SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMAN MAKTABGACHA TA`LIM BO`LIMI
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ НУРОБОД ТУМАН МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ
БЎЛИМИ
urobod shahri Mustaqillik ko`chasi tel.
2021 yil ___ _________ _______-sonli
Samarqand viloyati maktabgacha
taʼlim boshqarmasi boshlig‘i
Sh.J.Raxmanovga
Samarqand viloyati Nurobod tumani
Ulus MFYda yashovchi
X.Ergashevaning arizasi bo‘yicha
Nurobod tuman Ulus MFYda yashovchi fuqaro Ergasheva Xusnora 2021 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish masalasida yo‘llagan murojaatlari Nurobod tuman MTB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va natijalari bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
X.Ergasheva bilan o‘tkazilgan suxbat jarayonida, farzandlari 2015 yilda tug‘ilgan Aynazarov Feruzbek va 2017 yilda tug’ilgan Aynazarov Shahzodbeklarni 2018 yil 6 avgust kuni tumandagi 8-sonli MTTda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmaganligi sababli navbatga quyilgan, hozirda Aynazarov Feruzbekning tumandagi 8-sonli MTTda umumiy 6-oddiy, yosh bo‘yicha 4- va Aynazarov Shahzodbekning tumandagi 8-sonli MTTda umumiy 7-oddiy, yosh bo‘yicha 2-navbatda turganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda bolalarni davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotiga faqat yo‘llanma asosida qabul qilinishi belgilanganligini inobatga olib, fuqaroga mazkur qaror talablari batafsil tushuntirildi va farzandlarini MTTga qabul qilish bo‘yicha navbati kelgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi orqali beriladigan yo‘llanmaga asosan qabul qilinishi maʼlum qilindi.
Fuqaro X.Ergasheva bugungi kunda Nurobod tumanida jami 15 ta davlat MTT, 80 ta oilaviy nodavlat MTT va 4 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyat yuritayotganligi, ularda jami 6110 nafar bola tarbiyalanayotganligi, bu esa tumandagi bog‘cha yoshidagi 13909 nafar bolalarning 42 foizini tashkil qilishi, 7799 nafar yoki 58 foiz bolani bugungi kunda MTTga qamrab olishning imkoni yo‘qligi bildirildi.
X.Ergasheva farzandlarini 8-sonli MTTga navbati kelgunga qadar Xalqobod mahallasidagi YATT Meyliyeva Ma’rifat tomonidan tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish taklifi berildi. Ushbu taklif X.Ergasheva tomonidan qabul qilindi va farzandlari joylashtirildi.
Fuqaro X.Ergasheva yo‘llagan murojaati ijobiy hal qilinganligi, MTB xodimlariga eʼtirozi yo‘qligini bildirib tushuntirish xati yozib berganligi maʼlum qilinadi.
Nurobod tuman maktabgacha
ta’lim bo’limi mudiri: D.Amirova
N
Do'stlaringiz bilan baham: |