3.1-diagramma. Asosiy kapitalga investitsiyalar.
2017 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar bo`yicha tarkibini
ko`radigan bo`lsak, jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 60,5 %i Toshkent shahri,
Buxoro,
Qashqadaryo
va
Toshkent
viloyatlarida
(mos
ravishda
jami
investitsiyalarning 19,8 %i, 16,6 %i, 15,9 %i, va 8,2 %i ) o`zlashtirildi. Bu
hududlarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalariga Kandim konlar guruhini
o`zlashtirish va gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi, Xisor investitsiya bloki va
Ustyurt hududida uglevodorod konlariga ishlov berish va ishlab chiqarish, Sho`rtan
gaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida suyultirilgan yoqilg`i ishlab
chiqarish, gazni oltingugurtdan tozalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall
konini o`zlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
~ 33 ~
Investitsiya faolligi ko`proq Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm,
Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatildi (2016 yilga nisbatan 1,2 – 1,6
martta ko`payish). Qoraqalpog`iston Respublikasida esa o`tgan yilga nisbatan asosiy
kaitalga investitsiyalar 42,4 %ni tashkil etdi.
Respublika bo`yicha asosiy kapitalga investitsiyalarni aholi jon boshiga
ko`radigan bo`lsak, 2017 yilda bu ko`rsatkich 2016 yilga nisbatan 18,4 % ga oshib, 2
112,6 ming so`mga yetdi.
3.2-diagramma. 2017 yilda hududlarning Respublika bo‟yicha asosiy kapitalga
investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo`yicha yuqori
ko`rsatkichlar 2017 yilda Buxoro viloyatida 6123,3 ming so`m yoki o`tgan yilining
mos davriga nisbatan 154,3 % kuzatildi. Mos ravishda Toshkent shahrida - 5546,4
ming so`m yoki 119,5 %, Navoiy viloyatida - 4041,4 ming so`m yoki 106,0 %,
Qashqadaryo - 3479,7 ming so`m yoki 128,8 %, Toshkent viloyatida - 1962,6 ming
so`m yoki 120,5 %ni tashkil etdi.
Jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 62 %dan ortig`i quyidagi iqtisodiy
faoliyat turlariga yo`naltirildi: tog` – kon sanoati - 20,8 %, ishlab chiqarish sanoati -
17,9 %, tashish va saqlash - 9,3 %, elektr, gaz va bug` bilan ta`minlash, havoni
konditsiyalash - 8,0 %, ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va
mototsikllarni ta`mirlash - 3,7 %, axborot va aloqa - 2,8 %.
~ 34 ~
3.1-jadval
2017 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, jami
investitsiyalarning 52,9%i bino va inshootlar qurilishiga yo`naltirildi.
~ 35 ~
Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investitsiyalarning ulushi 2016
yilda 41,0 %ni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilda 38,3 %ni tashkil etib, 2,7 % punktga
(2005 va 2010 yillarda 1,0 %ga, 2015 yilda esa 1,2 % punktga) kamaydi.
3.2-jadval
Aytish kerakki, investitsiya siyosati faqat davlat miqyosida emas, balki ayrim
mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar miqyosida ham tegishlicha maqsadli vazifalari
va ularni amalga oshirishning usullari, muddatlari va vositalari yordamida shakllanib,
amalga oshiriladi. Masalan, davlat o‗z investitsiya maqsadlarini amalga oshirishda
ko‗proq markazlashgan manbalarga va birinchi navbatda byudjet mablag‗larga,
xorijiy investitsiyalar va kreditlarga, mintaqalar esa mahalliy byudjet mablag‗lariga
tayanadi. Korxonalar o‗z investitsiya faoliyatlarini asosan o‗z mablag‗lari,
daromadlari, amortizatsiya mablag‗lari va ayrim hollarda bank kreditlari yoki boshqa
turdagi qarz mablag‗lari hisobiga amalga oshiradilar.
Amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatida korxonalarning o‗z manfaatlari
va davlat manfaatlari doirasida tutgan o‗rnini alohida ta‘kidlab o‗tishni istar edik.
Ma‘lumki, korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‗g‗inlaridir. Ularda jamiyatga kerak
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, yumushlar bajariladi va xizmatlar ko‗rsatiladi.
SHuningdek, korxonalarda malakali kadrlarning asosiy qismi to‗planadi, foyda
yuzaga keladi, binobarin, ularda milliy daromadning jami bo‗lmasa ham, har holda
bir qismi vujudga keladi.
Korxonalar ushbu ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish, shuningdek, kerakli
moliyaviy ajratmalarni mahalliy va respublika byudjetlariga to‗lash davomida
mintaqa va respublika miqyosida investitsiyalash uchun moddiy bazas yarataish
natijasida zaiflashib qoladilar, qolgan foyda miqdori juda kam bo‗lib, amortizatsiya
ajratmalari jiddiy o‗zgarishlar uchun etarli bo‗lmay qoladi.
~ 36 ~
Binobarin,
iqtisodiyotni
boshqarishning
turli
pog‗onalarida amalga
oshirilayotgan investitsiya siyosatini investitsiyalarni sarflash yo‗nalishlari va
sohalarini tanlash, korxonalarning investitsion mustaqilligini va moddiy bazasini
kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy ahvolga moslashtirish lozim. Direktorlik
korpusining aksariyat qismining fikricha, bu vazifani bajarishga soliq tizimini
yaxshilash katta yordam beradi. Bunday tizim korxonalarga o‗zi ishlab topgan
daromadlarining investitsion mo‗ljallarni amalga oshirish uchun etarli miqdordagi
ulushini o‗z ixtiyorida qoldirishga imkon berishi lozim.
Aytib o‗tilgan fikrlardan yana bir xulosa kelib chiqadi: investitsiya siyosati har
qancha puxta o‗ylangan va asoslangan bo‗lmasin, u qanday darajada amalga
oshirilmasin, moddiy ta‘minotsiz, ya‘ni resurslar bilan etarli ta‘minotsiz faqat
qog‗ozlarda va qarorlarda qolib ketadi. Har qanday siyosat, shu jumladan investitsiya
siyosati ro‗yobga chiqishi, amalga oshishi uchun muayyan investitsiyalar miqdori
bilan tasdiqlanishi lozim. SHuning uchun, investitsiya maqsadlarini, shu jumladan
kapital qo‗yilmalarni qo‗llashning ustivor yo‗nalishlarini, sohalari va chegaralarini
belgilashda buning uchun kerak bo‗ladigan investitsiyalarning ko‗lami va ularning
moliyaviy manbalari ham puxta ishlab chiqilishi lozim. Ammo bu yerdagi umumiy
qoida shundayki, kuchli investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakatdagi
vaziyat ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan barqaror bo‗lishi shart. Sezilarli iqtisodiy
o‗sishlar ko‗zatilayotgan O‗zbekiston bugungi kunda maqsadga yo‗nalgan va
samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarga
egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |