Eshik va derazalar oʻrnini aks ettirish
Loyihaga muvofiq eshik va derazalar oʻrnini hosil qilishimiz zarur. «Draw» panelidan «Line» buyrugʻri yordamida devorning eshik hamda derazalar oʻrniga perpendikulyar chiziqlar chizib chiqamiz. Soʻn ortiqcha devor chiziqlari «Trim» buyrugʻi bilan oʻchirib tashlanadi.
Oʻlchamlarni oʻrnatish, oʻq chiziq parametrlarini sozlash va zarur qoʻshimchalar kiritish
Loyihaning 2D formatini yakunlash uchun zarur qoʻshimchalar kiritiladi:
«Layers» panelidan «Oʻlchamlar» qatlamiga oʻtib oʻq chiziqlar orasidagi oʻlchamlar aks ettiriladi. 1 va 2-oʻq chiziqlar orasidagi masofa «Dimension»
panelidagi «Linear» buyrugʻi yordamida hosil qilinsa, qolganlari «Continues» buyrugʻi yordamida davom ettiriladi; «Layers» panelidan «Yozuvlar»
qatlamiga oʻtib «Multitext» hosil qilinadi va loyihaga muvofiq xona nomlari yozib chiqiladi; Oʻq chiziqlar boshida aylanalar chiziladi hamda ularga raqam va harflar tartib bilan yozib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |