20
berdi. Mazkur muassasalar sonini qisqarishi qishloq sharoitida ko’p bosqichli
yordamdan (FAP, QVA, KUK, RK, MRK) ikki bosqichlik yordam (QVP, MRK)
tizimiga yetish imkonini yaratdi va aholini turli muassasalarga murojaatini
kamaytirdi.
Islohotlarning asosiy natijalaridan biri davlat, xususiy va boshqa sog’liqni
saqlash tizimlarini yaratilishi bo’ldi. Olib borilayotgan
islohotlar va uzoq muddatli
konsepsiya Sog’liqni saqlash tizimini bosqichma- bosqich sug’urta tibbiyotida
o’tishni ta'minlab beradi.
Shunday qilib, 1998-2005 yillardagi islohotlarning asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblandi:
- aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan darajasi
sifatini davlat tomonidan ta'minlash;
- aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini
mustahkamlash;
- davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish tizimini
takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o’tish;
- tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish;
- sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-profilaktika
muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning samaradorligini
oshirish,
sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda xususiy vrachlik amaliyotini
rivojlantirish;
- bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet harajatlari samaradorligini oshirish,
aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish hisobiga sog’liqni
saqlashning moliyaviy negizini
takomillashtirish;
- tarmoqni isloh qilishning me'yoriy-huquqiy
negizini tashkil etish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini oshirish
jarayonini takomillashtirish;
- jismoniy tarbiyani rivojlantirish va aholi salomatligini profilaktika qilishning turli
shakllarini integratsiyalash;
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda tarmoqqa xorijiy
sarmoyalar va
texnologiyalarni jalb qilishni kengaytirish.
Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlashni takomillashtirish tibbiy
xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda
tutilgan. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik
xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta'minlanadi.
Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni
samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali
yechimini
topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menedjment va marketing
bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chiqaradi.
Sog’liqni saqlash tizimi vazifalarini hal etishda aholiga ko’rsatilayotgan
tibbiy xizmatining usul va uslublari hisoblanadi.