Bog'liq Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirz-конвертирован
Muammolisavollartiziminiishlabchiqishdatalabalarni o’ylashga majbur qilish hamda ularning javoblari ehtimoli nazarda tutiladi. Shu bilan bog’liqravishda mashg’ulot ssenariysi mashg’ulotning biror (ehtimol ko’rilgan) variantini aks ettirishi lozim bo’ladi, uning realligi esa o’qituvchining talabalardagi boshlang’ich fikrlash qobiliyati darajasi haqidagi qay darajada bilimga ega bo’lishiga bog’liq. Shu bilan birga, hatto yaxshi ishlab chiqilgan ssenariy bo’lsa- da, seminarning borishida avval o’ylangan rejadan chetga chiqishlar bo’ladi, chunki talabalarning individual xislatlari, bilimlarining darajasi va kengligi har xil bo’ladi, shu tufayli o’qituvchi seminarni
samarali o’tkazishi uchun mavzu muvofiq material mazmunini o’zi yuksak darajada egallagan bo’lishi shart.
Seminar avvalida o’qituvchitayyorlab kelgan savollari yoki
vazifalaridan foydalangan holda, talabalarda seminarda, qatnashish uchun yetarli bo’lgan bilimlarni yuzaga chiqaradi.
Bilimlarni yuzaga chiqarish, bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yichaseminarlardagi usullar asosida, amalga oshiriladi. So’ng yuzaga chiqarilgan bilimlar asosida o’qituvchi mashg’ulotda hal qilinadigan muammoni talabalarga bildiradi va uni ifodalab beradi. Avval boshdanoq qo’yilgan muammoning talabalar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash uchun muammoni qo’yishda uni yechish uchun urinib ko’rishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bilan o’qituvchi kutilayotgan yechimni talabalar bilan tahlil qiladi, ularda ko’ringan qiyinchiliklarni aniqlaydi. Muammoni yechishdagi dastlabki urinish natijasida talabalar uni yengilgina yechish mumkin emasligini aniqlaydilar. Bunda muammoli vaziyat talabalar uchun muammoni yechish usullarining keyingi izlanishini avj oldirish zarurligining ichki ruhiy asoslanishi bo’lib xizmat qiladi.
O’qituvchi muammoni yechish usullarini izlashni tashkil etishga o’tar ekan, avvalo birinchi muammoni ifoda qiladi, so’ng muammoli savollarni qo’yadi va javoblarni muhokama qilib, talabalarning bu muammoni yechish usulini izlashga, ya’ni birinchi oraliq xulosani qidirishga undaydi. So’ngra shu tahlitda yaxlitligicha muammoni yechish va xotima xulosalarni ifodalash bilan tugallanishi lozim bo’lgan keyingi muammolarning yechilish usulini izlashni tashkil etadi. O’qituvchi muammoni qo’yishda uning mazmunini oydinlashtiruvchi muammoli savollarni berishdan oldin muammoni to’laligicha yechishga urinish tashkil etilganidek, talabalarning muammo qismlarini yechishga urinishlarini tashkil etishi mumkin. Bu urinish muammoni yechishda ikkinchi mashaqqatni vujudga keltiradi, uning talabalar tomonidan anglab yetilishi muammoning yechilish usulini qidirishda faol ishtirok etishining qo’shimcha motivi bo’lishiga olib keladi.
Seminar mashg’ulotining eng muhim bosqichi, uning o’zagi