~ 111 ~
tizimi, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini tadbiq etish
va rivojlantirish kiradi.
Ijtimoiy-psixologik
omillar
mehnat jamoalari ahilligi, ularning ijtimoiy –
demografik tarkibi, tayyorgarlik darajasi, mehnat faolligi, bo‗limlar va butun korxona
bo‗yicha ma‘naviy-ruhiy muhitni shakllantiradigan rahbarlik qilish usuli bilan
aniqlanadi.
Tabiiy-iqlimiy
omillar qurilishning borishiga katta ta‘sir ko‗rsadadi, chunki
qurilish ishlarining aksariyat qismi ochiq osmon ostida bajariladi.
Bu omillarni
qurilish jarayonini loyihalashning boshlang‗ich bosqichlaridayoq hisobga olish
taqoza etiladi.
Siyosiy va qonuniy
omillar soliqqa tortish, investitsiyalash, lizenziyalash,
bojxona va shu kabi jarayonlarni tartiblashtiradi: xalq xo‗jaligi hamma tarmoqlarini,
jumladan qurilish sohasini ham rivojlantirish yo‗nalishini aniqlab beradi.
Xususiy
omil
. Mamlakat iqtisodiy mexanizmida ishlab
chiqarish vositalari va
mehnat natijalariga bo‗lgan mulkchilik shakllari o‗zgarishi ro‗y berayotgan hozirgi
zamon sharoitlarida qurilish iqtisodiyotida ham jiddiy o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda.
Bunday o‗zgarishlar tadbirkorlik va raqobat bazasida yangi iqtisodiy munosabatlar
yuzaga kelishiga olib keladi, insonni ishlab chiqarish vositalari bilan bilvosita
muloqatda bo‗lishdan ozod etish (ya‘ni
dastgohlarni, mexanizmlarni masofadan
boshqarishni yo‗lga qo‗yish) uchun sharoitlar yaratilyapti.
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha omillar biri-biri bilan o‗zaro bog‗liqlika ega
bo‗lganligi tufayli ularni kompleks holda o‗rganish taqoza etiladi. Bunday o‗rganish
shuning uchun zarurki, bunda har bir omilning ko‗rsatadigan ta‘siri aniq baholanadi,
chunki ularning ta‘sirlari hech qachon bir xil bo‗lmaydi. Ulardan ba‘zilari mehnat
unumdorligining ustivor o‗sishini ta‘minlaydi, boshqa omillar ta‘siri esa
o‗zgaruvchan bo‗ladi.
Korxona mehnat unumdorligini o‗stirish rezervlari deganda ishlatilmayotgan
ishlab chiqarish resurslari tushuniladi. Odatda O‗zbekiston korxonalarida mehnat
unumdorligini o‗stirish rezervlari ichki
ishlab chiqarish rezervlari, mehnat sig‗imini
pasaytirish, ish vaqtidan unumli
foydalanish, moddiy resurslarni tejash va mehnat
qurollarini asrab–avaylab ishlatish rezervlariga bo‗linadi.
Vaqt bo‗yicha foydalanishga ko‗ra mehnat unumdorligi rezervlari
joriy va
perspektiv
rezervlarga bo‗linadi.
Joriy rezervlar
yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin, qoidaga ko‗ra ular
ahamiyatli tarzdagi yagona vaqtli mablag‗larni talab etmaydi. Ularga yaxshi
jihozlardan foydalanish, yaroqsiz jihozlarni ishlab chiqarish tizimidan olib tashlash,
mehnatga haq to‗lashning eng ratsional va samarador (effektiv) tizimlarini qo‗llash,
korxonalarda mehnatni tashkil etishni takomillashtirish va uni me‘yorlashtirish kiradi.
Perspektiv rezervlar
odatda ishlab chiqarishni qayta qurishni, yangi
texnologiyalarni tadbiq etishni va sh.o‗.
larni talab etadi, buning uchun qo‗shimcha
kapital mablag‗lar va ishlarni amalga oshirish uchun ahamiyatli tarzdagi muddatlar
zarur bo‗ladi.
Unumdorlikni mohiyat jihatdan aniqlash, aynan mahsulot hajmining uni ishlab
chiqarishga sarflangan mablag‗larga bo‗lgan nisbatidan kelib chiqqan holda
~ 112 ~
unumdorlik to‗rtta holatda oshishi mumkin:
-
mahsulot hajmining oshishi, sarf-xarajatlarning esa pasayishi (klassik
holat);
-
mahsulot hajmining sarf-xarajatlarga qaraganda tez o‗sishi;
-
mahsulotning hajmi o‗zgarishsiz qoladi, sarf-xarajatlar esa pasayadi;
-
sarf-xarajatlarning pasayishiga nisbatan mahsulot hajmining kam
suratlar bilan pasayishi.
Mehnat unumdorligini o‗stirishni ta‘minlash bo‗yicha boshqarish strategiyasi
tanlash ushbu holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: