Quyidagi kasalliklar ustidan nazorat o’rnatilishi lozim: bezgak
(zararlangan mamlakatlarda o’limni 20% qisqartirish); sil- 85% davolangan va
70% mikobakteriya tarqatuvchilar aniqlangan; gepatit B - bolalar o’rtasida
bemorlarni 80% qisqartirish; yurak ishemiya kasalligi - 65 yoshgacha o’limni 15%
qisqartirish; o’sma kasalligi - o’limni 15% qisqartirish. OIV infeksiyasining jinsiy
aloqa orqali tarqatilishi xavfini qisqartirish kerak.
7. Maqsad - ogohlantirish va tiklash yo’li orqali mehnatga layoqatsizlik
holati sonlarini qisqartirish.
13
8. Maqsad - aholi barcha guruhlari ovqatlanish ahvolini uzluksiz yaxshilash.
Vazifalar - 5 yoshgacha bolalar ovqatlanishi yetishmasligi 50% qisqartirish.
Ovqatlanish mikroelementlarini yetishmasligini tugatish. Ayollar o’rtasida temir
tanqisligi anemiyasi tarqalishini 33%ga qisqartirish.
9. Maqsad - salomatlikka xavfsiz, sog’lom atrof-muhit va hayot sharoitiga
ega bo’lish uchun imkoniyat yaratish. Vazifalar - 85% aholini xavfsiz ichimlik suvi
bilan ta'minlash. Sanitariya-gigiyeniya sharoitlari bilan ta'minlangan aholi guruhi
ulushi 75% ni tashkil etishi kerak. Bexatar va kuch ishlatish bilan bog’liq
o’limlarni qisqartirish.
10. Maqsad - sog’lom turmush tarzi, sog’lom ahloqni qo’llab-quvvatlashga
imkoniyat yaratish.
JSST ish doirasini aniqlash :
1. Mamlakatlar bilan texnik hamkorlik, shuningdek, sog’liqni saqlash
xalqaro ishi bo’yicha rahbarlik va uni muvofiqlashtirish.
Texnik hamkorlik milliy mutaxassislar va JSST xodimlarining birgalikdagi
tegishli masala va yo’nalishlar, sog’liqni saqlash sohasida dasturlarni ishlab
chiqish tahlillariga asoslanadi.
2. Sog’liqni saqlash ishida barcha hukumat muassasalarini to’liq ishtirok
etishini ta'minlash.
3. Resurslar taqsimoti va boshqaruv jarayonlarini yuqori tarzda tibbiyot
xizmatini ko’rsatish uchun qaratish.
4. Sog’liqni saqlash va gumanitar yordamni yaxshilash yo’nalishidagi
muvofiqlashtirishni, ayniqsa, mamlakatlar ichida chora ko’rish.
5. Milliy tajribalarni inobatga olish, o’ta muhtoj mamlakatlarni qo’llab-
quvvatlash, mamlakatlar o’rtasida yuqori tarzli hamkorlik.
6. Ulkan yo’nalishli xalqaro masalalarni aniqlash va o’ta muhtoj
mamlakatlarga qulay yordam ko’rsatish yo’llarini izlanishlarni o’tkazish.
7. JSST salomatlik inson huquqlari ahamiyatini ta'kidlashda o’z mavqeidan
foydalanadi va qo’llab-quvvatlaydi.
8. JSST salomatlikni mustahkamlashda ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni
o’zaro aloqadorligini tiklaydi.
9. JSST o’zining maxsus bilimlarini, tajriba va axborotlarini yirik va
hududiy sog’liqni saqlash muommolarni hal etishga sarflaydi.
10. JSST gumanitar harakatlarda ishtirok etadi.
11. JSST xalqaro nomenklatura, uslub, me'yor va standartlarni ishlab chiqadi
va tarqatilishiga yordam beradi.
12. JSST salomatlik ahvolini kuzatadi va yangi ko’rsatkichlarni ishlab
chiqishga intiladi.
13. Sog’liqni saqlash sohasida izlanishlarni qo’llab-quvvatlaydi.
14. Sog’liqni saqlash rivojlanishining uslub va harajatlar nuqtai nazaridan
yangi va qulay axborotlarni to’plash va tarqatish bilan shug’ullanadi.
Yuqoridagi umumiy va kelgusidagi dasturlarni bajarish uchun yo’nalishlar
bo’yicha dasturlar tuziladi. Har bir yo’nalish dasturlari alohida xususiyatlarga ega.
14
Dastur ijrosi barcha mamlakatlarni jalb etish hisobiga amalga oshadi, ular
o’z dasturlarini milliy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzadilar.
JSST mamlakatlar bilan hamkorlik qilish va dasturlarni bajarishda tegishli
ravishda qo’llab-quvvatlaydi.
Sog’liqni Saqlashni ijtimoiy va siyosiy ahamiyati, tibbiy-biologiya
fanlarining so’nggi o’n yillikdagi yutuqlari tibbiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni
rivojlanishini rag’batlantirdi. Hamkorlikdagi faoliyat aholi salomatligi va sog’liqni
saqlash bo’yicha axborotlar almashishga qaratilgan. Tibbiy yordam ko’rsatish
uchun maslahatlar va mutaxassislar almashuvi olib borilmoqda. Turli davlatlar
olimlari va tibbiyot xodimlari birgalikda konferensiyalar, s'yezdlar o’tkazishda,
ilmiy izlanishlar olib borishda va tibbiy mutaxassislar tayyorlashda
yordamlashadilar.
Jamoat salomatligi bilan asrlar davomida butun jahon olimlari shug’ullanib
kelganlar. Insonni sog’lomlashtirish muammolari bilan tarixiy olimlardan:
Gippokrat, Ibn Sino, Aristotel, Ramansin va boshqalar qiziqqanlar. Ular, aholi
salomatligiga turli ijtimoiy sharoitlar ta'sir etadi, degan fikrlarni keltirganlar.
Eramizdan oldingi davrlarda yuqumli kasalliklar ko’p tarqalgan bo’lib,
ularning kelib chiqish sabablari va bunda tashqi muhit omillarining ta'siri borligi
aniqlangan. X1X asrning ikkinchi yarmida L.Paster, R.Kox, I.Mechnikovlar
tomonidan yuqumli kasalliklarning mikroblari aniqlangan va bunda aholi yashash
sharoitlariga e'tibor berilgan. XX asr boshlarida germaniyalik Alfred Grotyan 1903
yildan boshlab "Ijtimoiy gigiyena" jurnali chop qilgan va ijtimoiy omillarning
ta'siriga ahamiyat bera boshlagan. 1905 yilda olim Bremenda ijtimoiy gigiyena va
tibbiy statistikaga asoslangan ilmiy jamiyat barpo etdi, 1912 yilda esa dotsentlik
lavozimiga erishdi.
1920 yilda Berlin universitetida ijtimoiy gigiyena kafedrasi ochildi,
Grotyandan so’ng esa Germaniyaning boshqa shaharlarida va jahon
mamlakatlarida ham ijtimoiy gigiyenaga o’xshash bo’limlar ochila boshlandi.
Germaniya va boshqa mamlakat olimlari hozirgi kungacha aholini ijtimoiy
ta'minlanishini aniqlashda ijtimoiy, statistik, ruhiy, iqtisodiy va boshqa usullarni
keng qo’llash zarur deb hisoblaydilar.
1920 yillarda A.Fisher, A.Grotyan va boshqa chet el olimlarining ilmiy
ishlari va o’quv qo’llanmalari rus tilida nashr etila boshlandi. Ijtimoiy gigiyena
kafedrasining boshqaruvchilari va sog’liqni saqlashni tashkillashtiruvchilar
tomonidan kasalliklarni kelib chiqish sabablari, ularni kamaytirish yo’llari, tibbiy
xodimlarni ijtimoiy gigiyena va statistika asoslariga o’rgatish bo’yicha dastur va
ilmiy-asoslangan yo’llanmalari ishlab chiqildi.
Butun jahon tibbiy muassasalarida ijtimoiy gigiyenadan dars o’tish yetakchi
intizom bo’lib hisoblana boshlandi.
Hozirgi kunda salomatlik va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni
o’rganuvchi yagona kafedralar Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa
mamlakatlardagi ba'zi o’quv muassasalarida mavjud bo’lib, unda sotsiologiya,
statistika, tibbiy muassasalarni tashkillashtirish, menejment, sog’liqni saqlashni
15
sug’urta masalalari ishlab chiqilgan dastur va reja asosida o’quv ishlari olib
borilmoqda.
Avvalgi Sovet davrida bizning fanimiz "Ijtimoiy gigiyena" deb nomlangan
va birinchi ijtimoiy gigiyenistlardan SSSR Sog’liqni saqlash tizimining birinchi
narkomi N.A.Semashko va birinchi muovini Z.P.Solovyovlar bo’lganlar.
1922 yilda N.A.Semashko I Moskva universiteti tibbiy fakultetida kasbiy
kasalliklar klinikasi bilan birgalikda "Ijtimoiy gigiyena" kafedrasini tashkil qildi,
so’ngra umumiy va kommunal gigiyena (N.N.Sisin) kasbiy gigiyena (S.N.Kaplun),
maktab gigiyenasi (A.V.Malkov), tibbiyot tarixi (I.D.Starshun) va boshqa
kafedralar barpo etildi.
1923 y. II Moskva universitetining tibbiyot fakultetida yana bitta "Ijtimoiy
gigiyena" kafedrasi ochildi, bunga Z.P.Solovyov rahbarlik qildi. Paralel ravishda
soyuz respublikalari, Rossiya shaharlaridagi tibbiyot institut va universtitetlarida
hamda O’zbekistonda ham "Ijtimoiy gigiyena" kafedrasi ochildi.
"Ijtimoiy gigiyena" nomi bilan atalgan kafedra avvalgi soyuz davrida 1941
yilga qadar faoliyat ko’rsatdi.
1941 yilda Sog’liqni Saqlashni tashkilllashtirish narkomi G.A.Miterev
farmoyishiga ko’ra "Ijtimoiy gigiyena" kafedrasi "Sog’liqni Saqlashni
tashkillashtirish" nomi bilan atala boshlandi, chunki nazariy masalalar hal etilib,
endi amaliy masalalar bilan shug’ullanish vaqti kelgan edi.
Ammo, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, "Ijtimoiy gigiyena" nazariy
yo’nalishda aholi salomatligi va unga ta'sir etuvchi omillarni o’rganadi, shu tarzda
me'yoriy va tarkibiy masalalar, tibbiy xizmatni tashkillashtirish muammolarini hal
qiladi.
O’sha vaqtda hayot nazariy masalalarni keyinchalik yana o’rganishni talab
etardi, chunki yangi muammolar vujudga kelayotgandi. Bunga asosan, 1966 yilda
Sog’liqni saqlashni tashkillashtirish ministri B.V.Petrov tomonidan "Sog’liqni
saqlashni tashkillashtirish" kafedrasini "Ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni
tashkillashtirish" nomi bilan o’zgartirish haqida buyruq chiqarildi. Shu yil
N.A.Semashko nomidagi institut kafedrasi ham shunday nomga ega bo’ldi.
Soyuz tarqalib ketgandan so’ng, turli o’zgarishlar va islohotlar sababli
Sog’liqni saqlash tizimi yana ijtimoiy gigiyena nomi bilan atala boshladi. Ko’p
mamlakatlarda XIXasr oxirlarida va XX asr boshlarida kafedralar "Ijtimoiy
tibbiyot", "Jamoat salomatligini saqlash" va boshqa nomlar bilan atala boshlandi.
1999 yildan boshlab Rossiyada va boshqa MDH mamlakatlarida "Jamoat
salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish" nomida to’xtatildi.
Jamoat salomatligi – sog’liqni saqlash tizimining nazariy asosi sifatida o’z
oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
a)
aholi salomatligini va unga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillarni o’rganish, aholi
salomatligini o’rganish metodologiyasini ishlab chiqish;
b) Soqliqni saqlash tizimi yo’nalishida davlat axborotlarini nazariy asoslab
berish, jamoada sog’liqni saqlash tamoyillarini ishlab chiqish;
c) aholiga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatning tashkiliy uslub va usullarini
qidirib topish va ishlab chiqish;
16
d) ko’rib turganimizdek, bu vazifalarni amalga oshirish uchun o’quv
muassasalarida ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil qilish fanini chuqur
o’rganish va ijtimoiy gigiyena asoslariga tayangan holda tibbiy xodimlarni
tarbiyalash va tayyorlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |