O`ZBEKISТON RESPUBLIKASI SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMAN MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ НУРОБОД ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ
БЎЛИМИ
urobod shahri Mustaqillik ko`chasi tel.
2021 yil ___ _________ _______-sonli
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Ulus MFYda yashovchi
fuqaro Ergasheva Xusnoraga
Sizning 2021 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali farzandlaringizni maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatlaringiz Nurobod tuman MTB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Sizning farzandlaringiz 2015 yilda tug‘ilgan Aynazarov Feruzbek va 2017 yilda tug’ilgan Aynazarov Shahzodbeklarni 2018 yil 6 avgust kuni tumandagi 8-sonli MTTda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganligi sababli navbatga quyilgan, hozirda Aynazarov Feruzbekning tumandagi 8-sonli MTTda umumiy 6-oddiy, yosh bo‘yicha 4- va Aynazarov Shahzodbekning tumandagi 8-sonli MTTda umumiy 7-oddiy, yosh bo‘yicha 2-navbatda turganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda bolalarni davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat yo‘llanma asosida qabul qilinishi belgilanganligini inobatga olib, mazkur qaror talablariga asosan farzandlaringizni MTTga qabul qilish bo‘yicha navbati kelgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan yo‘llanmaga asosan qabul qilinadi.
Bugungi kunda Nurobod tumanida jami 15 ta davlat MTT, 80 ta oilaviy nodavlat MTT va 4 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyat yuritayotganligi, ularda jami 6110 nafar bola tarbiyalanayotganligi, bu esa tumandagi bog‘cha yoshidagi 13909 nafar bolalarning 42 foizini tashkil qilishi, 7799 nafar yoki 58 foiz bolani bugungi kunda MTTga qamrab olishning imkoni yo‘q.
Farzandlaringizni tumandagi 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbati kelgunga qadar Xalqobod mahallasida YATT Meyliyeva Ma’rifat tomonidan tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassalariga joylashtirish taklifi berildi. Ushbu takliflar siz tomoningizdan qabul qilindi va farzandlaringiz joylashtirildi.
Bo‘lim tomonidan berilgan javobdan qoniqmagan taqdirda boshqa yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqingiz borligi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz.
Nurobod tuman maktabgacha
ta’lim bo’limi mudiri: D.Amirova
N
Do'stlaringiz bilan baham: |