O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti «Shahar qurilishi va xo’jaligi»



Download 4,24 Mb.
bet2/21
Sana17.07.2022
Hajmi4,24 Mb.
#816284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
QalandarovaTushuntirish Xati 2022 (2) (2)

V. MEHNAT MUHOFAZASI QISM
5.1 Mehnat muhofazasi qismi…………………………………………………
5.2 Qurilishni rejalashtirish va obodonlashtirishda mehnat sanitariyasi va gigiyenasi ………………………………………………………………………
5.3 Qurilish jarayonlarida mehnat xavfsizligi…………………………………
5.4 Qurilishda yong'in xavfsizligi……………………………………………...
XULOSA………………………………………………………...……………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..………

KIRISH
Mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida oʻtgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini taʼminlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambagʻallikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish oʻrinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va taʼlim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Soʻnggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
mahallalarning «oʻsish nuqtalari» va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin;
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari, tadbirkorlik obʼektlari kabi infratuzilmani yaratish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yoʻlga qoʻyilsin;
fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida koʻp yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Yurtimizda milliy istiqlolning shakllanishi mamlakatimiz shahar xo’jaligining jamoat binolariga texnik xizmat ko’rsatish, ularni ekspluatasiya qilishi borasida qilinayotgan chuqur isloxatlarni xayotga joriy etish va ularni ilgor mamlakatlarda to’plangan tajribalar asosida yuksak pog’onalarga ko’tarish, yetishib chiqayotgan mutaxassislar oldida turgan muxim vazifadir.
Zamonning rivojlanishi bilan shaharsozlik ham zamon bilan rivojlanib kelmoqda. Bunyodkorlik, vatan obodonchiligi kabi ulug‘ va savobli ishlar o‘zbek millatiga hosdir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq manfaati, vatan ravnaqi, yurt obodligi yo‘lidagi barcha ezgu ishlarga qo’l urildi. Respublikamiz kundan-kunga tanib bo‘lmas darajada chiroy ochib bormoqda. Mamlakatimizning turli joylarida aqlga sig‘mas bunyodkorlik ishlari bajarilib kelinmoqda.
Qanchalik fuqaro qurilishi va aholi ortib borgani sari, zamonning jadal suratlarda rivojlanib borayotgani, texnika taraqqiyoti shahar qurilishi va xo‘jaligida jamoat binolariga bo‘lgan ehtiyoj va zamonaviylik talablari ham shunchalik ortib bormokda. Bular esa o‘z navbatida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga bo‘lgan ehtiyojini tug‘diradi. Rekonstruksiya qilishdan maqsad binoning rejaviy yechimini kelgusi faoliyatga moslash, muxandislik jixozlarini yuksaltirish va zamonaviylashtirish, atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzor hududlarni yaxshi tashkil etish, odamlarga har tomonlama qulaylik, yengillik va havfsiz sharoitlarni ta'minlashdan iborat.
Barcha bino va inshootlar jamiyatning maishiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Binolarni xizmat jarayoni ularni to‘g‘ri texnik ekspluatasiya qilishdan iborat, kerak hollarda esa qurilishni qayta qurish yoki rekonstruksiya amalga oshiriladi.
Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang‘ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va san’at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida:
Boshlang‘ich musiqiy ta’limni tashkil etish va uning rivojlanishini ta’minlash, ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar hamda pedagoglarning mahorati va malaka darajasini oshirish;
bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste’dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining moddiy-texnik hamda umumta’lim o‘quv bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash.
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining kasbiy yo‘nalishiga oid faoliyatini o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash vazifasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi zimmasiga yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bolalar musiqa ta’limi sohasidagi mutaxassis va pedagoglarni jalb etgan holda, bolalar musiqa va san’at maktablarining 1-tipi uchun 200 o‘quvchiga va 2-tipi uchun 150 o‘quvchiga mo‘ljallangan ikkita namunaviy loyiha ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bolalar musiqa va san’at maktablarini kapital rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-va 2-tipdagi namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozimligi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
ushbu qarorga binoan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda samarali va sifatli bajarilishini ta’minlasin;
har yili Investitsiya dasturi loyihasini va qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishida bolalar musiqa va san’at maktablarining aniq soni va ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, ularning yangilarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, zarur asboblar, uskunalar va inventarlar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish hajmlarini belgilasin;
bolalar musiqa va san’at maktablarini yangitdan qurish uchun maydonlarni tanlashda tasdiqlangan normativ va parametrlarga muvofiq ularning, qoida tariqasida, albatta respublika tuman va shaharlarining turar-joy massivlarida joylashtirilishi hisobga olinsin;
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va uning joylardagi tuzilmalari zimmasiga yuklatiladi;
mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyihaga tegishli qarorlardan har qanday chetga chiqishlarga faqat bosh loyiha instituti bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi;
yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanishga qabul qilish 4-ilovaga* muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan sifat standartlari va namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi;
moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, namunaviy loyihalarga asoslanmagan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga mos kelmaydigan yangi bolalar musiqa va san’at maktablari qurish va ularni kapital rekonstruksiya qilish;
yangitdan quriladigan va kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarida tiklash ishlarini amalga oshirishda 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan parametrlarga qattiq rioya qilinsin va ularni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish qat’iyan taqiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda:
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish uchun tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha ishlarni batamom tugatib topshirish sharti bilan tanlov pudrat tender savdolarini o‘tkazish o‘z vaqtida va aniq tashkil qilinishini ta’minlasin;



  1. Download 4,24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish