Odam oliy nerv faoliyati
I.P. Pavlov tomonidan odam oliy nerv faoliyatini o`rganishga I.M. Sechenovning bosh miya katta yarim sharlarining reflektor nazariyasi asos buldi.
Hayvonlar oliy nerv faoliyatini har tomonlama o`rganish I.P. Pavlovga odam oliy nerv faoliyatini o`rganish uchun ko`pgina ma`lumotlarni ochib berdi.
Odam oliy nerv faoliyati ko`pgina umumiy mexanizimlari hayvonlar oliy nerv faoliyati mexanizmiga o`xshab ketishi bilan birga, odam oliy nerv faoliyati ayachagina o`zaga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bunday yangi xususiyatlar insonni tashqi muhit bilan murakkab bog`lanishi, tabiatni o`ziga bo`ysindirish, mehnat faoliyatini yuzaga chiqishi, nutqni kelib chiqishi bilan bir necha ming yillar mobaynida paydo bo`lgan.
Odam oliy nerv faoliyati uzoq yillar mobaynida butunlay yangi sistema ya`ni insonga xos bo`lgan sifatga ega bo`lgan. Insoi oliy nerv faoliyatini rivojlanishida sifat o`zgarishlari kelib chiqishida juda ko`p reflektor bog`lanishlarni yuzaga kelishida nutq asosiy o`rin egalaydi.
I.P. Pavlov tili bilan aytganda nutq bizni inson qildi». Hayvonlar oliy nerv faoliyati tashqi muhitning anq signallarini ta`sirini natijasi hisoblanadi. Hayvoilarga so`z bilan murojat qilinganda javob reaktsiyasini hosil qilish kompleks shartli ta`sirlovchilarga reaktsiya bilan javob berishidan boshqa narsa emas. Sirkda hayvonlarni so`z orqali turli harakatlarni bajarishi, oddiy tovush ta`sirotiga shartli refleks hosil qilishidir. O`rgatuvchining muvaffaqiyati so`zni qanday tonda ishlatishi va maxoratidadir. Albatta bironta so`zga ya`ni shartli ta`sirlovchiga shartli refleks hosil qilingandan keyin hayvonlarga ovqat berib qo`yadi yoki biroz rag`batlantiradi, silaydi. Shunday qilib, hayvon oliy nerv faoliyati aniq signalga javob berishidan boshqa narsa emas.
Odam esa muhitning aniq predmetlar va xodisalariga javob berishi bilan birga shu narsa va xodisalarni so`z bilan ifoda etilishiga ham javob beradi. Odam uchun so`z faqatgina tovush signali emas balki uni ongini hayot kechirishi uchun alohida tizim hisoblanadi.
So`z ta`sirlovchisi odamdagi shartli reflekslarning alohida ijtimoiy tabiati bo`lib hisoblanadi,
So`zlar haqiqatdan uzoqlashgan xolda umumlashtiruchi bo`lib, fikrlashning asosi.
Shunday qilib, birinchi signal sistemada bosh miya katta sharlarida atrof muhit predmetlari va xodisalariga qo`zg`olish jarayoni hosil bo`lsa, ikkinchi signal snstemada atrof muhitdagi narsa va xodisalarni so`z signallari orqali qo`zg`olish vujudga keladi.
Yana bir shuni takidlaymiz ikkinchi signal sistema faqatgina odamga xos, birinchi signal sistema odam va hayvonlarga xos xususiyatdir.
Oliy nerv faoliyati haqidagi ta`limot ikkinchi signal sistemasining ishlash qonuniyatlarini ochib beradi.
Qo`zg`olish tormozlanshning asosiy qonuniyatlari birinchi va ikkinchi signal sistemalari uchun umumiy qonuniyatlar ekanligi aniqlandi, Odam katta yarim sharlar po`stlog`ining har bir nuqtasi nutqni eshitish va motor markazlari bilan bog`langan holda qo`zg`oladi. A.G.Ivanov - Smolenskiy va hamkorlarining bolalar ustidagi tajribalari shunga taluqlyi dalillar beradi. Qanday bo`lmasin tovush yoki yorug`lik signaliga, masalan qo`ng`iroq tovushiga yoki qizil chiroqning yalt etib yonishiga doir shartli refleks vujudga kelgach, shartli signalning so`zdan iborat ifodasi, ya`ni «qo`ng`iroq qizil» so`zlari shartsiz ta`sirlovchi bilan birga qo`llanilmasdan turib shartli refleksii darrov yuzaga chiqaradi. Tajriba teskariga olib borilganda so`zdan iborat signalga doir shartli refleks hosil qilinganda, ya`ni «qo`ng`iroq» yoki «qizil chiroq» so`zlari shartli signal bo`lganda ilgari hech qachon sharsiz ta`sirot bilan birga qo`llanilmagan qo`ng`iroq tovushi yoki qizil chiroqning yonishi ta`sirlovchi sifatida birinchi marta qo`llanishi bilanoq shartli refleks ko`zatiladi.
L.I. Kotlyarevskiyning ba`zi tajribalarida ko`zni qorong`ilatish (qorachiqning kengayishiga sabab bo`ladi) shartsiz ta`sirlovchi sifatida qo`llaniladi. Ayni vaqtda qo`ng`iroq tovushi shartli ta`sirlovchi bo`ladi. Qo`ng`iroq tovushiga nisbatan shartli refleks hosil bo`lgach, «qo`ng`iroq» so`zi aytilishi bilanoq shartli refleks vujudga kelaverdi. Ko`z soqqasini bosish (yurak urishini refleks ravishda siyraklashishiga sabab bo`ladi) shartsiz ta`sirlovchi sifatida qo`llanilganda ham shunday xodisa ro`y beradi. Bu tajribada so`z bilan shartsiz ta`sirot miya po`stlog`ida vaqtinchalik shartli bog`lashshgan vujudga keltirgan. Odamning miya po`stlog`ida vaqtinchalik aloqalar hosil bo`lishida nutq markazlari qatnashadi.
Odam so`zni ayrim tovush yoki tovushlar yig`indisi sifatida emas, balki muayyan tushuncha sifatida idrok etadi. Odamga bironta so`zga shartli refleks hosil qilinib so`ng shu so`zni sinonimi qo`llanilganda ham shartli refleks hosil bo`ladi. Masalan, avval «so`qmoq» so`zini ishlatib so`ng o`rniga «aul» so`zi ishlatilsa ham shartli refleks hosil bo`ladi.
O`qish va yozish aktlarida, ta`lim jarayonida qatnashuvchi markazlar bilan miya po`stlog`ining turli qismlari o`rtasida ham vaqtincha aloqalar vujudga keladi. Masalan, «qo`ng`oriq» so`zini eshitgan odamda «qo`ng`iroq» yozuvi ham shartli reflektor reaktsiya keltirib chiqaradi.
Odamning barcha idrok va tasavvurlari va sezgilari, hissiyotlari so`zlar bilan ifodalanadi. Bundan anglashildiki, tevarak-atrofdagi dunyoda mavjud buyum va xodisalardan keluvchi konkret signallar birinchi signal sistemasini qo`zgatadi, bu qo`zg`alish esa ikkiksi signal sistemasiga o`tadi. Bola nutqni egallaguncha ya`ni tilga kirguncha birinchi signal sistemasi faoliyatda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |