Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida 2020-2021 o’quv yili yakunlari:
HISOBOTI
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti Bo’stonliq tuman Qo’shqo’rg’on MFY Bozorbosh ko’chasida joylashgan bo’lib, 7 ta guruh, 140 o’ringa mo’ljallangan. Hozirda 7 ta guruhi faoliyat ko’rsatmokda. Ta’lim –tarbiya ishlari o’zbek tilida olib boriladi.Bo’stonliq tuman Davlat xizmatlar markazi tomonidan berilgan yo’llanma asosida bolalar MTT ga qabul qilinadi. MTT bolalar yoshiga mos jihozlar va o’yinchoqlar bilan ta’minlangan, bola hayoti havfsizligi qoidalariga va gigienik talablarga javob beradi.
Har bir guruh xonasi keng, yorug’, bolalar yoshiga mos jihozlar va o’yinchoqlar bilan ta’minlangan. Guruh xonalari ozoda, toza va gigienik talablarga javob beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti hovlisi keng va u yerga mavsumiy va ko’p yillik gullar ekilgan. 7 ta guruh uchun maxsus o’yin maydonchalari mavjud bo’lib, jismoniy tarbiya maydonchasi jismoniy tayyorgarlik uchun mo’ljallangan jihozlar bilan ta’minlangan.
O’quv yili davomida barcha bayram ertaligi va tarbiyachilar tomonidan 8 ta noa’nanaviy “Ochiq mashg’ulot”lar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi.
Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligiga bag’ishlangan “Jonajon O’zbekiston mangu bo’l omon” mavzusida DMTT tarbiyalanuvchilari o’rtasida bayram tadbiri o’tkazildi. ”O’qituvchi va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan “Ustoz otangdan ulug” kecha tashkil etildi, “Mehrjon”, Yangi yil ertaligi”, “Men ham vatan ximoyachisiman”, “Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muxammad Bobur bobomiz” tavalludlariga bag’ishlangan kecha, “ 8 mart Onajonlar bayrami” ertaliklari o’tkazildi. Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotining 2020-2021 o’quv yilining asosiy vazifalariga tayangan holda yil davomida 4 ta pedagogik kengash rejalashtirilib, barcha pedagogik kengashlar reja asosida olib borildi. Pedagogik kengashlar davomiyligida talaygina muammolar o’z yechimini topdi va bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ijrosi belgilandi.
Ta’lim –tarbiya faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tashkilotning barcha pedogoglari o’quv yili boshida “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga ko’yiladigan Davlat talablari”, “Ilk kadam” Davlat o’quv dasturi, “Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlandilar. O’quv yilining so’ngi may oyi davomida tashkilotning maktab ta’limiga yo’l olayotgan jami 55 nafar tarbiyalanuvchilarga O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan rus va o’zbek tillarida chop etilgan “ Ish daftari” tarqatildi. Daftar asosida DMTT pedogoglari tarbiyalanuvchilar bilan tushintirish ishlarini olib borib ularni maktab ta’limiga to’laqonli tayyorlashga erishtilar.
Davlat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bir qancha ta’limiy o’yin va o’yinchoqlar, rivojlantiruvchi kartochkalar taqdim etildi. Pedogoglarning metodik shkaflari “Ilk kadam” Davlat o’quv dasturi asosida zamon talablariga javob beradigan turli ko’rgazma va tarqatma materiallar bilan boyitishda davom etadi. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi pedagogik kengashlarda, nazariy va amaliy seminarlarda o’rganib borildi.Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy-sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish, bolalarni chiniqtirish, to’g’ri va sog’lom ovqatlantirishni tashkil etish bo’yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. “Sog’lom avlod uchun” dasturi bo’yicha tashkiloti salomatlik kunlari tashkil etildi. “Bola hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish yo’riqnomasi” har chorakda ishlab chiqildi. Tashkilotga yangi kelgan bolalarni DMTTga moslashuvi bo’yicha guruh tarbiyachisi ish olib bordi.Tashkilotda muntazam ravishda ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar yo’lga qo’yilgan. Umumiy ota-onalar yig’ilishlari karantin sababli dekabr oyida o’tkazildi. Yig’ilishda “2020-2021 o’quv yilining asosiy vazifalari va ota-onalar bilan hamkorlikdagi ish rejasi”, muxokama etildi. Ota-onalar qo’mitasining o’quv yili rejasi, Kuzatuv kengashi yig’ilishining rejalari tahlil etildi.
Guruhlardagi ota-onalar yig’ilishlari reja asosida belgilangan muddatlarda karantin qoidalariga to’liq amal qilgan holatda o’tkazildi. Tashkilotning 30-maktab bilan hamkorlik ish rejasiga ko’ra 1 yillik majburiy ta’lim guruhlari tashkil etilib tarbiyalanuvchilar maktab binosi, sinf xonalari va kutubxona bilan tanishtirildi, 1-sinf o’quvchilarining dars jarayonlari bilan tanishtirildi. Tarbiyalanuvchilar “Alifbe” bayramida qatnashdilar, maktabga chiqqan bolalarni moslashuvi va o’zlashtirish darajalari tahlil qilindi. Jamoaning ma’naviy va siyosiy ongini oshirish maqsadida oynoma va ro’znomalarga obuna bo’lindi. “Qo’shqo’rg’on” mahallasi bilan hamkorlikda yil davomida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Tashkilotda o’tkazilgan bayramlarga mahalla faollari ham taklif etildi.
10-sonli DMTT direktori: D.S.Raxmatullayeva
Metodist: SH.T.Axmedova
Do'stlaringiz bilan baham: |