ARXITEKTURA QISMI
2.1 Binoning qurilish tavsifi
Ushbu musiqa maktab binosini Toshkent shaxar olmazor tumanida qurish rejalashtirilgan, ob'ekt to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega, 2-qavatli musiqa maktab binosi, yerto‘lasiz, atrofida ko‘kalamzor xudud tashkil qilingan.
Zilzilaga bardoshligi – 8ball.
Asos grunti cho‘kuvchanlik sinfi – II
Grunt suvlarining satxi – 10 -11m.
Qordan tushadigan yuk – 50 kg/m2
Shamol tezligi bosimi – 38 m/s2
Bino vazifasiga ko‘ra Jamoat binosi
Binoning rejaviy sxemasi:
Ob'ekt – 2qavatli, karkasli bino. Yer to‘lasi mavjud emas. Bino o‘qlari bo‘yicha 54.0x19.2m li to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi maydonni egallagan. Qavat balandligi 3.6 m (pol satxidan, pol satxigacha) ni tashkil etadi.
Binoning umumiy balandligi - 10.8m dan iborat.
Konstruktiv sxemasi – egiluvchan, ko‘ndalang va bo‘ylama temir – beton rigellar va kolonnalardan iborat.
Kapitallik sinfi – II.
Yong‘inga bardoshlik darajasi – II.
2.2 Konstruktiv elementlari
1. Poydevorlar lentasimon tipda kuyma betondan. Tasmasimon poydevor kengligi 1200 mm. Joylashish chuqurligi 1200 mm.
2. Otmostka – asfal betonli eni 0.6 m ni tashkild etadi.
3. Kolonnalar – quyma temir – betondan bo‘lib, 400x400 mm kesim yuzasiga ega.
4. Tashqi devorlari – g‘ishtli, qalinligi 380 mm.
5. Orayopma va tom yopmasi – ko‘p bo‘shliqli temir – beton plita qalinligi 2200 mm.
6. Pardevorlar – g‘ishtli, qalinligi 250 mm.
7. Zinalar–yig‘ma temir betonli zina marshlari va zina maydonlaridan iborat.
8. Karniz elementlari – bino derazalari yuqori satxida joylashgan bo‘lib, quyma temir – betondan qalinligi 100 mm.
9. Tom yopmasi – chordoqli,cherepisa.
10. Eshik va derazalar – yog‘ochdan.
11. Pollar – vestibyul' va koridorlarda betondan, o‘quv xonalarida linoleumdan, san.uzel xonalarida sopol metlax plitkali.
12. Tashqi devor pardozi – yuqori sifatli materiallar bilan suvoqlangan va oqlangan.
13. Ichki devorlari – suvoqlangan, vodoemul'siya suritilgan, xojatxona, sanitariya xonalari 2.0 m gacha sopol metlax plitkalar bilan qoplash rejalashtirilmoqda.
14. Xona shiftlari – melli material bilan oqlash ko‘zda tutilgan.
2.2.Bino muxandislik jixozlanishi:
Bino muxandislik kommunikasiyalari yer ostidan keltiriladi, bino pol osti kanallarida joylashtiriladi.
Sovuq suv ta'minot tizimi – tashqi suv tarmog‘idan ulanadi.
Isitish tizimi – markazlashtirilgan. Bino xonalari radiatorlar yordamida isitilishi rejalashtirilmoqda. Radiatorlar xonada deraza ostiga joylashtirilgan va qoziqlar yordamida maxkamlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Shamollatish tizimi – tabiiy shamollatish yo‘llari orqali amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Ma'muriy bino xonalari BK-1500 va BK-2000 sovutgichlari bilan ta'minlanishi kerak.
Issiq suv ta'minoti – markazlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Oqava suvlari tizimi – ichki oqava suvlari bilan transportirovka qilinib markaziy shahar oqava suvlari tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
Gaz ta'minoti rejada ko‘zda tutilmagan.
Elektr ta'minoti – tashqi elektr tarmog‘iga ulanishi va kuchlanish 380/220V; yoritish – maxalliy yorituvchi lampalar yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Aloqa o‘rnatish tarmog‘i – radiotranslyasiya, teleantenna, telefon tarmoqlari loyihalashtirilib ko‘zda tutilgan.
Bino muxandislik jixozlari – unitaz va qo‘l yuvish jixozlari, pissuarlari loyihada rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |