V. MEHNAT MUHOFAZASI
QISM
5.1 MEHNAT MUHOFAZASI QISM
Toshkent shaxar Olmozor tumanida loyhalanayotgan musiqa maktab binosini hududini obodonlashtirishning mehnat muhofazasi. Respublikamizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan qurilish jarayonga ilmiy – texnika taraqqiyotining tez sur'atlar bilan kirib kelishi, quruvchilarimizni og'ir qo'l mehnatidan ozod qilish bilan bir qatorda, ularning ish sharoitini yaxshilashga, baxtisz hodisalarni kamaytirishga, qolaversa ish samaradorligini oshirishga to'la imkon berdi. Ammo bunday rivojlanishga chuqur bilimsiz va soz texnikasiz erishib bo'lmagani kabi, har qanday yangi texnikani va uning ishlatilishi bilan bog'liq tartibot jarayonini ham xavf-xatarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shu boisdan bizning davlatimizda ishchi va xizmatchilarining mehnat jarayonida sog'liqni saqlash, ya'ni kasbiy kasalliklar va tasodifiy jarohatlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olish davlat nazorati ostiga olingan. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 8-dekabr 1992 yil XIII chaqiriq X sessiyasida tasdiqlangan yangi bosh qomusida O'zbekiston fuqarolariga o'zlariga maqul va jamiyatga foyda bo'lgan mehnat bilan shug'ullanish, hunar o'rganish, ilm olish, ijod qilish, dam olish, sog'liqni muhofaza qilish, davolanish va boshqa huquqlari kafolatlangandir. O'zbekiston Respublikasining ”Mehnat kodeksi”da mehnat muhofazasiga taalluqli barcha masalalar qonun asosida tasdiqlangan. Bu qonun keng qamrovli bo'lib, o'z tarkibida jamoat va shaxsiy mehnat shartnomalarini tuzish (35-56 va 77-113 moddalar), mehnat qilish va dam olish vaqtlari (114-125 va 126-152 moddalar), ish haqi va to'lov qoidalari (153-164 va 165-173 moddalar), mehnat intizomi va uning muhofazasi (174-184 va 211-223 moddalar) mehnatkashlarning ijtimoiy sug'irta ta'minoti (282-294 moddalar) va boshqa shular kabi inson hayoti osoyishtaligini va xavfsizligini ta'minlovchi tartib va qoidalarni o'zida mujassamlashtirgandir. 1996 yil 1-apreldan buyon amalda qo'llanilib kelayotgan yana bir qonun O'zbekiston Respublikasining ma'muriy javobgarlik jazo choralari tayinlanadi. Bu qonunlar mehnatkashlarimizni ish jarayonlarida xavfsizliklarini muhofaza qilish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini sanitariya va xavfsizlik talablariga javob bera oladigan holatda ta'minlanishini nazorat qilishga xizmat qiladi.
Shu boisdan qurilish tashkilotlarining ma'muriyati xavf-xatarsiz ish sharoitini ta'minlay oladigan zamonaviy texnika vositalarini, ilg'or qurilish uslublarini joriy qilishga mas'uldir. Buning uchun belgilangan tartibda mablag' ajratiladi va u aynan mehnat xavfsizligini ta'minlovchi chora – tadbirlarni o'tkazish uchungina sarflanmog'i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |