Ishning maqsadi: meva-uzumni joylashtirish uchun kerakli inventar, tayyor mahsulot uchun idishlarni, materiallarni hisoblashni o‘rganish.
Yaqin o‘tmishda bog‘-tokzorlar mahsulotlarini qadoqlash uchun idishlarning juda ko‘plab turi mavjud edi.
Idish nafaqat meva va uzumning biologik xususiyatlari sababli, shu bilan birga mevalarning savdo-sotig‘i turiga qarab ham tanlanadi.
Standartga ko‘ra meva-uzum uchun idishni tayyorlashda ko‘llani-ladigan yog‘ochning eng ko‘p namligi 25% bo‘lishiga yo‘l ko‘yiladi. Ishlab chiqarish shart-sharoitlarida ko‘p hollarda qutilarni tuzatish uchun namligi 15-17% bo‘lgan yog‘och ishlatiladi. Mevalarni joylashtirishda ularni olgandan keyin idishning namligi alohida ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Biroq mevalarni ikki haftadan ortiq saqlaganda (ko‘pincha aynan shunday bo‘ladi ham) idish qurib qoladi va uning mustahkamligi keskin pasayadi. Bunday holni mevalarni qadoqlashda va yuklab jo‘natishda hisobga olish kerak bo‘ladi.
TIP, O‘LCHAM VA HAJMLARI. Meva va uzum uchun idishlarga davlat standarti joriy qilingan. Kutilarning har xil tiplari nazarda tutilgan.
QAYTA FOYDALANADIGAN IDISH. Mevalarni, asosan, urug‘-mevalilarni navlash, kalibrlash va tashishda odatda ularni qadoqlash uchun mo‘ljallangan idishdan foydalaniladi. Bunda idish sinish, darz ketish natijasida ishdan chiqadi, kadoqlashga yaroqsiz bo‘lib, ifloslanib qoladi. SHuning uchun mevalarga ishlov berishda ko‘pincha oborot idishi deb ataladigan idishdan foydalaniladi.
Tepa qismi bir-ikkita taxtadan, yonlari — 10 mm tirqishli ikki-uch taxtadan yasaladi. Taxtalar ichki tomonidan, tepasi esa — har ikki tomonidan yaxshilab silliqlangan bo‘lishi kerak. Kutilar yoki tepadagi yon tomonida mevalarni yuk bosimidan saqlaydigan plankaga yoki yuqoridagi yonlamada meva solingan qutilarni ushlash va tashish uchun qulay bo‘lgan plankaga ega bo‘ladi. qutilarning yon va yuqori qismlarini tirqishli qilib yasaladi. Qutilar mahkam bo‘lishi uchun ularni shchiplar bilan mustaxqamlanadi: agar ularni mixlarga o‘tqazilsa, unda sim yoki chambarak bilan o‘rash shart; burchaklariga metall uchburchaklilar qoqiladi.
Xo‘jalik uchun oborot idishlari soni hosilning yalpi yig‘imining har bir tonnasiga 1/2-1 kuti yoki bir gektar bog‘ga 15 kuti qilib tayyorlanadi. Oborot idishlar mevalarni tashishni yengillashtiradi, ishchining qo‘llariga zirapcha kirishi hollaridan saqlaydi, ilmoqlar bog‘lash zaruratini istisno qiladi, ishchi o‘rnini tashkil etishni yaxshilaydi va tovarni likvidli ko‘rinishga keltirish xarajatlarini kamaytiradi.
Ayrim bog‘ xo‘jaliklari xo‘jalikda hamisha ham tegishli o‘lchamli taxta bo‘lmagani uchun ishchi idishlarini tuzatishmaydi.
Lekin oborot va ishchi idishlarisiz mevalarni sotish qiyinligi sababli mevalarni qadoqlash uchun ko‘llaniladigan idishdan foydalaniladi. Bunday idish ishda ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallanmagan, shuning uchun u faqat «bir martalik oborot» uchun ishlatiladi, ya’ni yangi kutilar urug‘ mevalilarni teruvchilarga beriladi, olingan tovar bilan to‘ldiriladi, qadoqlash ayvoniga yetkaziladi va mahsulotlarni ilmoqqa ilmasdan taxlanadi.
Mevalarni ajratishda mevali kutilar saralovchilarga beriladi. Saralanganidan keyin kalibrlovchilarga boradi va so‘ngra — ularga tayyor tovarni solish uchun yetkaziladi. Qutilar bog‘ga qaytarilmaydi, to‘liq ishlanganidan so‘ng mevalari bilan vagonga yuklashga jo‘natiladi. Idishning unga mevalarni solgungacha bo‘lgan bir martalik oboroti uning sifatiga ko‘p tahsir qilmaydi. Qutilar toza va ancha mustahkamligicha qoladi. Kadoqlash idishlaridan foydalanishning bunday usuli urug‘mevalilarni sotishda oborot idishdan foydalanmaslikka imkon beradi.
Erga to‘kilgan mevalar, braklar va mevalarni qayta ishlash zavodlariga va quritish maydonchalariga yuboriladigan urug‘mevali navlarni yigpishda va sotishda oborot idish shuning uchun kerakki, ular mevalarni tashishda ko‘p ishlatiladi. Mevalarni qadoqlash uchun tayyorlangan, yerga to‘kilgan va brak mevalarni quritish maydonchalariga va zavodlarga jo‘natish uchun ishlatilgan olma solinadigan quti ikki-uch oborotdan keyin to‘liq yaroqsiz holatga keladi. Undan foydalanish norentabelli, chunki bunday qutini tahmirlash qiymati deyarli mustahkam oborot idishi qiymatiga tengdir.
O‘tgan yilgi mavsumdan qolgan idish ko‘zdan kechiriladi, tahmirlanadi, bug‘lantiriladi yoki fumigatsiya qilinadi va ayvon ostiga taxlab ko‘yiladi.
Qutilarning tirqishlarida qishlab qoladigan kapalak qurti, mevaxo‘r va boshqa qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi fumigatsiya kameralarida joyning 1 m3 maydoniga 250-300 g hisobidan oltingugurt tutuni bilan tutatish mumkin. Qutilar kamerada taxlanadi, oltingugurt esa yong‘in chiqishidan xavfsiz bo‘lgan idishga solinadi va yoqiladi. Tutatish 2-3 soat davom etadi, natijada kapalak qurtlari, qishloq xo‘jalik zararkunandalari o‘ladi.
QADOQLASH MATERIALI
Mahsulot turiga, uning maqsadi, saqlanish va tashilish usuliga qarab qadokdash materialining tusi ham boshqacha bo‘ladi. Arzon mahsulotlar — brak va yerga to‘kilgan mevalar — yaqin masofaga tashib boriladi va zudlik bilan istehmol qilinadi. Bunday tovarni o‘ramasdan va mevalar orasiga ajratgich qo‘ymasdan idishga uyum holida solib tashish mumkin: bunday holda qutining tubiga va qopqoq tagiga payraxa qatlami solinadi. Urug‘mevali I va II nav mevalar, ayniqsa, uzoq saqlash uchun mo‘ljallangan mevalar qog‘ozga o‘raladi, quti tubiga va qopqoq tagiga to‘shamalar qo‘yiladi, bahzan qatlamlar orasiga — qirindi, qog‘oz yoki uch qavat buklangan karton silliq tomoni bilan mevalarga qaratib to‘shaladi. Ichki bozorga mevalar ko‘proq qirindi bilan qadoklangan holida yetkazib beriladi. Mevalar qirindili uyachalarga (bir qutiga 200-300 g) joylashtiriladi. Urug‘ mevalilarning eng qimmatli navlari yupqa qog‘ozga o‘rab qadoqlanadi.
Qadoqlash materialining eng yaxshi turlaridan biri qog‘ozdir. Qog‘oz meva atrofida u chiqaradigan karbonat angidridni saqlab turib, mevalarda mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun nokulay shart-sharoitlarni yaratadi. Qog‘ozda tasodifan chirib qolgan meva yonidagilarga ko‘p zarar yetkazmaydi. Qog‘oz orasida mevaning po‘stlog‘i ancha ko‘rkam sariq tusini saqlab qoladi.
Mevalarni o‘rash uchun eng yaxshi qog‘oz moy shimdirilgan, mumli va sulg‘fatli qog‘ozdir.
Ko‘rsatilgan navlar bo‘lmaganida qog‘ozlar ishlatiladi.
Mevalarning qog‘ozga o‘ralishi mevalarning omborda saqlash vaqtida buzilishi deb ataladigan, katta zararlar yetkazadigan holatning oldini olish uchun katta amaliy ahamiyatga ega.
SHu narsa aniqlanganki, olmalarning buzilishi uzib olingan mevalarning hayotiy faoliyati jarayonida ajratib chiqaradigan uchuvchan gazsimon birikmalar, asosan, xushbo‘y moddalar sababli yuz beradi. O‘raydigan qog‘ozga mevalar ajratadigan xushbo‘y moddalarni shimib olishga qodir bo‘lgan moylarni singdirish yo‘li bilan buzilishi oldini olish mumkin.
Urug‘mevalilarni o‘rashda yumshoq yog‘ochdan olinadigan qipiq ishlatiladi. Qirindi yupqa, egiluvchan bo‘lishi, smola hidiga ega bo‘lmasligi kerak. Lipa kirindisi ana shu talabga javob beradi. U bo‘lmaganida tog‘terak, olg‘xa va qoraqarag‘ay qirindisi ko‘llaniladi. Qirindi standart talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Mevalarni qadoqlash uchun qirindining namligi 20% bo‘lishiga yo‘l ko‘yiladi.
Kirindining qadokdash materiali sifatidagi qimmati ayrim tovarshunoslar tomonidan shubha ostiga olinadi, chunki u mevalarni chang qiladi, ularning isib ketishiga olib keladi, mevalar saqlanadigan xonalarni ifloslantiradi. Biroq qirindi ko‘rsatilgan nuqsonlari bilan bir qatorda qator afzalliklarga ham ega bo‘lib, shu sababli keng ko‘llaniladi.
Mevalarni tashish va saqldash vaqtida bosilishdan saqlash uchun ko‘pincha burmali buklangan (gofrlangan) karton ishlatiladi. U quti devorlari, tubi va qopqog‘ini o‘raydigan material, alohida noziq mevalarni qadoqlaganda esa — qatlamlarni bir-biridan ajratish uchun xizmat qiladi.
Uzumni joylashda qipiqlardan foydalaniladi: eng yaxshi qipiqlar deb changdan va mayda kukundan tozalangan, quruq, mog‘or va namlik izi bo‘lmagan po‘kak (po‘kak yormasi) sanaladi. Po‘kak qipiqlari bo‘lmaganida yumshoq daraxt turlari — tog‘terak, terak, lipa qipiqlarini ko‘llash mumkin. Ular yaxshilab ezilgan va o‘tkir uchlarga ega bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |