O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti


 Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

14.2. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va 
mezonlari 
 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini samarali amalga oshirishga uchta 
guruhdan tashkil topgan quyidagi: makroiqtisodiy, tarmoqli va firma ichidagi 
omillar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Makroiqtisodiy omillar ichidan birinchi navbatda davlat investitsion va 
soliq siyosatini, inflyasiya darajasini, monetar (pul-kredit) siyosatini ajratib 
ko‗rsatish o‗rinlidir, chunki ular qurilish korxonasining funksiya yuritishi 
uchun sharoitlar yaratadi, shuningdek ular qurilish korxonasining faoliyati 
uchun xush va noxush xarakter bo‗lgan ham ega bo‗lishi mumkin. 
Inflyasiya korxona resurslarini qadrsizlantiradi, investitsion faollikni 
kamaytiradi, bu esa asosiy ishlab chiqarish jamg‗armalari (fondlari) shaklidagi 
asosiy kapitalning oddiy ishlab chiqarish jarayonini qiyinlashtiradi. 
Bir vaqtning o‗zida inflyasiya tadbirkorlik faolligini kamaytiradi, 
korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi, ularning moliyaviy 
ahvoli (holati)ga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Boshqa tomondan inflyasiya faoliyatning shunday sferalari va 
yo‗nalishlarini izlab topish (qidirish)ni yo‗lga quyadiki (rag‗batlantiradiki), 
o‗nga ko‗ra foyda suratining o‗sishi inflyasiya darajasining o‗sishidan ancha 
ilgarilab ketadi. Bu shunday vaziyatlarda ro‗y berishi mumkinki, qachonki 
mahsulot turg‗un va katta ehtiyojga ega bo‗lgan holdagina bu esa korxonaga 
inflyasiya o‗sishiga nisbatan narxlarni tez oshirish imkonini beradi. SHunga 
o‗xshash vaziyat korxonalarni o‗z ishlab chiqarishini diversifikatsiyalashga, 
ularning asosiy faoliyat turlari bilan bog‗langan va bog‗lanmagan ancha foyda 
olib keladigan yo‗nalishlarni qidirib topishga undashi mumkin. 
Pul – kredit siyosati narxlar darajasi, YAIM, investitsion faollik, bandlik 
(mashg‗ullik) kabi muhim ko‗rsatkichlarga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
Korxona uchun soliqqa tortish katta ahamiyat kasb etadi. Soliq olish (soliq bremyasi) 
qancha kam bo‗lsa, korxonaning ishbilarmon faolligi shuncha yuqori bo‗ladi va 
aksincha soliq olish (soliq bremyasi) qancha yuqori bo‗lsa, korxonaning ishbilarmon 
faolligi shuncha past bo‗ladi. 2001 yildan boshlab soliq yukining umumiy pasayishi 
ro‗y bermoqda. Ishlab chiqarish korxonalari uchun ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotga, ishlar, xizmatlarga bo‗lgan soliq bremiyasi o‗rtacha 28% dan 24% ga 
tushdi. Soliq solish (soliq pressi) taxminal 15% ga kamaydi, bu esa o‗z navbatida 
korxonaning ishbilarmon faoliyatiga sezilarli darajada ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi, 
investitsiya, talab-ehtiyoj va bandlik uchun manfaatli sharoitlar yaratdi. Tarmoq 


~ 160 ~ 
(soha) doirasiga tahsir qiluvchi omillar orasidan ushbu tarmoq daromad salohiyatiga 
ta‘sir ko‗rsatadigan bir qator omillarni ajratib ko‗rsatamiz: 
-
 
qurilish mahsulotiga bo‗lgan taklif va talab; 
-
 
pudrat ishlari bozorida harakatlanayotgan qurilish korxonalari o‗rtasidagi 
raqobat; 
-
 
kapital ajratmalar, kapital ta‘mirlash va ta‘mirlashni moliyalashtirish 
hajmi; 
-
 
materiallarni etkazib beruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar o‗rtasidagi 
raqobat; 
-
 
qurilish pudrat ishlari bozorini materiallar va xizmatlar bilan to‗ldirish 
darajasi. 
Qurilish korxonalarining pudrat ishlari bozorida tutgan o‗rni qurilish-montaj 
ishlari (QMI) narxi va sifati (ularning ixtisoslashtirilganligi), qurilish texnikasi, 
asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish bazasi, ishchi kuchi salohiyati va 
firmaning buyurtmachilar oldidagi mavqei hamda 
qurilish tashkilotining 
raqobatbardoshlik darajasiga bog‗liqdir.
Material etkazib beruvchilar, xizmat ko‗rsatuvchilarning egallagan o‗rni 
(pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‗rsatilayotgan xizmatlar) narxi 
va sifati, tarmoqning iste‘molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar 
talablarini differensiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi. YUqorida sanab 
o‗tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan korxonalar 
soni, ularning quvvati, ya‘ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo‗yicha ishlab chiqarish 
quvvatlarining konsentratsiya darajasi, alohida turdagi ishlar va xizmatlar bajarilishi 
uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va xaridorlar tomonidan 
ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo‗yiladigan talab va ehtiyojlar hajmini 
hisobga olish zarurdir. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi – bu qurilish korxonasi moliyaviy holati 
(ahvoli)ni mustahkamlash yoki sog‗lomlashtirishning salohiyatli imkoniyatidir. 
Qurilish tashkiloti faoliyati sferasini uning asosiy profili bo‗yicha kengaytirish ishlab 
chiqarish diversifikatsiyasining eng samarador yo‗nalishi deb hisoblanadi. Bunday 
vaziyatda ishlab chiqarish bazasi ham ishchilarning saviyasi (kvalifikasiyasi) ham 
buyurtmachilar bilan ishbilarmon doiradagi aloqalar ham o‗z qo‗llanishini topadi. Bu 
o‗z navbatida qurilish korxonasining o‗zi uchun yangi bo‗lgan bozor sektoriga 
chiqqandagi raqobatli salohiyatida o‗z aksini topadi. Bundan tashqari nafaqat bozorda 
yangi partnyorlar va iste‘molchilarni jalb qilish, balki avvalgilari bilan ham aloqalarni 
saqlab qolish imkoniyati vujudga keladi. 
Qurilish korxonalari tomonidan ularning an‘anaviy, tor doirada ixtisoslashgan 
yo‗nalishli faoliyatdan diversifikatsion faoliyatga o‗tishida uchraydigan har bir 
alohida vaziyatning asoslab berilishini taqoza etadi. Asoslash ishlab chiqarish 
diversifikatsiyasi maqsadlaridan kelib chiqadigan mezonlar bo‗yicha amalga 
oshiriladi. 
Ko‗plab qurilish korxonalarining og‗ir moliyaviy ahvoli, ulardagi ortiqcha 
ishchilar soni korxonalarni ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tomon etaklaydi. Ushbu 
faoliyatning oxirgi maqsadlari quyidagilar: foydani maksimallashtirish, ish o‗rinlarini 


~ 161 ~ 
saqlab qolish va yangilarini yaratish, korxona asosiy jamg‗armasi (fondi)dan 
foydalanish darajasini oshirish, pudratishlari bozori va noqurilish bozorining yangi 
segmentlari o‗zlashtirish. 
Bundan kelib chiqqan holda qurilish korxonasining ishlab chiqarish 
diversifikatsiyasiga o‗tishini asoslaydigan mezonlar sifatida diversifikatsiya 
turiga bog‗liq bo‗lgan ko‗rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Ushbu mezonli ko‗rsatkichlarning uchtasi: ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga 
o‗tishgacha bo‗lgan kvartaldagi ko‗rsatkichini; an‘anaviy faoliyat turi davom 
ettirilgan vaziyatdagi ko‗rsatkich rejaviy miqdorini; diversifikatsiya amalga 
oshirilgan vaziyatda bashorat qilinadigan ko‗rsatkich miqdorini (kk
0
; kk
d
; kk
rej

taqqoslash taqoza etiladi. 
Taqqoslash bazasi bo‗lib diversifikatsiya amalga oshirilgandan keyingi 
davrdagi mezoniy (kriterial) ko‗rsatkich (KP
i
) xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi maqsadlariga bog‗liq ravishda 
diversifikatsiya turliri va uni o‗tkazish yaxshilanadi: 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish