Ish xaqi: moxiyati, shakllari. Real ish xaqi
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Ish haqining mohiyati.
2. Real va nominal ish haqi.
3. Ish haqiga ta’sir etuvchi omilar tahlili.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko‘pchiligida «uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan.
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari mavjud. Davlat yo’li bilan normalash–davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib, Ish haqining mohiyati va amaliy vazifalari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Ish haqining mohiyati, real va nominal ish haqi, ish haqiga ta’sir etuvchi omilar haqida fikr yuritish.
Kurs ishi quyidagi qismlardan tashkil topgan: kirish, 3 ta asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ish haqining mohiyati.
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi. Qo’shimcha qismga yil yakunlariga ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mukofot va rag’batlantirishlar kiradi..
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning davlat va mahalliy turlari mavjud. Davlat yo’li bilan normalash–davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mehnatga haq to’lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.
Haq to’lashning qaysi tizimini: tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib olishni korxonaning o’zi mustaqil ravishda hal qiladi. Ish haqining funktsiyalari va uni tashkil etish tamoyillari. Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funktsiya (vazifa)larida namoyon bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |