O`zbekiston Respublikasida mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obеktlarni barpo etish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan yangilash, namunaviy turar-joy massivlari va aholi yashash punktlari, ko’ngilochar va dam olish maskanlari, saylgohlar, transport ob’yektlarini qurish va shu kabi sohalarda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish, olib borilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlar haqida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: 2019 yil - "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Hozirgi vaqtda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim "drayver"laridan biriga aylandi. Bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun qurilishga oid normalarni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish, zamonaviyqurilish texnologiyalari va materiallarini tatbiq etish, soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish zarur. Shuningdek, tenderlar o’tkazishning aniq mezonlarini ishlab chiqish va sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etish kerak.
Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekiston Respublikasida jami 65,2 trillion so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish sur’ati 2019 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 108,6 % ni tashkil etgan.
So’nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mamlakatda iqtisodiy tizimni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo’naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda.
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida, shuningdek 2017 - 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida bir qator amaliy ishlar hayotga tadbiq etilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-sonli “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida quyidagi vazifalar belgilangan:
transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag’batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo’naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’yektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish;
transport va yo’l xo’jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish.
O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan faol investitsion siyosatning samarasini qiritilayotgan investitsiyalar hajmida yaqqol ko’rish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Avtomobil yo’llarining arxitektura landshaft konstruktsiyasi va obodonlashtirish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3262-sonli Qarorida yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari belgilangan.
Farg’ona viloyatida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, keng ko’lamda iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiyalash, turizmni rivojlantirish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatayotgan biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yangi va zamogaviy servis shohobchalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va boshqa texnik xizmat ko’rsatish ishlari izchil davom ettirildi.
Farg’ona viloyatini 2019-2020 yillarda rivojlantirishga mo’ljallangan dasturda bo’yicha umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard so’mlik 643 ta loyixadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur doirasida 2,5 milliard dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya o’zlashtiriladi va 31 mingdan ziyod ish o’rinlari yaratiladi. Xorijiy investitsiyalar bo’yicha Farg’ona viloyatida 2019 yil yanvar-mart oylarida 66 million dollarlik xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi. O`zlashtirilgan investitsiyalarning 70 foizga yaqini yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi.
Shu nuqtai-nazardan, aholiga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularga xizmat ko’rsatadigan bozor infratuzilmalarini shakllantirish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Shahar, qishloq va tumanlarimizda xizmat ko’rsatish sohasini izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish dasturi doirasida so’nggi Farg’ona viloyatida uch yilda 22 ming 800 dan ortiq loyiha amalga oshirildi, ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,6 barobar, qishloqda bir kishiga to’g’ri keladigan xizmatlar hajmi 1,5 barobar oshdi.
Bugungi kunda qishloq joylarida shahar va qishloqlarimizda tadbirkorlik sub’yektlarining ishbilarmonlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan zamonaviy bino va inshootlarga bo’lgan extiyoji ortib bormoqda. Ayniqsa, barqaror moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan mulk egalari va ishbilarmonlar uchun qulay, arzon va ko’p tarmoqli savdo, texnik xizmat, servis komplekslarini bunyod etish, ularda aholiga pullik xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Diplom loyihasining ushbu bo’limida Marg’ilon shahar sobiq TRZ xududi o’rnida 1200 o’rinli ko’p qavatli yengil avtomobillar turar joyi binosining joriy narxlardagi qiymatini aniqlash bo’yicha hisob-kitoblar qilingan. Qurilish mahsuloti qiymati asosan uchta elementdan iborat bo’ladi: qurilishga sarflanadigan bevosita xarajatlar, ustama xarajatlar va soliqlar.
Yengil avtomobillar turar joyining qurilishida, asosan, “Resurslar usuli” asosida normativlardan oydalangan holda hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Shu normativlar asosida qurilishi mo’ljallanayotgan hudud, qurilayotgan avtoturargoh, ko’kalamzorlashtirish maydoni, yo’l va yo’lkalar maydonini o’z ichiga oladi.
Bevosita xarajatlar tarkibiga qurilish uchun to’g’ridan-to’g’ri sarflangan mehnat, material, mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari va mebel-jixozlar bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Mazkur ob’yekt bo’yicha bevosita xarajatlar 10 milliard 250 million so’mni tashkil etadi. Qurilish firmasining foydasi to’g’rixarajatlarni 22 foizini, ya’ni 2 milliard 255 million so’mni tashkil etadi. Bilvosita, ya’ni qurilishning ustama xarajatlari qariyb 635,5 million so’mga teng bo’ladi.
Yengil avtomobillar turar joyi qiymatini aniqlash bo’yicha
hisob-kitoblar jadvali
5-jadval
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O`lchov birligi
|
Hajmi
|
1
|
Umumiy yer maydoni
|
kv.m
|
27200
|
2
|
Qurilish maydoni
|
kv.m
|
7956,3
|
3
|
Ko’kalamzorlashtirish maydoni
|
kv.m
|
5721,7
|
4
|
Yo’l va yo’laklar
|
kv.m
|
10285,1
|
5
|
Qurilish ishchilarining mexnat vaqti sarfi
|
kishi/soat
|
122 400
|
6
|
Qurilish materiallari, buyumlari va ashyolariga xarajatlar
|
ming so’m
|
5 232 600
|
7
|
Mashina va mexanizmlardan foydalanish sarfi-xarajatlari
|
ming so’m
|
2 441 880
|
5-jadval davomi
|
8
|
Qurilish ishchilarining asosiy ish xaqi
|
ming so’m
|
1 162 800
|
9
|
Ijtimoiy sug’urta xarajatlari (asosiy ish xakidan 12%)
|
ming so’m
|
139 536
|
10
|
Ob’yekt maxsus jixozlari, mebel va inventarlariga xarajatlar
|
ming so’m
|
1 4128 02
|
11
|
Jami to’g’ri xarajatlar
|
ming so’m
|
10 250 082
|
12
|
Ijrochining boshqa xarajatlari (22%)
|
ming so’m
|
2 255 018
|
13
|
Jami bevosita xarajatlar
|
ming so’m
|
12 505 100
|
14
|
Qurilish ob’yektini sug’urtalash xarajatlari (to’g’ri xarajatni 80 foizini 4 foizi)
|
ming so’m
|
328 003
|
15
|
Loyixa tayyorlash
|
ming so’m
|
205 002
|
16
|
Xavf-xatar koiftsiyenti
|
ming so’m
|
102 501
|
17
|
Jami bilvosita xarajatlar
|
ming so’m
|
635 505
|
18
|
Qurilish qiymati joriy baxolarda (QQS siz)
|
ming so’m
|
13 140 605
|
19
|
Qo’shilgan qiymat solig’i (15%)
|
ming so’m
|
1 971 091
|
20
|
Qurilish qiymati joriy baxolarda
|
ming so’m
|
15 111 696
|
Bundan tashqari, buyurtmachi 15 foizli qo’shilgan qiymat solig’ini, ya’ni 1 milliard 971 million so’mni ham to’lashi lozim. Qo’shilgan qiymat solig’i bilan birgalikda 1200 o’rinli muhtasham avtoturargohning umumiy qiymati 15 milliard 111 million 696 ming so’mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |