O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo’ziboyeva ta’lim texnologiyalari



Download 1,04 Mb.
bet117/146
Sana28.03.2022
Hajmi1,04 Mb.
#514840
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
Bog'liq
Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован

Abu Nasr Farobiy ustoz-murabbiyga shunday talab qo’yadi: “Ustoz
shogirdlariga qattiq zulm ham haddan tashqari ko’ngilchanlik qilmasligi lozim”. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, ustoz juda ham yumshoq ko’ngil bo’lsa, shogird uni mensimay qo’yadi va hattoki u beradigan bilimdan sovib qolishi mumkin.
Sharq mumtoz madaniyatining butun dunyoga mashhur namoyandalaridan biri Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchan, bilim va tarbiya berishda qattiqqo’l bo’lishining tarafdori bo’lgan. Uning “Guliston” asarida ustoz shogird munosabatiga oid hikoyat keltiriladi: “Bir odam kurash san’atida zo’r 33 mahorat qozondi, u 300 hiylani bilar va har kuni bir hiylani ishlatib k o’rar edi. Shogirdlaridan biriga 299 hiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani o’rgatmadi. Ustozning hurmatini bilmagan shogird ustozidan ham ustunligini aytib maqtanadi. Bu so’z podshoga yoqmaydi. Ularga kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini yengadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa xaloyiq va podshohning nafratiga uchraydi”.
O’zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri, ulug’ olim va davlat arbobi, jahon adabiyotining siymolaridan biri Alisher Navoiy ijodida ham muallimlar ishi, ularga munosabat masalalariga keng o’rin beriladi. Navoiy bilimlarni tinmay uzluksiz ravishda o’rganish zarurligi, buning uchun esa maktab yoki madrasaga borib, shogird tushib ta’lim olish kerakligini uqtiradi. U yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutassib johil domullalarni tanqid qiladi va o’qituvchio’qitishyo’llarini biladigan muallim bo’lishi zarur deydi. Masalan, Navoiy “Mahbub ul qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o’ta qattiqqo’lligi, johilligi va ta’magirligini qoralaydi, kezi kelganda ustozlik mehnatining og’irligi, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi. “Ular ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi
bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o’rgatadi. Darhaqiqat, muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko’p, agar shogird ulg’aygach, podshohlik martabasiga erishsa ham o’z muallimiga qulluq qilsa arziydi”.
XV asrning yirik olimlaridan biri Husayin Voiz Koshifiy o’z asarlarida ustoz-shogird munosabatlariga keng to’xtaladi; “Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb so’rasalar, irodat ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb so’rasalar, samo’ va toatdir deb aytgin. Agar samo’ etish va toat nima deb so’rasalar, nimani ustoz aytsa uni jon qulog’i bilan eshitish, chini bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir, deb ayt”.
U shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatadi:

  1. Birinchi bo’lib salom berish.

  2. Ustozning oldida oz gapirish.

  3. Boshni oldinga egib turish.

  4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik.

  5. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish.

  6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik.

  7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik.

  8. O’tirib turishda hurmat saqlash.

Yuqoridagilar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida inson faoliyati obyekt-subyekt munosabatida amalga oshadi. Ta’lim-tarbiyada obyekt-subyekt munosabatlari o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy sifatlari va pedagogik mahorati hamda tarbiyalanuvchining psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olishda subyektning obyektga ta’siri kuchayadi va tarbiyaviy munosabat amalga oshadi. Shundan kelib chiqib tarbiyalanuvchining faolligi, uning o’z-o’zini tarbiyalashi o’z xatti-harakatini nazorat qilish (o’z faoliyatinima’lum maqsadga yo’naltirish) va tarbiyachiga ishonishiga ham bog’liq.
Tarbiyalanuvchi (obyekt)ning o’qishda, jamoat ishlarida faolligi tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiruvchi omil hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi va tarbiyachining faolligi va o’zaro ishonchi,
ular o’rtasidagi hurmat hamda hamfikrlilikni mustahkamlaydi.
Bu esa pedagogik hamkorlikning asosiy maqsadidir. Ko’pchilik
o’qituvchilar hamkorlikdagi didaktik mashqlar va topshiriqlarning yetarli emasligini ta’kidlaydilar. Bunday vaziyatda o’qituvchilar pedagogik jarayonga ijodiy tarzda yondashgan holda mashqlar va topshiriqlarni tanlashlari va o’z amaliy faoliyatlarida qo’llashlari zarur. Mavjud qiyinchiliklarni o’qituvchio’quvchilarni birgalikda faoliyat ko’rsatishga undash orqali o’zaro hamkorlik muhitiga olib kirish bilan bartaraf etishi lozim bo’ladi.



    1. Download 1,04 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish