~ 156 ~
14-MAVZU:
QURILISH
ISHLAB
CHIQARISHINI
DIVERSIFIKATSIYALASH
ASOSLARI
Reja:
14.1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi.
14.2. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va
mezonlari.
14.3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‗tkazish.
14.1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi
Iqtisodiyot fanida ―diversifikatsiya‖ tushunchasining ko‗plab izohlari mavjud.
Umumiy ma‘noda diversifikatsiya - bu xo‗jalik faoliyatini yangi soha, bozor va
tarmoqlarga kiritish demakdir. U iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalariga
ajratiladi.
Iqtisodiy diversifikatsiya – bu bitta firmada turli rentabellikdagi mahsulotlar
ishlab chiqarilishini birlashtirish bo‗lib, u ishlab chiqarishdagi tuxtalishlarni
manipulizatsiyalash imkonini beradi.
Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo‗llashning iloji yo‗q,
chunki
qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo‗lgan hamma qurilish-montaj ishlari
(rentabelligi 8-10% atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma
(ob‘yekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish
diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog‗langan yoki
bog‗lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o‗zida rivojlantirish orqali
qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar
ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil
jinsli faoliyat sferalarida
uyg‗unlashtirishdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab
chiqarish bilan bog‗langan yoki bog‗lanmagan sferasini kengaytirish sifatida
tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi
yo‗nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o‗xshash
korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta
tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni
bitta ishlab chiqarish
tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar
yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy
salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ echish
bo‗yicha katta imkoniyatlarni to‗plash imkoniyatini yaratadi, natijada firma qurilish
bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar yaratish, ular
tugallangan ob‘yektlar yaratish bo‗yicha bajariladigan
barcha ishlar va xizmatlar
kompleksini o‗z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob‘yektlarni loyihada ko‗rsatilgan
quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir qatorda
infrastruktura yaratish bilan bog‗liq bo‗lgan ob‘yektlar qurilishi bilan ham
shug‗ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish
~ 157 ~
ishlab chiqarishi chiqindilari,
nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni
rekonstruksiya qilishda to‗plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish
materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish
bilan bog‗liq bo‗lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish,
shu asosida qurilish
firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me‘yoriy foydalanishni
yo‗lga qo‗yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida).
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish va
iqtisodiy turg‗unligini ta‘minlash yo‗nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor ixtisoslik
qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini pasaytirayotgan
vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu yo‗nalishi ayniqsa juda
dolzarb bo‗lib qolmoqda.
O‗z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag‗larning zarurligi, xavf-
xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda
to‗xtalishlarni
bartaraf etish, distribyusiya kanallaridan samarali foydalanishga
intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi.
Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko‗lamini) taklif etish bilan korxona
o‗zining
raqobotbardoshligini
oshirishi
mumkin.
Bundan
tashqari
diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan sinergetik effekt
yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent jamlangan tizimga nisbatan ancha
kichik salohiyatga ega bo‗ladi.
Diversifikatsiya
bog‗langan
va
bog‗lanmagan
(konglomerativ)
diversifikatsiyalarga bo‗linadi. Bog‗langan diversifikatsiya o‗z navbatida vertikal va
gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) – bu
ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi komponentlarni
mavjud bo‗lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda integratsiya uchta
turga: to‗liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga o‗tmagan
holda
manfaatdor kompaniyatlar o‗rtasida alyanslarni yaratish tushuniladi). Bundan
tashqari,
vertikal
diversifatsiya
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
(korxonalar-mahsulot
iste‘molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya‘ni aksincha (korxonalar-etkazib
beruvchilar bilan integratsiya) bo‗lishi mumkin. Gorizontal diversifikatsiya – bu bitta
sferada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish jarayoni bo‗lib, u o‗zining
raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar ustidan nazorat o‗rnatish uchun
amalga oshiriladi. Bog‗lanmagan diversifikatsiya – bu kopaniyaning asosiy faoliyati
bilan bog‗lanmagan yangi bozorlarga kirish jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya
jarayonini turkumlanishi 9.1. -rasmda ko‗rsatilgan). G‗arbda to‗plangan tajriba
umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida bog‗langan diversifikatsiyaga ega bo‗lgan
kompaniyalar ancha ustuvor bo‗lishini ko‗rsatadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo‗liga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: