~ 109 ~
Nazorat uchun savollar:
1. ―Korxona‖ va ―Tadbirkorlik faoliyati‖
tushunchalarining mazmun-
mohiyatini tushuntirib bering.
2. Tadbikorlik faoliyatining asosiy shakllarini ayting.
3. Qurilish korxonalari turkumlanishi va ular faoliyatining asosiy jihatlari
nimalardan iborat?
4. Tijorat va notijorat tashkilotlari farqi nimada?
5. Qurilish korxonasi faoliyatini amalga oshirishda qaysi bozor iqtisodiyoti
tamoyillaridan foydalniladi?
9-MAVZU:
QURILISHDA
MEHNAT
RESURSLARI
VA
MEHNAT
UNUMDORLIGI
Reja:
9.1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati.
9.2. Mehnat unumdorligini o‗stirish omillari va rezervlari.
9.3. Mehnat unumdorligini o‗lchash metodlari.
9.4. Mehnat unumdorligini baholash.
9.1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati
Hozirgi zamon sharoitlarida mehnatni tashkil etish
va uning unumdorligini
oshirishga alohida e‘tibor ajratmoq zarur, chunki ular iqtisodiy o‗sish va
taraqqiyotning yagona manbai deb hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda sanoat – ishlab
chiqarish salohiyati, jumladan ish o‗rinlarining kompensatsiyalashmagan
holda
yo‗qolish jarayoni keskin kuchaydi. 1991 yildan boshlab qator tarmoqlarda ishlab
chiqarish quvvatlarining yo‗qolishi yangilarini ishga tushirish sonidan oshib ketdi,
yangi ish o‗rinlarini yaratish yanada qisqarmoqda.
Bundan tashqari qurilishda
birinchi navbatda sanoat qurilishining kamayishi evaziga ayniqsa jismoniy ish
o‗rinlari soni jadal qisqarmoqda, ya‘ni mantiq juda oddiy:
mahsulotlar sotilishining
chegaralanishi mashg‗ullik soni kamashiyiga olib keladi, buning oqibatida esa
jismoniy ish o‗rinlari ularning zarur bo‗lmay qolganligi tufayli qisqaradi.
Shuni ta‘kidlash joizki, yuzaga kelgan
iqtisodiy vaziyatda mehnat
samaradorligini o‗stirish muammosi eng murakkab masalalardan biri bo‗lib
qolaveradi, lekin uni echish bilan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishga
muvaffaqiyatli erishish mumkin. Muammoni echishning mumkin bo‗lgan mexanizmi
shundan iboratki, bunda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‗naltirilgan
moliya-kredit
va
eksport-import
siyosatini
olib
borish,
jamg‗arma va
investitsiyalashga bo‗lgan real manfaatlarning harakatlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, imkoniyatlar va ishlab chiqarish samaradorligini
hisobga olgan holda
mulkni davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirish, mamlakatda to‗plangan
intellektual va mehnat salohiyatiga oqilona yondashish zarur bo‗ladi.
~ 110 ~
Yuzaga kelgan vaziyat korxona ishchi-xodimlari singari davlat organlari
tomonidan ham mehnat unumdorligini oshirishga yo‗naltirilgan kardinal chora –
tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
SHu sababli mehnat unumdorligi, uning
o‗sishi hamma tarmoqlar va ayniqsa qurilish uchun juda dolzarbdir.
Mehnat unumdorligining alohida korxonalar va butun jamiyat rivojlanishi
uchun muhim ahamiyat kasb etishi mehnat unumdorligi darajasini ko‗tarish va uniing
o‗sishiga yordam beradigan rezervlarni yuzaga keltirishga ta‘sir ko‗rsatadigan asosiy
omillarni o‗rganish naqadar zarur ekanligidan darak beradi.
Mehnat unumdorligi –
bu ishlab chiqarish jarayonida
safrflangan mehnat
samaradorligini belgilovchi ko‗rsatkichdir. Mehnat unumdorligiga mumiy tushuncha
bera turib, aytish mumkinki, mehnat unumdorligi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi,
ya‘ni ishchilar tomonidan vaqt birligida yaratiladigan iste‘mol mollarining miqdori
bilan o‗lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: