~ 114 ~
qandaydir ishtirokisiz ham oshib ketadi. Yalpi mahsulot narxiga shuningdek,
tugallanmagan (yakunlanmagan) mahsulot narxining farqi ham kiradi.
Bu esa
korxonalarga yalpi mahsulot narxini oshirish imkoniyatini beradi, shu bilan bir
qatorda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlarini oshirish evaziga mehnat
unumdorligi ko‗rsatkichi ham oshadi.
Tovarli mahsulot narxining ko„rsatkichi
tugallanmagan
ishlab chiqarish
hajmlari ta‘siridan holidir, lekin bu ko‗rsatkich yalpi mahsulot ko‗ratkichiga tegishli
bo‗lgan boshqa kamchiliklardan holi emas.
Sof mahsulot ko„rsatkichi
– yangidan yaratilgan narx korxonaning mahsulot
yaratishdagi hissasi to‗g‗risida to‗liq taasurotni beradi, chunki uning qiymatiga xom-
ashyo, materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar va uzellarga sraflangan mablag‗lar
ta‘sir ko‗rsatmaydi, u amortizatsiya chegirmalaridan ozoddir.
P = Z + Pr,
(9.1)
bu yerda Z – korxona ishchilarining (chegirmalarsiz) to‗liq maoshi; Pr –
korxonaning foydasi.
Sof mahsulot yangidan yaratilgan narxni aniq tavsiflaydi,
agar qachonki,
mahsulot bozor narxlarida ayriboshlansa (sotilsa). Lekin bizning sharoitda monomol
narxlarning ta‘siri katta bo‗lib, ular yangi narxlar qo‗yilishida korxonaning real
hissasini aniq ko‗rsatmaydi va sof mahsulot uchun narxning o‗rnatilishi muammoli
holatga aylanib qoladi.
Shartli – sof mahsulot ko„rsatkichi
o‗ziga to‗liq ish haqini va foydani,
shuningdek, asosiy vositalarning amortizatsion chegirmalarining yig‗indisini, ya‘ni
qilingan mehnat qismini ham kiritadi:
P = Z + Pr + A,
(9.2)
bu yerda Z – korxona hamma ishchilarining (chegirmalarsiz) to‗liq maoshi (ish
haqi); Pr – korxonaning foydasi; A – amortizatsiya chegirmalarining yig‗indsi.
Bu ko‗rsatkichning
ijobiy tomoni shundaki, yangidan yaratiladigan narxni
tavsiflash bilan u taqqoslash imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkich ishlab chiqarishning materialli sig‗imiga bog‗liq emas, bunda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning «qulay» va «noqulay» mahsulotga ajratilishi
inkor etiladi. Bundan tashqari kooperativ etkazib berish hajmining hamda mahsulotni
qaytadan hisobga olishning mehnat unumdorligi ko‗rsatkichiga ko‗rsatadigan ta‘siri
bartaraf etiladi. Ulardan oxirgisi ishlab chiqarishni kombinaziyalashtirishda va ishlab
chiqarish hamda sanoat birlashmalarini yaratishda (tuzishda) kam bo‗lmagan muhim
ahamiyatga egadir. Lekin ishlab chiqarish hajmini o‗lchashning bunday o‗lchamidan
foydalanish amaliyoti turli buyumlarning ancha ahamiyatli
tarzdagi rentabelligi va
ko‗tara narx orqali olinadigan foydadagi korxona ulushlarining katta farqlari
mahsulot ishlab chiqarishda korxonaning real hissasini taqqoslashda va foydani
~ 115 ~
tegishli miqdorlardagi ko‗rinishda aks ettirishda ishonchli natijalarni bermadi.
Do'stlaringiz bilan baham: