~ 38 ~
eski texnik yechimlarga mo‗ljallanganligi investitsiya jarayonida eng yaxshi
ko‗rsatkichlarga erishishiga imkon beradi. Bu ko‗rsatkichlar
jarayonning dastlabki
bosqichida ko‗zga tashlanmasa-da, ob‘yektlardan foydalanish davomida yoki o‗ziga
o‗xshash ilg‗or analoglar bilan taqqoslaganda lalbatta seziladi. SHuning uchun
investitsiya jarayonini yaxshilashda hali loyihalash va tadqiqot ishlarini amalga
oshirish jarayonida ham katta imkoniyatlar mavjud bo‗ladi. SHu sababdan,
quruvchilarda ―Loyiha qanday bo‗lsa, ob‘yekt ham shunday bo‗ladi‖ degan shior
haligacha bor bo‗lib, o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan.
Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish quyidagi bir qator
vazifalarning hal qilinishini ko‗zda tutadi:
investitsiya jarayonining asosiy bo‗g‗ini sifatida
qurilish faoliyatini
tashkil qilishdagi asosiy yondashuvlar;
olish
investitsiya-qurilish
faoliyatini
tashkil
qilishda
bozor
iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga;
investitsiyalashda ustivor yo‗nalishlarni tanlash va investitsiyalardan
foydalanish samaradorligini baholash;
qurilishda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni tashkil qilish
va uning samaradorligini baholash;
pudrat tanlovlarini o‗tkazishni tashkil qilish;
investitsiya-qurilish risklarini boshqarish;
moliyaviy resurslarni shakllantirishni va ulardan foydalanishni
tashkil qilish;
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish investitsiyalar hamda qurilish ishlab
chiqarishining samaradorligini oshirishgagina emas, balki mamlakat iqtisodiyotini
tarkibiy qayta qurishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va qulay investitsiya
muhitini yaratish muammosining hal qilinishiga ham imkon beradi.
Ayni paytda investitsiya-qurilish faoliyatining boshqaruv tizimini qayta qurish
ham muhim vazifalardan biri bo‗lib, u quyidagi chora-tadbirlarni o‗z ichiga oladi:
a) markazlashgan rejalashtirishni
bartaraf qilish va qonunlar, me‘yorlar va
standartlar yordamida davlat boshqaruviga o‗tish;
b) o‗zaro munosabatlarning, shu jumladan davlat boshqaruv tuzilmalari bilan
bo‗ladigan munosabatlarning shartnoma (kontrakt) shakllarini rivojlantirish;
v) tarmoqlarda kompleks boshqaruv tizimlarini rivojlantirish bilan birgalikda
ixtisoslashgan hisobga o‗tish va tashkiliy boshqaruvning yanada mustaqilroq
tuzilmalarini barpo qilish;
g) investitsiya-qurilish faoliyatini boshqarishning ―loyihani boshqarish‖
tizimini keng joriy qilishga o‗tish;
Investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda asosiy ―figura‖ - bu investor
bo‗lib, u kapitalni qo‗llash siyosati va taktikasini belgilaydi. Ammo baribir
investitsiya-qurilish faoliyatining samaradorligi avvalo qurilish
ishlab chiqarishini
mahorat bilan tashkil qilishga, resurslarni tejashdan to qurilishga sarflanayotgan har
bir so‗m yoki boshqa pul birliklarining yuqori samara berishiga erishishgacha bo‗lgan
butun qurilish jarayonini boshqarishning ratsional shakllariga bog‗liqdir. Buning
uchun muddati cho‗zilib ketgan qurilishlarning vujudga kelishiga, kapital
~ 39 ~
qo‗yilmalarning ko‗plab ob‘yektlarga taqsimlanib ketishiga,
tugallanmay qolib
ketgan ob‘yektlarning paydo bo‗lishiga va boshqa noishlab chiqarish xarajatlariga
yo‗l qo‗ymaslik juda muhimdir. Ayniqsa, ish vaqtining bekorga sarf bo‗lishiga yo‗l
qo‗yish mumkin emas, chunki bekor turib qolish va ish vaqtidan samarasiz
foydalanish - qurilish muddatining cho‗zilishiga va kapital qo‗yilmalar samarasining
pasayib ketishiga sabab bo‗ladigan eng muhim sababdir.
Qurilishning bugungi vazifasi - qurilishning sur‘atlarini kuchaytirish, uning
sifatini oshirish, noishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish va mehnat
unumdorligining o‗sishini ta‘minlashdan iborat. Uni muvaffaqiyatli hal qilish faqat
quruvchilarga emas, balki investitsiya jarayonining barcha ishtiroqchilariga bog‗liq
bo‗lib, bu vazifa qanchalik tezroq hal qilinsa, qurilishning va butun milliy
iqtisodiyotning miqdoriy va sifat ko‗rsatkichlari shunchalik yuqori bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: