Saqlash zonalari. Saqlash zonalariga begona shaxslarning kirishini oldini olish
chora tadbirlarini ko‘rish lozim.
-Turli toifadagi material va mahsulotlarni, jumladan birlamchi va o’rov
materiallari, oraliq (in bulk) mahsulotlar, tayyor mahsulot, karantindagi mahsulotlar
shuningdek brak qilingan, qaytarilgan va chaqirib olingan mahsulotlarni tartibli
saqlanishini ta’minlash uchun saqlash zonalari etarli darajada keng (sigimli) bo’lishi
kerak.
-Saqlash zonalari yaxshi saqlash sharoitlarini ta’minlay oladigan darajada
loyixalashtirilgan yoki moslashtirilgan bo’lishi kerak. Jumladan, ular toza, quruq
bo’lishi va ularda kerakli harorat rejimi ushlab turilishi kerak. Agar mahsulot
yorliqlarida maxsus saqlash sharoitlari (masalan, harorat yoki nisbiy namlik)
ko’rsatilgan bo’lsa, ularni ta’minlash, vaqti-vaqti bilan tekshirish, nazorat qilish va
qayd qilish lozim. Materiallar va dori vositalari polda saqlanishi mumkin emas,
tozalash va inspeksiyani ta’minlash uchun ular zarur bo’lgan uzoqlikda joylashtirilishi
kerak. Tagliklarni yaroqli va toza holda yaxshi saqlash lozim.
-Zararkunandalarga qarshi kurashishda qo’llaniladigan vositalar bezarar bo’lishi,
material va dori vositalarini u bilan kontaminatsiyalanishini oldini olishi zarur. Har
kanday to’kilish va sochilishda biron-bir kontaminatsiya xavfini to’liq oldini olishni
ta’minlash uchun tozalash bo’yicha tegishli jarayonlar (protsedura) ishlab chiqilgan
bo’lishi kerak.
-Material va mahsulotlarni qabul qilish va jo‘natish
joylari ob-xavo sharoiti
ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Qabul qilish zonalari shunday
loyixalashtirilgan va jixozlangan bo’lishi kerakki, zarur bo’lganda olingan material va
dori vositalari o‘ramlari (konteynerlari) ni saqlashga jo’natgunga qadar tozalash
imkoni bulsin.
-Agar karantin statuey aloxida zonalarda ta’minlanayotgan bulsa, mazkur zonalar
aniq belgilangan va ularga kirish faqat mas’ul xodimga ruxsat etilgan bo’lishi lozim.
Jismoniy karantin o’rniga qo’llaniladagan har qanday tizim aynan bir xil himoyani
ta’minlashi lozim. Masalan, kirish xuquqini cheklanishiga ishonch xosil qilish uchun
validatsiyalangan holdagina kompyuterlashtirilgan tizimlar qo’llanilishi mumkin.
-Nazorat qilinadigan zonadagi birlamchi mahsulotlardan namunalar olish uchun
tegishli nazorat qilinadigan sharoitlarga ega bo’lgan aloxida zona ajratilgan bo’lishi
lozim.
Agar
namunalar
olish
saqlash
zonasida
amalga
oshirilsa,
uni
kontaminatsiyalanishini yoki kesishgan kontaminatsiyani oldini olgan holda amalga
oshirish lozim. Namunalar olish zonalarini tozalash bo’yicha tegishli usullar
(protseduralar) ishlab chiqilishi lozim.
-Brak qilingan, yaroqlik muddati o‘tgan, chaqirib olingan, qaytarilgan
mahsulotlar va materiallarni saqlash uchun jismoniy yoki boshka ekvivalent
validatsiyalangan (masalan, elektron) usul bilan izolyasiya qilingan aloxida xudud
ajratilishi lozim. Bunday materiallar
va mahsulotlar, shuningdek ularni saqlash joylari
aniq belgilanishi lozim.
-Yuqori faollikka ega va radioaktiv materiallar, zararli, yuqori sezgirlikka ega
va/yoki xavfli materiallar va dori vositalari, shuningdek yong’in va portlash xavfi
bo’lgan moddalar (masalan, oson yonuvchi suyukliqlar va qattiq moddalar, bosim
ostidagi gazlar) tegishli qo’shimcha xavfsizlik va qo‘riqlash vositalari bilan
jixozlangan maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
-Material va dori vositalarini taqsimlashda va ular bilan muomalada Yaxshi ishlab
chiqarish amaliyoti standarti va mazkur standartning tegishli talablariga rioya qilish
kerak.
-Materiallar va dori vositalari bilan muomalada ularni kontaminatsiyalanishi,
aralashib ketishi va kesishgan kontaminatsiyaga yo’l qo’ymaslik kerak.
-Materiallar va dori vositalari ularni sifatini saqlanishi ta’minlanadigan
sharoitlarda saqlanishi, ularning zaxiralari esa doimo yangilanib turishi kerak. Birinchi
navbatda yaroqlik muddati tugayotgan mahsulotdan xalos bulish (qutulish) lozim
(yaroqlik muddati tartibida ishlatish, «first expired/first out» (FEFO) - «yaroqlik
muddati kami/birinchi bo’lib ketadi» tamoyili).
-Brak qilingan materiallar va dori vositalari identifikatsiya qilinishi va uning
taqdiri bo’yicha oxirgi qaror qabul qilingunga qadar mahsulotni ishlatishga yo’l
qo’ymaydigan karantin sharoitida saqlash uchun jo’natilishi lozim.
-Giyoxvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar
xalqaro konvensiya va
O’zbekistan Respublikasining milliy qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi
lozim.
Asbob-uskuna
Asbob - uskuna dori vositalarini yaxshi saqlanishini ta’minlash uchun yaroqli va
etarli darajada bo’lishi kerak.
Monitoring uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari bir yilda bir marta qiyoslash
ko’rigidan o’tkazilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: