o‘ram bo’yicha doimo sifat standartlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya
qilish lozim.
3. Har bir keltirilgan yuk bo’yicha hisobotlar (bayonnomalar)ni saqlash lozim. Bu
hisobotlar (bayonnomalar) mahsulot to‘g‘risida quyidagi ma’lumotni uz ichiga olish
kerak: nomi, dori shakli, mikdori, etkazib beruvchi va oluvchining nomi va manzili,
etkazib beruvchi tomonidan berilgan seriya rakami, keltirilgan va olingan sana, olishda
berilgan seriya rakami, yaroqlik muddati o‘tishi sanasi. Hisobot (bayonnomalar)ni
kamida 5 yil saqlash lozim.
4. Belgilangan tizimga muvofiq, masalan, seriya rakami bo’yicha, materiallar va
dori vositalarini barcha olish va berish sanalarini aks ettiruvchi mukammal
bayonnomalar yuritish lozim. Bayonnomalar aniq yoritilgan va olishga qulay joyda
bo’lishi kerak.
5. Zararkunandalarga qarshi kurashishda qo’llaniladigan vositalar bezarar
bo’lishi, material va dori vositalarini u bilan kontaminatsiyalanishini oldini olishi
zarur. Har qanday to‘kilish va sochilishda biron-bir kontaminatsiya xavfini to‘liq oldini
olishni ta’minlash uchun tozalash bo’yicha tegishli jarayonlar (protsedura) ishlab
chiqilgan bo’lishi kerak.
6. Material va mahsulotlarni qabul qilish va jo‘natish joylari ob-xavo sharoiti
ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Qabul qilish zonalari shunday
loyixalashtirilgan va jixozlangan bo’lishi kerakki, zarur bo’lganda olingan material va
dori vositalari o‘ramlari (konteynerlari)ni saqlashga jo’natgunga qadar tozalash imkoni
bulsin.
7. Agar karantin statuey aloxida zonalarda ta’minlanayotgan bo’lsa, mazkur
zonalar aniq belgilangan va ularga kirish faqat mas’ul xodimga ruxsat etilgan bo’lishi
lozim. Jismoniy karantin o’rniga qo’llaniladigan har kanday tizim aynan bir xil
himoyani ta’minlashi lozim. Masalan, kirish xuquqini cheklanishiga ishonch hosil
qilish uchun validatsiyalangan holdagina kompyuterlashtirilgan tizimlar qo’llanilishi
mumkin.
8. Nazorat qilinadigan zonadagi birlamchi mahsulotlardan namunalar olish uchun
tegishli nazorat qilinadigan sharoitlarga ega bo’lgan aloxida zona ajratilgan bo’lishi
lozim.
Agar
namunalar
olish
saqlash
zonasida
amalga
oshirilsa,
uni
kontaminatsiyalanishini yoki kesishgan kontaminatsiyani oldini olgan holda amalga
oshirish lozim. Namunalar olish zonalarini tozalash bo’yicha tegishli usullar
(protseduralar) ishlab chiqilishi lozim.
9. Brak qilingan, yaroqlik muddati o‘tgan, chaqirib olingan, qaytarilgan
mahsulotlar va materiallarni saqlash uchun jismoniy yoki boshqa ekvivalent
validatsiyalangan (masalan, elektron) usul bilan izolyasiya qilingan alohida xudud
ajratilishi lozim. Bunday materiallar
va mahsulotlar, shuningdek ularni saqlash joylari
aniq belgilanishi lozim.
10. Yuqori faollikka
ega va radioaktiv materiallar, zararli, yuqori sezgirlikka ega
vayoki xavfli materiallar va dori vositalari, shuningdek yong‘in va portlash xavfi
bo’lgan moddalar (masalan, oson yonuvchi suyuqliklar va qattiq moddalar, bosim
ostidagi gazlar) tegishli qo’shimcha xavfsizlik va qo‘riqlash vositalari bilan
jixozlangan maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
11. Material va dori vositalarini taqsimlashda va ular bilan muomalada Yaxshi
ishlab chiqarish amaliyoti standarti va mazkur standartning tegishli talablariga rioya
qilish kerak.
12. Materiallar va dori vositalari bilan muomalada ularni kontaminatsiyalanishi,
aralashib ketishi va kesishgan kontaminatsiyaga yul qo‘ymaslik kerak.
13. Materiallar va dori vositalari ularni sifatini saqlanishi ga’minlanadigan
sharoitlarda saqlanishi, ularning zaxiralari esa doimo yangilanib turishi kerak. Birinchi
navbatda yaroqlik muddati tugayotgan mahsulotdan xalos bulish (qutulish) lozim
(yaroqlik muddati tartibida ishlatish, «first expired/first out» (FEFO) - «yaroqlik
muddati kami/birinchi bulib ketadi» tamoyili).
14. Brak kilingan materiallar va dori vositalari identifikatsiya qilinishi va uning
takdiri bo’yicha oxirgi qaror kabul kilingunga qadar mahsulotni ishlatishga yul
kuymaydigan karantin sharoitida saqlash uchun junatilishi lozim.
15. Giyoxvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar xalkaro konvensiya
va O’zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi
lozim.
ko’rsatilgan talablarga mos kelishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: