O„zbekiston respublikasi qurilish vazirligi samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti



Download 2,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/103
Sana30.05.2023
Hajmi2,31 Mb.
#946288
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
13f802c374a4712168e6b21f02190ca4 tarmoq iqtisodiyoti (3)

 
 
2.2. Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari 
 
Qurilish ob‘yektlarini foydalanishga tayyor holda pudrat usulida
 
qurilish 
muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar 
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.‖Халқ сўзи‖ 
газетаси, 2018 йил 29 декабрь. 


~ 22 ~ 
bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng 
keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat 
ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish 
uchun ―Kapital qurilish pudrat shartnomasi‖ asos bo‗lib xizmat qiladi. 
Shartnomada quyidagi tariflar qo‗llaniladi: 
ijro hujjatlari
- naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas‘ul 
bo‗lgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan o‗zgarishlarning ushbu ishchi 
chizmalarga muvofiqligi to‗g‗risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob‘yekt qurilishiga 
ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va o‗rnatilgan asbob-
uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‗llanilgan materiallar, konstruksiyalar 
va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar 
tasdiqlanganligi to‗g‗risidagi dalolatnomalar, ayrim mas‘uliyatli konstruksiyalar 
oraliq davrda qabul qilinishi to‗g‗risidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-
uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‗g‗risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish 
daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; 
qurilish maydoni
- mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni 
bajarish davrida dalolatnoma bo‗yicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan 
yer uchastkasi. Ob‘yektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qo‗yiladi yoki bosh 
rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‗yiladi; 
vaqtinchalik inshootlar
- Pudratchi tomonidan qurilish maydonida 
o‗rnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan har qanday tipdagi 
vaqtinchalik binolar va inshootlar; 
berkitiladigan ishlar
- sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin 
aniqlash mumkin bo‗lmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan 
berkitiladigan ishlar; 
shartnoma narxini bo„lib chiqish
- ishlarning har bir bosqichi va (yoki) turlari 
qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‗yicha ob‘yektning umumiy qiymatini 
bosqichlarga taqsimlash. 
Pudratchi shartnoma shartlariga ko‗ra loyihada ko‗zda tutilgan ob‘yektni 
foydalanishga tayyor holda qurish bo‗yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini 
oladi, Buyurtmachi esa pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar 
yaratish, ularni qabul qilish va to‗lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. 
Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‗rib chiqilishi 
mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno: 
-
qurilish qiymatini ko‗paytirishga engib bo‗lmaydigan kuch (fors-major) 
holatlari sabab bo‗lganda; 
-
ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o‗zgartirilganda; 
-
ob‘yektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‗zgartirilganda. 
Qurilish muddati bir yildan ortiq bo‗lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga 
shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Pudratchining majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‗ladi: 
-
barcha ishlarni shartnomada ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan 
hajmda va muddatlarda o‗zining kuchlari yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish 


~ 23 ~ 
hamda ishni buyurtmachiga shartnoma shartlariga muvofiq topshirish; 
-
qurilish 
maydoniga 
zarur 
qurilish 
materiallari, 
buyumlar, 
konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini etkazib 
berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; 
-
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish; 
-
buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar 
bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili 
to‗g‗risida xabardor qilish; 
-
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof 
muhitni, o‗tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo‗yicha zarur 
tadbirlar bajarilishini ta‘minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o‗rnatish; 
-
qurilish tavakkalchiliklarini sug‗urta qilish; 
-
mazkur shartnoma bo‗yicha ob‘yektni foydalanishga qabul qilib olish 
to‗g‗risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish 
maydonini o‗ziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport 
vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, 
konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo‗shatish; 
-
qurilish maydoni qo‗riqlanishini ta‘minlash; 
Pudratchi shartnoma bo‗yicha barcha ishlarning o‗z kuchlari bilan va 
subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob‘yektning foydalanishga 
tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to‗liq mulkiy javob beradi. 
Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
-
shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda shartnomaga 
muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo‗lgan qurilish maydonini ob‘yekt qurilishi 
va qurilish tugallangungacha bo‗lgan davrda dalolatnoma bo‗yicha pudratchiga 
berish; 
-
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur 
shartnomada qayd etilgan pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va 
boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, pudratchidan tugallangan ishlarni 
qabul qilib olishni ta‘minlash; 
-
pudratchining barcha murojaatlarini o‗n kun muddatda ko‗rib chiqish va 
qaror qabul qilish; 
-
moliyalashtirish jadvaliga binoan pudratchiga avans berish va joriy 
moliyalashtirishni amalga oshirish; 
-
shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida pudratchiga 
ishlarni qabul qilish uchun zarur bo‗lgan ijro hujjatlari ro‗yxatini taqdim etish; 
-
pudratchi shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga 
muvofiq birinchi avans to‗lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi. 
To‗lovlar va hisob-kitoblar bo‗yicha quyidagi shartlar belgilanadi: 
-
buyurtmachi pudratchiga shartnoma bo‗yicha ishlar umumiy joriy 
qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) bo‗lgan 
holda avans o‗tkazadi; 
-
joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, 
berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish 


~ 24 ~ 
jadvallariga muvofiq ob‘yektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 
foizigacha doirasida amalga oshiriladi. 
-
ob‘yektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun 
buyurtmachi va pudratchi o‗rtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan 
keyin va ob‘yekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan 
keyin ikki bosqichda; 
-ob‘yekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy 
mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida; 
-shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom bo‗lgandan keyin - ishlar 
qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi. 
Pudratchi ob‘yekt foydalanishga topshirilgunga qadar shartnoma bo‗yicha 
ob‘yektga mulk huquqini o‗zida saqlab qoladi. Ob‘yekt buyurtmachiga 
topshirilgunga qadar ob‘yektning tasodifiy yo‗q qilinishi va shikastlanishi xavfi 
pudratchining zimmasida bo‗ladi.
Buyurtmachi shartnoma bo‗yicha o‗z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni 
shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o‗ttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, 
pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachini yozma 
ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga o‗zgartirishlar kiritish yoki shartnomani 
bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda buyurtmachi pudratchi 
tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‗lashdan ozod qilinmaydi. 
Buyurtmachi qurilish maydonida o‗z vakilini - texnik auditorni tayinlaydi, u 
buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustn Respexnik nazoratni 
amalga oshiradi, shuningdek pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va 
asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshirib 
boradi.
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki pudratchining 
qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o‗z fikrini bayon qiladi. 
Pudratchi daftarda buyurtmachi tomonidan asosli ravishda ko‗rsatilgan 
kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‗rish majburiyatini 
o‗z zimmasiga oladi. 
Qurilishi tugallangan ob‘yektni qabul qilib olish shartnomani imzolash 
sanasida amalda bo‗lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda 
tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek 
qurilishi tugallangan ob‘yektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan 
qoidalariga binoan amalga oshiriladi. 
Qabul qilib olingan paytdan boshlab ob‘yekt Buyurtmachining mulkiga 
aylanadi. 
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari pudratchi va 
buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi. 
Agar pudratchi bajarilgaiy investorlar sonlar va chala ishlarni, jumladan 
uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada ko‗rsatilgan muddat ichida bartaraf 
etmasa, u holda buyurtmachi kafolat summasini pudratchidan ushlab qolish huquqiga 
ega. 
Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:


~ 25 ~ 
-
shartnoma 
kuchga 
kirgandan 
keyin 
qurilishning 
boshlanishi 
buyurtmachiga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra pudratchi tomonidan bir oydan 
ko‗p vaqtga kechiktirilganda; 
-
ishlarni tugatishning shartnomada belgilangan muddati pudratchining 
aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko‗paygan holda, pudratchi tomonidan ishlarni 
bajarish jadvaliga rioya etilmaganda; 
-
pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish me‘yorlari va 
qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada 
buzilganda. 
Pudratchi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
-
ishlarning bajarilishi pudratchiga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra 
buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‗xtatib qo‗yilganda; 
-
buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda. 
O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‗xtatib 
qo‗yilgan ob‘yektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‗liq ishlar va xizmatlarning 
butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qaroriga asosan tanlov savdolari 
(tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‗tkazish tartibi va 
shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi hududida 
kapital qurilishda tanlov savdolari to‗g‗risidagi Nizom‖ belgilaydi. 
Nizom tanlov savdolarini o‗tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab 
beradi va quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
-
umumiy qoidalar; 
-
tanlov savdolari qatnashchilari; 
-
tanlov savdolari shakllari; 
-
talabgorga qo‗yiladigan malaka talablari; 
-
tanlov savdolarini o‗tkazishga tayyorgarlik; 
-
tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash 
tartibi; 
-
ofertalarni taqdim etish; 
-
tanlov savdolarini o‗tkazish va ularni yakunlash; 
-
tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‗tkazish hamda tanlov savdolarini 
tashkil etish va o‗tkazish tartibi monitoringi;
-
narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‗urta;
-
tanlov savdolarini tashkil etish va o‗tkazish xarajatlari; 
-
tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi. 
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi ―Kapital 
qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
302-sonli Qarori va ―O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov 
savdolari to‗g‗risidagi Nizom‖ ning to‗liq matni lex.uz saytida keltirilgan. 

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish