Berilgan loyihaga muvofiq ishni oʻq chiziqlarni yaratib olishdan boshlaymiz.
Dastlab, «Layers» panelidan «O'q chiziqlar» qatlamiga oʻtamiz va loyiha
oʻlchamiga mos oʻq chiziqlarni otkazamiz. «Line» buyrugʻi yordamida birinchi vertikal va gorizontal chiziqlar oʻtkazib, qolganlari esa «Offset» buyrugʻi yordamida berilgan oʻlchamlarga muvofiq koʻpayatiriladi.
«Layers» panelidan «Devor chiziqlari» qatlamiga oʻtamiz. «Draw» panelidan
«Polyline» buyrugʻi yordamida asosiy tashqi devorlarni oʻtkazib olamiz. Bunda bizga «O’q» chiziqlari yordam beradi. Devor chiziqlarini hosil qilishda klaviaturadan F8 (Ortho) tugmasi yoqib qoʻyiladi. Shunda chiziqlar faqatgina 90⁰ da (perpendikulyar) harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |