O`zbekiston respublikasi sanoati va uning tarmoqlari. Yoqilg`i-energetika sanoati



Download 85,88 Kb.
bet6/10
Sana20.06.2022
Hajmi85,88 Kb.
#685209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi sanoati va uning tarmoqlari. Yoqilg`i-energetika sanoati.

Ko`mir sanoati.

Mamlakatimiz hududidan ko`mir uch joydan-Angren, Sharg`un va Boysun (To`da) dan qazib olinadi. Ularning dastlabkisidan qo`ng`ir ko`mir qazib olinsa, keyingi ikkitasidan toshko`mir qazib olinadi. O`zbekiston hududidan dastlabki ko`mir qazib olish 1930 yillarning oxirida Angren konida boshlangan. Ushbu kon Toshkent viloyatidagi Ohangaron vodiysining o`rta oqimida joylashgan. Angren ko`mir koninig zahirasi respublikada topilgan barcha ko`mir zahirasining 96,5 foizini tashkil etadi. Agar mamlakatda yiliga 10 mln. tonnadan ko`mir qazib olingan taqdirda ham, Angren ko`mirining zahirasi yana 200 yilga yetadi. Angren qo`ng`ir ko`mir konida 1940-1948 yillardan buyon ochiq va yopiq usullarda ko`mir qazib olinadi. 1961 yilda Angren ko`mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko`mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida energetik gazga aylantiradigan "Yerostigaz" stantsiyasi qurilgan. Mamlakat xalq xo`jaligining ko`mirga bo`lgan ehtiyoji hamisha katta. Biroq, mavjud ko`mir zahiralarining yildan-yilga kamayib ketishi ko`mir qazib olish darajasiga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Masalan, mamlakatda 1990 yilda salkam 6,4 mln. tonna ko`mir qazib olingan bo`lsa, endilikda uning hajmi ikki marta pasayib ketdi. Angren va Yangi Angren IESlaning to`la ko`mirga o`tkazilishi bilan mamlakatning ko`mirga bo`lgan yillik ehtiyoji 8-9 mln. tonnaga yetdi. Bunday ehtiyojni qondirish Boysun tumanida topilgan To`da toshko`mir konini tezroq ishga tushirishni taqozo qiladi.O`zbekistondagi ikkinchi kon Surxondaryo viloyatining tog`li qismidagi yuqori sifatli Sharg`un toshko`mir konidir. Kon dengiz satnidan 600-800 m. balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Ko`mir qatlamlarining o`rtacha qalinligi 4,5 m, ba`zilarining qalinligi 12,0 m ga yetadi. Geolog E. A. Repman tomonidan 1941 yilda topilgan Sharg`un konidan 1958 yildan buyon toshko`mir qazib olinadi. Uning sifat va issiqlik quvvati Donbass, Kuzbass va Qarag`anda havzalari ko`miridan qolishmaydi. U Angren ko`miriga nisbatan ikki marta ko`p issiqlik beradi. 1963 yilda Sharg`un ko`miri asosida Markaziy Osiyoda birinchi marta briket (g`isht shaklida iskanjalangan) fabrikasi qurildi. Bu fabrika kuniga 160 ming tonna briket tayyorlab berish quvvatiga ega. Shaxtyorlar shahri Sharg`undan kongacha 18 kilometr osma sim yo`li o`tgan. Bu yo`lga o`rnatilgan har bir vagonetka 1 tonna ko`mirga mo`ljallangan. Sutka mobaynida osma yo`l orqali ko`mir shaxtadan briket fabrikasiga 7 ming tonnagacha tashiladi. Surxondaryoning tog`li Boysun tumanida ham yuqori quvvatli toshko`mir koni ishga tushirilgan. Boysun ko`mir konining aniqlangan zahirasi 28,7 mln t. ga teng. Ko`mir konining yillik ko`mir qazib olish quvvati 500 ming t. 1983 yilda ishga tushirilgan ushbu kondan yiliga 35-50 ming t. ko`mir qazib olinmoqda. Boysun ko`mir koni dengiz sathidan 1246 m. balandlikda joylashgan.



Download 85,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish