~ 119 ~
boshqaruvda ham hududiy komplekslarni hamda umuman butunlay xalq xo‗jaligida
boshqaruvning yomonlashuvidir. Boshqaruvning asosiy va birlamchi bug‗inlaridagi
rahbarlik qiluvchi xodimlar (korxona,brigada mavqieda) bozor munosabatlarini
tadbiq etishning dastlabki vaqtidagi yangi sharoitlarda ishlab chiqarishni boshqarishni
uddalay olishmaydi va bunga qodir ham emasdilar. Ular ilgari noma‘lum bo‗lgan
hamda moddiy-texnik ta‘minot, maxsulotlarning savdo sotig‗i va ularni ayriboshlash
bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗plab murakkab muammolarni yechimlari lozim edi.
Privatizatsiya (Xususiylashtirish) korxonalarga o‗zlari ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarga o‗zlari narx qo‗yish, personalning (xodimlarning) sonini aniqlash,
maoshni belgilash kabi imkoniyatlarni beradi.
Hozirgi kunga kelib boshqaruv xodimlar ma‘lum bir tajribaga ega bo‗lishdi, shunga
qaramasdan alohida ishlab chiqarishda bo‗lgani kabi butun xalq xo‗jaligini
boshqarishda boshqaruvning darajasi ancha pastligi ko‗zatilmoqda, boshqaruvning
muhim parametrlarini tiklash bo‗yicha qat‘iy chora-tadbirlar talab etilyapti. Avvalom
bor zudlik bilan iqtisodni stabillashtirish va o‗stirish bo‗yicha
kelishilgan boshqa
chora-tadbirlar bilan birgalikda mehnat unumdorligini oshirishning Federal dasturini
ko‗rib chiqish va tasdiqlash, izdan chiqqan (buzilgan) infratuzilmani xususan avvalo
(ilgari) sanoatning turli tarmoqlaridagi korxonalar va tashkilotlar uchun me‘yorlar va
me‘yoriy xujjatlarni ishlab chiqish bilan shug‗ullangan xizmatlarni ko‗rib chiqish
zarurdir, bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat unumdorligini oshirishning
iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va tadbiq etish, ularning informatsion
(axborot almashinuv), kadrlar bilan va moliyaviy ta‘minlanishini va h.k. larni yo‗lga
qo‗yish taqoza etiladi.
Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish ahamiyatli tarzdagi moddiy sarflar
(mablag‗lar)ni
talab etadi, biroq bu mablag‗larsiz iqtisodiy holatni stabillashtirish
(muvozanatlashtirish)ning hech ham iloji yo‗q.
Ish unumdorligining buzilishga olib keladigan pasayishini oddiy qilib tushuntirish
mumkin, ishlab chiqarishda ro‗y berayotgan pasayishi mashg‗ullar sonining tegishli
qisqarishi bilan izohlanmayapti, aniqrog‗i bu pasayiy sanoat-ishlab chiqarish
personali soni bilan bog‗liq ekanligi tushuntirib berilmayapti.
YAshirincha yoki
patentli deb nom olgan ishsizlarning jadal suratlar bilan ko‗payishi ro‗y bermoqda.
Agar real ish haqi kamaymaganda edi yashirin ishsizlarning soni ko‗paymagan bo‗lar
edi. Sobiq ittifoq respublikalarida ko‗plab tovarlarning narxi jahon darajasiga etdi.
Arzon mehnat yuqori unumdor bo‗la olmaydi, moddiy va boshqa ishlab chiqarish
resurslarining iqtisod qilinishini hamda ulardan oqilona (ratsional) foydalanishni
ta‘minlay olmaydi. Bularning hammasi ishlab chiqarishning degradatsiya qilinishga,
kelgusida ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga va ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar sifatining yomonlashuviga olib keladi. Oxirgi 5 yil davomida ish haqi
60% dan ko‗proqga pasaydi. Bu vaqtda tovarlarning narxlari bir necha ming marta
oshib ketdi.
Ish haqini oshirish haqida qabul
qilinayotgan federal qonunlar, bir
qarashda ushbu muammoni echishga yo‗naltirilgan, lekin bu muammo
faqatgina yanada chuqurlashayotganligiga asos borligi shubhadan xoli emas.
Birinchidan, ishlab chiqarishning pasayishi davom etayotgan sharoitlarda bu
~ 120 ~
chora-tadbir inflyasiyaning o‗sishiga olib keladi, oxir-oqibat ish haqining pasayishiga
olib kelmaydi.
Oxirgi yillardagi tajriba shuni ko‗rsatadiki, avvalom bor byudjet sferasida ish
haqi tezroq pasaymoqda. Ikkinchidan, bunday chora-tadbirlarning eng bosh
kamchiligi shundan iboratki, ulardan qutilib bo‗lmaydi va moddiy sferada tegishli ish
haqining o‗sishiga
olib keladi, lekin bu o‗sish yana mehnat samaradorligiga bog‗liq
bo‗lmagan holda ro‗y beradi. Moddiy ishlab chiqarishda ish haqining bazali mavqei
(darajasi) sezilarli tarzda yuqori bo‗lsada, lekin katta bo‗lmagan vaqt oralig‗ida
ta‘kidlangan disproporsiya yuzaga chiqadi, biroq u yanada cho‗zilgan ko‗rinishda
ro‗y beradi.
Hozirgi vaqtda ish haqini mehnatga haq to‗lashda sarflarning me‘yoriy
miqdorlari oshib ketishiga qo‗yiladigan soliq shaklida boshqarish mexanizmi
(aniqrog‗i ish haqi o‗sishining ushlab turilishi) ning mavjudligi ya‘ni amal qilishi
hech qanday manfaatli funksiyani bajarmaydi, faqatgina byudjetga qo‗shimcha soliq
yig‗ishning mutlaqo fiksalli rolini bajaradi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: