Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatif. ni "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy ri-vojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi na-tijasida uning ayrim qismlari oʻrta-sida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induk-siyasi.
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.
Nerv markazida ma`lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani bajarilishida bir gurux neyronlar ishtiroq etadi. Bir gurux neyronlarning funktsional birikmasi nerv markazi deb ataladi.
Nutq. funktsiyasi lablar, xiqildoq, harakat muskullarining nerv markazlari, o’zunchoq miya, o’rta va bosh miya katta yarim sharlari po’slog’ida, so’zlar ma`nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Nerv markazlari qo’zg’alish, tormozlanish, uyg’unlashuv transformatsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va irradiatsaya xususnyatlarga ega. Nerv hujayralari tashqi va ichki muhit omillari ta`sirida tinchlik xolatidan aktiv xolatga O’tish xususiyatiga ega. Nerv hujayralarining muhim xususiyatlaridan biri ko’zg’alishdir. Qo’zg’alish tufayli ta`sirga tezda javob reatsiyasi paydo bo’ladi. o’zgarish vaqtida tuqimada funktsional, fizik-kimyoviy xodisalar sodir bo’ladi. Nerv tizimining xar bir sohasi tashqaridan bo’lgan ta`sirga qo’zg’alish yoki tormozlanish bilan javob kaytaradi. Nerv tizimida qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya`ni qo’zg’alish tormozlanishga, tormozlanish esa qo’zg’alishga o’tib turadi. Qo’zg’alishning nerv tizimi-markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Markaziy nerv tizimida bir gurux neyronlar yoki ayrim nerv markazlari ko’zg’alganda, ikkinchi nerv markaz — lari tormozlangan xolda bo’ladi. Bir gurux muskullarning nerv markazi qo’zg’alib, shu muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi gurux muskullarning nerv markazlari terrtzlanadi. Masalan, qo’l panjasini musht qilganda Yelka oldining oldingi muskullari qisqaradi, ayni vaqtda Yelka oldining orqa tomonidagi muskullar bushashadi, ya`ni bo’quvchi muskullarning nerv markazlari qo’zg’alib, yozuvchi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimidagi ko’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o’zaro ta`siri uygunlik deb ataladi. Chap oyoqni bukkanda o’ng oyoqning tizza bug’imi yoziladi va aksincha.
Markaziy asab tizimining, jumladan orqa miyaning reflektor faoliyatini bosh miyasi olib tashlangan hayvonda ayniqsa yaqqol ko’rish mumkin. Buning uchun odatda baqadan foydalaniladi. Baqaning bosh miyas iuzunchoq miyasi bilan birga kesib tashlanadi, baqada faqat orqa miya qoladi. Reflekslarni o’rganish maqsadida shunday operasiya issiq qonli hayvonlar ustida ham qilinadi.
Mushuk, it yoki boshqa birorta issiq qonli hayvonning orqa miyasi Bo’yin va Ko’krak umurtqalarining chegarasidan qirqiladi. Shu tariqa operasiya qilingan hayvonlarni spinal (orqa miyali) hayvonlar deyiladi.
Spinal baqa shtativga osib qopyiladi. Shunday baqaning orqa oyoq panjalari sulfat kislotaning 0,5 foizli eritmasi solingan stakanga tushirilsa, baqa oyogpini tortib oladi (himoya refleksi). Baqaning oyogpi pinset bilan qisilsa, baqa oyogpi bunga javoban bukiladi (bukilish refleksi). Agar sulfat kislota eritmasiga hopIlangan bir parcha filtr qogpoz baqaning boldir terisiga tegizilsa. u qogpo/ni tushirmoqchi bo’lib, oyoqlari bilan qashiydi (qashish refleksi); kopklamda erkak baqaning Ko’krak terisi oldingi oyoqlari o’rtasidan barmoq, yo boplmasa biron qattiq narsa bilan ishqalansa «quchoqlash» refleksi deb ataladigan hodisani ko’rish mumkin. Baqa bunday ishqalashga javoban barmoqni yoki qanday boplmasin boshqa narsani oldingi oyoqlari bilan mahkam qisib oladi.
Odamda ham bir qancha reflekslarni ko’rish mumkin. Masalan, chiroq ravshan yoqib yuborilganda qorachigp torayadi (qorachigp refleks); oyoqning tagini qitiqlash, silash yoki unga igna sanchish oyoq panjasi va barmoqlarining bukilishiga sabab bo’ladi (oyoq kafti refleksi); chaqaloq bolaning ogpziga emchak solinganda u ema boshlaydi (emish refleksi) va hakazo.
Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. refleks yopli bilan so’lak, me’da shirasi ajralishini, baqaning qorniga urilganda yuragi refleks yopli bilan to’xtab qolishini awalgi boblardan eslash kifoya.
Bularning hammasida tuban darajadagi hayvonlarda ham, yuqori darajadagi hayvonlarda ham aslida bir xil fiziologik mexanizmga ega bo’lgan hodisani kopramiz, lekin yuqorida tasvir etilgan hollarda oxirgi natija bir-biridan katta farq qiladi.
Barcha reflekslarda sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlarning oxirlari, ya’ni retseptorlar ta’sir lanadi. Retseptorlarda kelib chiqqan qo’zg’alish markazga intiluvchi nerv tolasi orqali markaziy asab tizimiga boradi. Markazga intiluvchi nerv tolalari orqa miyadan tashqaridagi -umurtqalararo teshiklarda joylashgan maxsus nerv tugunlaridagi nerv hujayralarining uzun opsiqlaridir. Bu hujayralarning ikkinchi, kaltaroq opsigpi orqa miyaga kiradi. Bu yerda qo’zg’alish ikkinchi neyronga o’tadi. Qo’zg’alish orqa miyadagi harakatlantiruvchi hujayralarga o’tadi va harakatlantiruvchi yoki markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelib, ularni qisqartiradi yoki bo’shashtiradi yoki boshqa organlarga borib ularni faol holatga keltiradi.
Reflekslarning yuzaga chiqishida qo’zg’alish o’tadigan yopl reflektor yoyi yoki refleks yoyi deb ataladi. Oddiy reflektor yoy chizma tarzida tasawur etilsa. u kamida ikki neyrondan - markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi neyrondan iborat bo’lishi kerak. Ko’pgina olimlar markaziy asab tizimida shu ikki nerv hujayrasining o’rtasida yana bir qopshimcha (kontak yoki oraliq) neyron bo’ladi, deb hisoblaydilar.
Binobarin, refleks yoyiga quyidagi neyronlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |