Assessment Manager ma’lumotlar bazasi yordamida o’qituvchihar bir talabaning ishini baholaydi va natijasini talabaga yetkazadi. Nazorat ishlari, oraliq va yakuniy nazoratlar materiallari talabalarga Schedule ma’lumotlar bazasi yordamida yetkaziladi, nazoratlarning bajarilishi tekshirilib, natijasi elektron pochta orqali Assessment Manager ma’lumotlar bazasiga uzatiladi.
Masofaviy ta’limning sifati uning dasturiy ta’minoti va o’quv materiallarining mazmuniga hambog’liq.
Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar(ingl. Massive Open Online
Sourses - MOOC) bu masofaviy ta’lim texnologiyalarini amalga
oshiruvchi eng samarali shakllardan biri bo’lib, ochiq va interaktiv faoliyatdagi internet kurslaridir. Bu atama tadqiqotchilar Brayan Aleksandr va Deyv Kormelarning “Connectivism & Connective knowledge” kursi ustida olib borgan ishlar natijasida kiritildi. Bu to’rt so’z birikmasidan iborat atama quyidagicha izohlanadi: ommaviy
butun dunyo bo’yichakurs ishtirokchilari miqdorining ko’pligi (100000 dan ortiq ta’lim oluvchilar), ochiq – ta’limning to’liq yoki qisman bepulligi, istalgan vaqtda kursga ulanish imkoniyati, onlayn
kursda ta’lim modeli asinxron (belgilangan vaqt bo’yicha) yoki sinxron (vebinar, videouchrashuv) qo’llanilishi bilan onlayn amalga oshirilishi, kurs– har bir kurs har bir ta’lim oluvchiga moslashtirilgan holda o’z qoidalariga, strukturasiga va maqsad-vazifalariga ega holda muallif tomonidan yaratiladi.
G’arbiy matbuot birinchi marta 2011 yili OOOKga Stenford professori Sebastyan Trun internet tarmog’ida g’ayritabiiy intellekt to’g’risida bepul kursni muvaffaqiyatli o’qiganidan keyin e’tibor qaratgan. Uning talabalari safiga 190 mamlakatdan 160 mingdan ortiq kishi kirdi. Shundan so’ng bu tajriba ommalashib, AQSh universitetlari OOOK yaratishda ishtirok eta boshlashdi.
So’nggi yillarda OOOK internet elektron ta’limida kuchli tendensiya bo’ldi va bu kurslar orasida tez ommalashgan holda, butun dunyoning nufuzli OO’Yulari tomonidan tan olingan hamda o’z brendini yarata olganlari ham bor. Ulardan quyidagilarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Masofaviy o’qitish ta’lim oluvchilarga virtual muhitda universitet va kampuslar, ma’ruza va auditoriya mashg’ulotlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Ayniqsa, hozirgi yangi raqamli avlod xususiyatlari ana shunday shart-sharoitlarni talab qiladi. Natijada ular o’qish imkoniyatlarining barcha yangi turlaridan ixtiyoriy tanlov asosida foydalana oladi. Virtual universitetlarda ta’lim xizmatlari faqat masofaviy ta’lim yordamida amalga oshiriladi hamda kredit va nokredit kurslarga bo’linadi. Kredit kurs rasman tasdiqlangan o’quvdasturlari asosida mutaxassislikka tayyorlaydi va ilmiy daraja olish uchun yo’l ochadi. Nokredit kurslar qo’shimcha yoki malaka oshirish uchun mo’ljallangan, bunda ilmiy daraja olish ko’zda tutilmaydi. Virtual universitetlar real sharoitda bo’lmasada, turli o’quvdasturlari va kurslari bo’yicha pedagogik faoliyat olib borishi uchun litsenziyaga ega bo’lishi shart.