O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari


“Nazariya va amaliyot” didaktik o’yini. Maqsad: Talabalar



Download 1,04 Mb.
bet122/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

“Nazariya va amaliyot” didaktik o’yini. Maqsad: Talabalar


o’z qiziqishlarini, fikrlarini aniq, to’la bayon etishga erishish va shu asosida mazmundor, turg’un qiziqishni shakllantirishni rejalashtirish. Kutiladigan natija: Talabalarning o’quv faoliyatidagi ichki motivlari mantiqiyligini, aniq savollar bera olish va xuddi shunday
tarzda javoblar qaytarish malakasini rivojlantirish.
Reja:

  1. Eng yaxshi savol

  2. Eng yaxshi javob Mashg’ulotning borishi:

Talabalar ikki guruhga bo’linadi. 1-guruh – nazariyachilar - fanning nazariy asosini ishlab chiquvchi olimlar. 2-guruh – amaliyotchilar – fanning amaliy qismini ishlab chiquvchi olimlar.
O’qituvchi ishtirokchilarni yo’llanma bilan tanishtiradi. Bir tomonda fanning nazariy asosini ishlab chiquvchilar chiqadilar, ikkinchi tomonda amaliyotchilar, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etuvchilar turadilar.
Guruhlar navbat bilan o’zlari tanlagan fan sohasi bo’yichasavol– javob o’tkazadilar. Nazariyachilar amaliyotchilarga fanning amalda qo’llanilishi haqida, amaliyotchilar esa nazariyachilarga fanning nazariy asosi bo’yichasavollar beradilar. Bu jarayonda o’yinni olib boruvchi (o’qituvchi) hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etadi. Talabalar tomonidan berilgan eng yaxshi savol va eng yaxshi javob munosib taqdirlanadi. Eng yaxshi javobni baholash mezoni: aniq, to’g’ri, shaxsiy fikr va asoslanganlik.
Rolli o’yin” metodi. Ma’lumki, ma’lumotni o’zlashtirish xususiyatlari bo’yichatalabalar turli xil tiplarga bo’linadi. Kimdir eshitganini yaxshi eslab qoladi, kimdir ko’rganini, kimdir esa harakat orqali amalda bajarilganini yaxshi o’zlashtiradi. Mana shu jihatdan rolli o’yin metodi talabaning barcha o’zlashtirish xususiyatlarini faol jalb qiladi. Bunda talaba mavzuni ham eshitadi, ham ko’radi, ham amalda bajaradi. Rol o’ynaganda talaba uning mas’uliyatini his qiladi va rolni qoyilmaqom qilib bajarish uchun mavzuni yaxshilab o’zlashtirishga harakat qiladi.
Buning uchun talabalar kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har
qaysisi ma’lum bir rolli topshiriqni bajarishi topshiriladi. Masalan: mavzu bo’yichabir guruh shifokor rolini, bir guruh bemor rolini bajarishi lozim. Avval boshqa talabalar, keyin esa pedagog ekspert bo’lib ularning ishlarini baholaydi.
Pinbord” metodi (ingl. “pin” – mustaxkamlash; “board” - doska). Bu o’qitishuslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quvsuxbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: talabalarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish kunikmasi rivojlanadi. Mavzuni takrorlash va mustahkamlashga yordam beradi.
Talabalar berilgan topshiriqni birgalikda muhokama qiladilar, baholaydilar, eng optimal va samarali fikrlarni (qisqacha) qog’oz varag’iga yozishadi va doskaga mahkamlashadi. Boshqa gurux vakillari doskaga chiqib, xato yoki qaytarilgan, bahsli fikrlarni belgilaydilar hamda lozim bo’lsa qo’shimcha qiladilar.
Skarabey” interfaol texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. u, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quvmaterialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:

    • boshida – o’quvfaoliyatini rag’batlantirish sifatida;

    • mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;

    • oxirida – olinganbilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. “Skarabey” texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari

inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni k o’rsatish mumkin. “Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quvjamoalarida qo’llanishi mumkin.
Sinektika” metodi - 1960 yilda AQSh da U.Gordon va J.Prins
tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metod talabalarga muammoning unsurlarini jamoa bo’lib ifodalashga, ijodning bosh maqsadini ajratib olishga, turli xil xarakterdagi vazifalarni yechishning har xil nusxalarini izlashga yordam beradi va ular quyidagi shaklga ega bo’ladi:

  • bevosita - ma’lum bir vazifaning yechilishiga o’xshatib yechiladi;

  • shaxsiy - obyektdagi berilgan vazifa obraziga kirishga urinib ko’rish va shu nuqtai nazardan fikrlashga harakat qilib ko’ring;,

  • ramziy - ikki jumla bilan vazifaning obrazli mohiyatini aytib bering;

  • xayoliy - go’yoki ertaklardagidek bu vazifani yechadilar.

Bu bilan bo’lg’usi mutaxassisda abstraksiyalash malakasi, muhokama predmetidan o’zini fikran olib qochish, aql yuritish moyilligi, xayolot, bahslarga kirishib keta olish, bog’lanib qolish havfi bo’lgan g’oyalardan uzoqlashish, boshqalar fikrini tinglash, safdoshi bildirgan g’oyalarga nisbatan chidamli bo’lish, odatdagilar ichidan g’ayri odatiylarini, g’ayri odatiylar ichidan odatdagilarini topish, analoglardan unumli foydalanish kabi sinektik fikrlashga bo’lgan qobiliyat shakllanadi.
Insert” metodi. Bu metod samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interaktiv tizimidir. U talabalarning bazis bilimlarini tekshirishga, fan yoki mavzu bo’yichaqay darajada bilimga ega ekanligi, qaysi bilimlarga ko’proq e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot olishga mo’ljallangan. Bu metod pedagogga o’quv materialini o’zlashtirish va mustahkamlash borasidagi qator
muammolarni hal qilishga yordam beradi. Talabalarga matn bilan, kitob bilan mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish xususiyatiga ham ega.
Ushbu metod ikki xil usulda qo’llanilishi mumkin. Talabalarga mavzuning tayyor matni tarqatiladi va ular mavjud bilimlaridan kelib chiqqan holda, matnda quyidagi belgilarni belgilab chiqadilar.
Matnda belgilash tizimi:

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish