Eshiklar va derazalar.
Eshiklar binoda joylashishiga qarab tashqi va ichki eshiklarga bo'linadi.
Eshiklar eshik o'rinlariga o'rnatilgan kesakidan va kesakiga oshiq-moshiq yordamida osilgan eshik tavaqalaridan iborat. Ba'zan suriladigan va aylanaladigan eshiklar ham quriladi.
Eshiklar derazalar singari qurilishga yoki maxsus zavod va fabrikalarda tayyorlaydigan, bu romlar va eshiklar tarkibiga yuqorida ko'rsatilgan elementlar kiradi.
Eshiklar tavaqalarning soniga qarab bir tavaqali va ikki tavaqali bo'ladi. Tavaqalari teng bo'lmagan ikki tavaqali eshiklar bir yarim tavaqali eshik deyiladi.
Eshik tavaqalari shit tuzilishidagi tekis va dilali bo'ladi. Ikkala xil tavaqa ham oyna solinadigan yoki oyna solinmaydigan bo'lishi mumkin.
Dilali eshik tavaqalari karkas xosil qiluvchi yondorlardan va karkasni to'ldiruvchi diladan iborat bo'ladi. Yondorlar yog'och brusoklardan, dila esa alyuminiy proffellardar, yog'och tolali listlardan tayyorlanadi. Xorijiy texnologiya bo'yicha tayyorlanayotgan eshiklarning hamma qismlari polimer kompazitsion materiallar asosida tayyorlanmoqda. Shit tuzilishidagi tekis eshiklar tejamli (ularga arralangan material 30-40 % kam sarflanadi) va tayyorlash hamda foydalanish uchun qulaydir, shuning uchun ular boshqa eshiklardan afzal ko'riladi.
Shit eshik tavaqalari yaxlit yoki ichi kovak qilib tayyorlangan bo'lishi mumkin. Yaxlit tuzilishidagi tekis eshiklar yog'och qirindi yoki duradgorlik plitalaridan, ya'ni yog'och brusoklardan yelimlangan shitlardan iborat bo'ladi, bu shitlarning ikki tomoniga shpon, yog'och-tolali bikr list yoki fanera qoplanadi.
Ichi kovak eshiklar ikki tomoniga yuqorida aytib o'tilgan materiallardan biri qoplangan karkasli va boshqa turli xil щitlardan tayyorlanadi.
Shit tayyorlash uchun yog'ochning past sortlari, yog'och tilish sanoatining chiqindilari, fanera va boshqa materiallar ishlatiladi.
Oyna solingan eshik tavaqalari o'zining konstruktsiyasi bo'yicha shit tavaqalardan shu bilan farq qiladiki, bunda dila yoki shitning bir qismi oyna bilan almashtirilgan.
Eshik kesakilari g'isht devorlardagi o'rinlariga deraza kesakilaridek mahkamlanadi, antiseptik moddalar shimdiriladi, kesaki va eshik oynalari orasidagi tirqishlarga kanop losi tiqib, ustidan suvab yuboriladi.
Eshik kesakilari yog'och pardadevorlaridagi o'rinlarga mix bilan, plita pardadevorlarda – klyameralar bilan, g'ishtin paradadevorlarda esa po'lat yershlar bilan mahkamlanadi. Kesaki bilan pardadevor orasidagi tirqishlar chaspaklar bilan bekitiladi.
Eshik asboblarining komplekti eshik osish uchun oshiq-moshiqdan, eshikni ochish uchun ruchka(skoba)lardan va o'yib o'rnatiladigan kulflardan iborat bo'ladi.
Derazalar o'lchamlari 1400 mm, 1800mm, 1900mm va 2540 mm, balandligi 1600mm va 4000 mm qilib olingan.
Derazalar plastmassali profillaridan yasalib, oynalashtiriladi. Tavaqalarni, yopuvchi elementlarni, oyna va plastmassa profillarini oralaridagi choklarni yaxshilab berkitish uchun rezinali profillar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |