Ishni bajarish uslubi: Meva va sabzavotlarni joylashtirish uchun idishlar. Yashik va boshqa idishlar meva va sabzavotlarni tashish, ularni ixcham qilib joylagan holda saqlash, mahsulotni tashqi muhit tahsiridan va mexanik shikastlanishlardan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Idishlarga joylangan meva-sabzavotlar bir-biridan ajralgan bo‘ladi. Bu mahsulotni alohida kuzatib borishga meva-sabzavotlarning buzilishdan oldini olish choralarini ko‘rishga imkon beradi.
Har qanday meva-sabzavotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lganidek, idishlar ham xilma xil bo‘lishi kerak. Meva va uzumlarni joylashda turli o‘lchamli yashiklardan foydalaniladi. Uzum va noklarni g‘alvirga joylab, ramalar orasiga olib, arqon bilan chirmab boylash tartibi qilinadi. Hozir yashiklar xilini minimumgacha kamaytirish vaznini yengillashtirish, shaklini o‘zgartirib oqilona foydalanish, yashik uchun yaxshi material hamda ularni tejab-tergab sarflash ustida ish olib borilmoqda.
Meva to‘ldirilgan yashiklarning og‘irligi qo‘lda tashish uchun belgilangan mehyordan oshib ketmasligi kerak. Bunda qutilarning kattaligi ortish va bo‘shatish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga imkon beradigan darajada bo‘lishi kerakligicha ham e’tibor berish kerak. Qutilar yog‘ochdan yasaladi. Yog‘ochlar tig‘iz, qattiq, egiluvchan, zararlanmagan, yag‘ni qurt yemagan va ayni vaqtda yengil bo‘lishi lozim. Uning o‘ziga hos xidi bo‘lmasligi kerak, chunki meva va uzum har qanday xidni o‘ziga tez singdirib oladi.
Yashiklar mahlum tip va kattalikdagi, bo‘yi, eni va qalinligi har xil bo‘lgan taxtachalar hamda tasmalarni bir-biriga biriktirib yasaladi. Ularning bo‘yi qanchalik uzun va ularga joylanadigan mevalarning vazni qanchalik og‘ir bo‘lsa, devori shunchalik qalin taxtadan yasalishi kerak. Agar sernam taxtadan yasaladigan bo‘lsa, 25% yupqaroq bo‘lishi kerak. Devorining qalinligi, shuningdek yog‘ochi foydalaniladigan daraxt turlariga ham bog‘liq. Yashiklarning turi va hajmi meva va sabzavotlarning turi, navi, tovar sorti yetilish darajasi ishlatilishi maqsadi, tashiladigan joyning masofasiga qarab tanlanadi. Noziq mevalar kichikroq qutilarga extiyotlik bilan joylanadi.
Meva-sabzavotlarni tashish, saqlash va qadoqlash uchun qismlarga ajratilmaydigan, yupqa taxtadan tayyorlangan, ko‘p martalab ishlatiladigan yog‘och yashiklardan ham foydalaniladi.
12-rasm: Meva-sabzavotlarni tashish, saqlash uchun mo‘ljallangan ko‘p marta foydalaniladigan yog‘och yashiklar (GOST 17812-72)
Meva-sabzavotlarni tashish, saqlash va qadoqlash uchun mo‘ljallangan ko‘p marta foydalaniladigan yog‘och yashiklarning ichki o‘lchamlari (GOST 17812-72)
Do'stlaringiz bilan baham: |