylanadi. 
Kognitivistik yo‘nalish. Kognitivistik yo‘nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, 
Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. 
J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt 
funksiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning 
asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko‘nikish)dan 
iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. 
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 

 
sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha); 

  operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 

  muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha); 

  formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J.  Piajening  g‘oyalarini  davom  ettirgan  psixologlarning  bir  guruhini 
kognitiv-genetik  nazariyaga  biriktirish  mumkin.  Bu  yo‘nalishning  namoyandalari 
qatoriga  L.  Kolberg,  D.  Bromley,  Dj.  Birrer,  A.  Vallon,  G.  Grimm  va  boshqalar 
kiradi. 
Shaxs psixologiyasining  rivojlanishi  muammosini o‘rganishga Rossiyalik atoqli 
olimlar  L.  S.  Vigotskiy,  P.  P.  Blonskiy,  S.  L.  Rubinshteyn,  A.  N.  Leontyev,  B.  G. 


Ananyev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar. 
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
A.  G.  Kovalevning  fikricha,  shaxs  -  ijtimoiy  munosabatlarning  ham  obyekti, 
ham subyekti. A. N. Leontyevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat subyektidir. K. K. 
Platonov  jamiyatda o‘z  vazifasini anglovchi,  ishga  layoqatli,  yaroqli  individni shaxs 
deb  ataydi.  Bu  muammo  mohiyatini  chuqurroq  ochishga  harakat  qilgan  S.  L. 
Rubinshteynning  ta’rificha,  shaxs  tashqi  ta’sirlar  yo‘nalishini  o‘zgartiruvchi,  ichki 
shart-sharoitlar mahsulidir. 
A.  V.  Petrovskiyning  quyidagi  ta’rifini  shaxsning  psixologik  ta’rifi  sifatida 
qabul  qilish  mumkin:  «O‘z  mehnati  tufayli  hayvonot  olamidan  ajralib  chiqqan, 
jamiyatda  rivojlanuvchi  va  odamlar  bilan  til  yordamida  munosabatga  kirishuvchi 
odam  shaxsga  voqelikni  beruvchi  hamda  faol  o‘zgartiruvchi  subyektga  aylanadi». 
Ko‘rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, 
unga har xil ta’rif berishgan. 
Muayyan  fikrlarni  jamlagan  holda  shaxsga  quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin. 
«Shaxs  o  ‘z  menligini  anglagan,  o  ‘zgalar  bilan  o  ‘zaro  munosabatlarga  kirisha 
oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ». 
Yuqorida  bayon  qilingan  nazariyalar  va  psixolog  olimlarning  fikrlaridan  kelib 
chiqib,  psixologiyada  «shaxs»  masalasini  tushunish  bo‘yicha  quyidagi  xulosalarga 
kelish mumkin. 

 
jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ shaxsdir; 

 
shaxs  hamma  vaqt  muayyan,  faqat  o‘ziga  xos  bo‘lgan  murakkab  individual 
sifatlar  va  xususiyatlar  egasidir.  Bu  sifatlar  va  xususiyatlar  shaxs  xulqida,  boshqa 
shaxslar  bilan  munosabatlarida,  irodasi  va  xulq-  avtorida,  xislatlarida,  qobiliyatlari, 
mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 

 
odam  shaxs  bo‘lib  tug‘ilmaydi,  balki  u  ijtimoiy  taraqqiyot jarayonida  shaxs 
sifatida shakllanadi. 

  shaxs  psixologiyasini  aniq  tarixiy  sharoitlardan,  u  mansub  bo‘lgan 
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish mumkin. 
 
 
 
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish