Boshqarishning mehnat unumdorligi o„sishi omillaridan foydalaniladigan
tashkiliy-iqtisodiy metodlari.
Bozor turidagi iqtisodiyotga o‗tish boshqarishning
mehnat unumdorligini o‗stirishga qaratilgan an‘naviy yondashuvlarini qayta ko‗rib
chiqishni talab etadi. Ushbu sohada fan va amaliyot orqali ko‗p yillar davomida
nimalar to‗plangan bo‗lsa, hammasining ijobiy va salbiy tomonlarini xolisona
baholash zarurdir. Ishlab chiqarishni faqat uning texnik-iqtisodiy mazmuni jihatidan
ko‗rib chiqilishini butunlay maqsadga muvofiq deb bo‗lmaydi.
Ishlab chiqarishning texnik-iqtisoddiy mazmuni ishlab chiqarishning omillari
bilan bog‗liqlikda aniqlanadi. Texnologiyalar, texnika, materiallarning oshib
borayotgan imkoniyatlari mehnatni, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etish
ta‘siri ostida amaliyotga tadbiq etiladi. Mehnat faqat shundagina samarador bo‗ladiki,
qachonki, uning tashkil etilishi ishlab chiqarish va boshqarishning kompleks tarzda
tashkil etilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, lekin bu shart har doim ham
~ 117 ~
bajarilavermaydi. Ishlab chiqarishni tashkil etish – bu, mohiyatiga ko‗ra, mehnatning
moddiy elementlarining funksiallashuvini ta‘minlash bo‗lsa, boshqarishni tashkil
etish esa – mehnat munosabatlarining funksialla-shuvidir. Kompleks tashkil etilgan
mehnat faoliyatini ish joyiga, struktura birligiga va butun korxonaga qo‗llash juda
zarurdir: bu mehnatni tashkil etishning tor tushunchasidan texnologik faoliyatga
o‗tish demakdir.
Hozirgi vaqtda yangi ishga tushirilayotgan ob‘yektlarning hammasi ham
texnik-texnologik parametrlar bilan uzviy bog‗langan mehnat, ishlab chiqarish va
boshqarishni tashkil etishning puxta tayyorlangan loyihalariga har doim ham ega
bo‗lavermaydi. Shu sababli mehnatni va ishlab chiqarishni boshqarishning tashkil
etilish darajasi hamda bir xil sharoitlarda ishlayotgan, aynan bir xil jihozlar
(dastgohlar)da bir xil mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining soni
tez-tez bir-biridan sezilarli ravishda farq qilib turadi.
Inson omilini faollashtirish va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish – bu
muvozanatlashuvchanlik va ishlab chiqarish omillari dinamik rivojlanishining o‗zaro
bog‗langan muammolaridir. Ushbu muammo nazariy jihatdan yaxshi ishlab
chiqilmagan.
Ijtimoiy omillarning rolini kuchaytirishni hisobga olmasdan turib mehnat
samaradorligi muammosini echish mumkin emas. Faqat shuni inobatga olgan
vaziyatdagina ikkita o‗zaro bog‗langan masalalarning maqbul yechimlarini topish
mumkin bo‗ladi: yuqori natijaga ega bo‗lgan ishlab chiqarish va tovarlar hamda
xizmatlarning raqobatbardoshligi ta‘minlanadi va shu bilan bir vaqtning o‗zida har
bir ishchi – xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo‗li bilan ishchi–
xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin. Mehnatni
gumanizatsiyalashtirish inson mehnati mazmunini aniqlashda uning ustuvor qadr-
qimmati tan olinishi, yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, atrof-
muhitni muhofaza qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya‘ni atrof-
muhitni muhofaza qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mehnatni juda ham tor darajadagi bo‗limlarga ajratishga
mutlaqo yo‗l qo‗ymaslik kerak, ishchi –xodimlarga mehnat funksiyalarini
kengaytirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo‗shish, boshqaruvda
ishtirok etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o‗zaro
adaptatsiyalashni ta‘minlash zarur.
Bozor munosabatlari sharoitlarida yuqoriprofessional ishchi-xodimlarni jalb
etishning egiluvchan shakllarini ta‘minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi-xodimni
nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo‗lgan
indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo‗yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat
kasb etadi. SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki
bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo‗lmaydi.
Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik
darajasiga ega bo‗lgan va o‗zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz tutadigan
ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy
bog‗langandir.
~ 118 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |