O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Toshkent farmatsevtika inistitu


Shaxsning  faolligi  va  uning  xayotiy  pozitsiyasi



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/95
Sana27.09.2021
Hajmi1,29 Mb.
#186929
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

Shaxsning  faolligi  va  uning  xayotiy  pozitsiyasi.  Kishining  tevarak-atrofda 
munosabat,  birgalikda  faoliyat  va  ijodiy  ish  jarayonida  namoyon  buladigan  ijtimoiy 
axamiyatga  molik  uzgarishlar  kilish  layokati  shaxsning  faolligi  sifatida  tushuniladi. 
Shaxs  faolligini  ancha  umumiy  tarzdagi,  birikma  xolidagi  ta'rifi    uning  goyaviy 
prinsipialligida,  uz  nuktai  nazarini  izchil  ximoya  kila  borishida,  suzi  bilan  ishining 
birligida  ifodalanadigan  faol  xayotiy  pozisiyasining  bildiradi.  Jamiyatda  faol  xayotiy 
pozisiya  ijtimoiy  burchga  nisbatan  ongli  munosabatda  bulishni,  grajdanlikni, 
jamoachilikni,  faoliyatga  nisbatan  ijodiy  munosabatda  bulishni,  ilmiy dunyokarashga 
tayanadigan e'tikodni, ijtimoiy-axlokiy koidalarning buzilishiga murosasizlikni takozo 
etadi. 
 
Ijtimoiy  foydali  faoliyatda  me'yoridan  ortikcha    deb    atalmish    faollik 
kishilarga  xos  faol  xayotiy    pozisiya  turishning  eng  muxim  kurinishlaridan  biri 
xisoblanadi. Me'yoridan ortikcha  faollik-shaxs faolligining  xali birinchi kommunistik 
shanbalik  uchun  va  keyinchalik  mexnat  zarbdorlari  uchun,  staxanovchilik  xarakati, 


kommunistik  mexnat  brigadalari  va  shu  kabilarga  xos  xolda  namoyon  bulishining 
sosialistik jamiyatda ruy beradigan turidar. Me'yoridan ortikcha faolik muayyan shaxs 
uchun kat'iyan majburiy bulmagan, lekin sosialistik jamiyatning oliy maksadlariga va 
kadriyatlariga  mos  keladigan  faoliyat  kursatilishini  takozo  etadi.  Xech  kim  ishchiga 
mexnat  xukuki  tartib-koidalariga  binoan  uzining    kunlik  topshirigidan  oshirib 
yuborish, kelgusi yil xisobiga ishlash,fakat uz normasini emas, balki  sexda uzi bilan birga ishlagan 
va Vatani  ximoya kilish chogida  mardlarcha xalok bulgan  urtogining  normasining  xam bajarish, uz 
jamgarmalarining Tinchlik  fondiga, yodgorlik urnatish uchun xadya kilish kabi talablarni kuymaydi. 
Bularning xammasi  me'yoridan ortikcha faollik tufayli yuz beradi. Shaxs me'yoridan ortikcha faollik 
kursatgan  xolda  uzining  ijtimoiy  orzu-istaklari  sari  olga  kadam  tashlaydi.  Shu  asnoda  pedagog 
me'yoridan ortikcha faollikni uning xujakursin uchun namoyish kilinadigan turidan farklay bilishi kerak. 
Uzi  uchun  majburiy  bulgan,  ya'ni  koida    tarzidagi  faollik  ukishda,  mexnat  tayyorgarligi  va  xokazo 
yetarli  darajada  faollik  kursatmasdan,  ba'zi  xollarda  xammaning  kuz  ungida  "me'yoridan  ortikcha" 
faolligi xakida tasavvur xosil kilish uchun urinadi. Jumladan, u devoriy gazeta chikarishni uz zimmasiga 
olayotib,  extimol,  bu  bilan  uzining  butun  kollektivga  ma'lum  bulib  kolayotgan  faoliyatsizligini 
yashirishga uringan bulishi xam mumkin. Me'yoridan ortikcha faollik me'yoridagi (normativ) faollikdan 
xoli va undan tashkarida yuz berishi mumkin emas. 
 
Shaxsning  moslashuvchanlikka  xam,  xulk  atvorning  salbiy  (nokonformliligi) 
turiga  xam  zid  bulgan  jamoa  tarzida  uzini-uzi  belgilashi  xam  uning  faol  xayotini 
pozisiyasidan dalolat beradi. 
 
Yosh  yigit  va  kizlarda  faol  xayotiy  pozisiyaning  shakllantirish  axlokiy 
tarbiyaning eng muxim vazifalaridan biridir. 
 
Shaxs  va  uning  faolligi  tugrisidagi  garb  nazariyalarining  tankidiy  taxlili. 
Xozirgi  paytda  garb  psixologiyasida  shaxsni  tadkik  kilish  va  tushunish  borasida 
"insonparvarlik  psixologiyasi"  deb  atalmish  psixologiya  vakillarining  psixoanalitik 
nazariyalari  va  karashlari  (shaxsning  ekzistensialist  nazariyalari)  eng  nufuzli 
yunalishlar bulib xisoblanadi. 
 
Asrimiz boshlaridayok venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd kishi shaxsi faolligi 
manbai  va  xarakterining  uzicha  talkinini  tavsiya  kilgan  edi.  Uning  kupchilik 
izdoshlari  tomonidan  ma'kullangan  nuktai  nazariga  kura,  kishi  unda  xayvonot 
dunyosiga  mansub  ajdodlaridan  meros  kilib  olgan  instinktiv  mayllar  va,  eng  avvalo, 
jinsiy instinkt va uzini ximoya kilish instinkti mavjud bulganligi tufayli faoldir. Uzini 
xayvonot olamida bulgani kabi namoyon kila olmaydi, negaki, jamiyat kishini kuplab 
cheklashlar  turiga  urab  tashlaydi,  uning  instinktlari  va  mayillari  "senzura"ga  rubaru 
kiladi,  bu  esa  kishini  ularni  cheklashga,  tayilishga  majbur  etadi.  Instinktiv    mayillar 
shu  tarika  shaxsning  anglanilgan  xayotidan  sharmandali  bulgan,  man  etilgan  va 
obru-e'tiborga  putur  yetkazadigan  xodisalar  sifatida    chikarib  tashlanadi  va 
anglanilgan  soxasiga  aylanadi,  "yashirin  yashay  boshlaydi",  lekin  yukolib  ketmaydi. 
Ular uzining xarakatlanuvchi kuchini, uz faolilgini saklab kolgan xolda anglanilganlik 
soxasida  sekin-asta  kishilik  madaniyatining  turli  shakllari  va  inson  faoilyati  maxsuli 
tusiga  kirib  (kismlarga  ajratgan  xolda)  shaxsning  xulk-atvorini  yunaltirishni  davom 
ettiraveradi.  Anglanilganlik  soxasida  instinktiv  mayllar  uzining  kelib  chikishiga 


boglik  xolda  turlicha  "kosplekslar"ga    birlashadi,  bu  esa,  Freydning  va 
freydchilarning ta'kidlashlaricha, shaxs faolligining xakikiy sababi bulib xisoblanadi. 
 
Freydning  shaxs  faolligi  xakidagi  konsepsiyasi  (barcha  xatolariga  karamay, 
uning  yutugi  anglanilmaganlik  va  moyilliklar  jabxasiga  e'tiborni  jalb  etganligida 
edi)ni  xatto  bolaning  shavoniy  istaklari  va  kurkinchlari  xakida  xech  narsaga 
asoslanmagan  xayoli  uydirmalarini  bir  chekkaga  surib  kuygan  xolda  dikkat  bilan 
karab  chikilishi  bu  yerda  faollikning  uzi  xam  biologik  tabiiy  kuch  deb 
tushunilayotganini  paykab  olish  imkonini  beradi.  U  xayvonlar  instinktiga  uxshash, 
ya'ni  uzining  barcha  ulchovlariga,  "sublimasiya"lari  ("kismlarga  ajratilishi")  va  unga 
karama-karshi kuyilgan jamiyat bilan mojarolari bulgani xolda usha xayvonlar istinkti 
singari  anglanilmagan  buladi.  Bunda  jamiyatning  vazifasi  mayllarni  seklashda  va 
"senzura" ostiga olishdan iborat bulib koladi. Shaxs va uning faolligini bunday tarzda 
talkin  kilish  shaxsning  ijtimoiy  mavjudot  emas,  balki  biologik  jonzot  ekanligi 
xakidagi  baxoni  keltirib  chikaradi.  Bunda  inson  va  jamiyat  bir-birlariga  prinsipial 
jixatdan  yotdirr  va  ularning  "uygun  tarzda"  munosabat  urnatishlari  fakat  birinchi 
ikkinchisining kuchi bilan bostirilgan takdirdagina, birining ikkinchisi ustidan abadiy 
zurligi  bulgandagina,  anglanilgan  jabxaning  isyon  kutarishi,  tajovuzga  yuz  tutishi, 
ichki  a'zolarning  kasallanishi  va  xokazolar  doimiy  xavf  solayotgan  takdirdagina 
mumkin deb faraz kilinadi. 
 
Freydning  shaxs  faolligini  butunlayicha  fakat  shaxvoniy  xirsga  boglik  kilib 
kuyishga  intilishi  markscha  yunalishda  bulmagan  psixologiyaning  xam  kupchiligida 
e'tiroz  tugdirdi.  Bu  xol  klassik  freydizmning  va  undan  muayyan  chekinishlarnin 
birikuvidan  iborat  xususiyatga  ega  bulgan  neofreydizm      (A.Kardiner,  E.From, 
K.Xorni  va  boshkalar)ning  kelib  chikish  sabablaridan  biri  bulgan  edi.   
Neofreydchilar  shaxsning  faolligini  tushunish  borasida  shaxvoniy  mayllarning 
ustunligi  fikridan  voz  kechishadi  va  insonning  biologik  mavjudotligidan  chetga 
chikishadi. Shaxsning  muxitga boglikligi birinchi  uringa kuyiladi. Bunda shaxs guyo 
uni  beixtiyor  belgilaydigan  ijtimoiy  muxitning  shunchaki  oddiy  tasviri  sifatida 
namoyon  buladi.  Muxit  shaxsga  uzining  eng  muxim  xususiyatlari  aksini  singdiradi. 
Ular  ana  shu  shaxs  faolilginin  kurinishlariga  aylanadi.  Masalan,  kanday  bulmasin 
mexr kuyishlariga va ma'kullashlariga muvaffak bulish uchun intilish, xokimiyatning, 
obru-e'tiborning  va  soxiblikning  orkasidan  kuvish,  obru-e'tiborli  odamlar  guruxining 
fikriga  buysunishga  va  kabul  kilishga  intilish,  jamiyatdan  uzini  olib  kochish  ana 
shunday  kurinishlardir.  Bu  konsepsiyalarda  xam  shaxsning  faolligi  xakikatga  tugri 
kelmaydigan fikriligicha koladi. 
 
Shaxsni  va  uning  faolligini  tushunish  borasida  garb  psixologiyasi  (asosan 
amerikaparast  psixologiya)ning  boshka  bir  nazariy  yunalishi  "insonparvarlik 
psixologiyasi"  birinchi  karashda  psixoanalitik  yunalishga    nimasi  bilandir  zid  bulib 
kurinadi.  Lekin  keyinchalik  ular  uzlarining  asosiy  ta'riflariga  kura  bir-birlariga 
yakinlashib  ketgani  anik-ravshan  bulib  koladi.  Faollikning  manbaini  kashf  etishga 
urinarkan,  utmishga  bolaning  "anglanilmagan  xolatga  surib  chikarilgan"  taassurotlari 
va  kechinmalariga  murojat  kiladigan  psixanalitiklardan  farkli  ularok  rivojlanishi 


K.Rodjers,  A.Maslou,  G.Olport  va  boshkalarning  ilmiy  ishlari  bilag  boglik  bulgan 
"insonparvarlik  psixologiyasi"  kelajakka,  uzligini    eng  kup  darajada  namoyon 
kilishga  (uzini  faollishtirishga)  intilishni  shaxs  faolligining  asosiy  omili  deb 
xisoblaydi. 
 
Maslou,  Rodjers  va  "insonparvarlik  psixologiyasi"ning  boshka  vakillari  uzini 
faollashtirishni  uz  moxiyati  e'tibori  bilan  egosentrik  (uzini  xammadan  ustun  kuyish) 
jarayonga aylantirib yuborishadi. Uzligini faollashtirish, A.Maslouning fikricha, uzini 
va  fakat  uzini    ruyobga  chikarish  uchun  intilishdirki,  bu  ijodiy  faollik  va  "xususiy 
Men"ini  tulakonli  namoyon  kilish  uchun  intilish  kabi  fazilatlarga  ega  bulgan  "uzini 
faollashtiruvchi  shaxslar"ning  (A.Maslouning  fikricha,  ularning  soni  unchalik  kup 
emas-1 prosent atrofida buladi) uta individualligi xakida dalolat beradi. Xakikatda esa 
agar uzligini faollashtiruvchi shaxsni uz xatti-xarakatlari va ishlari bilan uzini ijtimoiy 
jixatdan shart kilib kuyilgan alokalar orkali boglangan boshka odamlarning  xissiy  va 
akliy  jixatlaridagi  uzgarishlarni  ta'minlovchi  sifatida  personajlashuvini  amalga 
oshiradigan  faoliyat  va  munosabat  sub'yekti  tarzida  tushuniladigan  bulsa,  u  xolda 
A.Maslou  va  boshkalar  tomonidan  e'lon  kilingan  uzini  faollashtirish  uydirmaligidan 
nari 
utmaydi. 
Xaykalni 
yasayotgan 
xaykaltarosh 
marmarda 
uz 
rejasini   
mujassamlashtirishdek  ijodiy    intilishini  ruyobga  chikaradi  va  avvalom  bor  usha 
intilishning  uzini  anglab  yetgan  buladi.    Shaxsning  A  Maslou  konsepsiyasiga 
uxshash  tarzda  "uzligini  namoyon  etishi"  va  "uzini  faollashtirish"  kabi  xar  xil 
nazariyalar aynan ana shu    momentni    ushlab oladi va shu bilan uralashib koladi. Bu 
xolda san'atkor nima uchun uz ijodining  maxsulini loji boricha kuprok odamlarga va, 
ayniksa, uzicha "kadriga yetmaganlar" deb xisoblaydiganlarga, ya'ni uzining    referent 
guruxiga  namoyish  kilishga  intiladiq  Shunchaki  uzligini  namoyon  kilish,  buyumda 
ruyobga  chikarish,  nixoyat  buning  uchun  pul  olish  bilan  uzining  faollashtirish  xam 
tugallaganday 
bulib 
tuyuladi. 
Shubxasiz, 
ijodiy 
faoliyat 
sub'yekt-ob'yekt 
(rassom-kartina)  ishi  bilan  tugallanmaydi  va  maksad    rassomning  uzi  "boshkalar" 
xisoblaydiganlar uchun axamiyatli bulgan mukarrar personajlashuvini amalga oshirish 
imkonini 
beradigan 
sub'yekt-ob'yekt-sub'yektga 
oid 
boglani 
(rassom-kartina-tomoshabin)ning  navbatdagi  bugini  xosil  kilinmagunga  kadar 
ruyobga chikmagan bulib koladi. 
 
Dunyoni  odamlarning  uzlari    uzgartirishadi,  lekin  buni  ongli  ravishda  amalga 
oshirish  uchun  dastavval  uni  uzgartirishda,  uni  kurishda  ishtirok  etishga 
yunaltirishgan  bulish  kerakka,  bu  ish  jarayonida  shaxsning  uzi  xam  uzgaradi.   
Yukoridakursatib  utilganidek,  sovet  psixologiyasi  markscha-lenincha  nazariyaga 
tayangan  xolda    kishi  uz  faolligini  faoliyat  jarayonida  va,  eng  avvalo,  birgalikda 
faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish