O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETITERMIZFILIALI
“Tasdiqlandi”
O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor
o‘rinbosari v.v.b.D.Jumanov
2021 yil “”
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI SAQLASH, QAYTA ISHLASH VA MEXANIZATSIYA KAFEDRASI
QISHLOQXO‘JALIGIMAHSULOTLARINISAQLASHOMBORLARI
fanidan
O‘QUV–USLUBIYMAJMUA
Bilim sohasi:
–
400000 – Qishloq va suv xo‘jaligi
Ta’lim sohasi:
–
410000 – Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi
Ta’lim yo‘nalishi:
–
5410500-Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
Termiz tumani – 2021 y
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil “”dagi-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning- ilovasi) tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari” fan dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
AbdullaevI.E.
–
ToshDAU Termiz filiali, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi katta o`qituvchisi
TurayevD.Sh.
ToshDAU Termiz filiali, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni
saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” assistenti
RahmonovE.A.
ToshDAU Termiz filiali, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” assistenti
Taqrizchilar:
M.X.Aramov
–
Meva – sabzavotchilik, uzumchilik, seleksiya va urug’chilik kafedrasi mudiri, professor.
AbdievA.A.
–
Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti Qarshi filiali o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i, q.x.f.n., dotsent.
ToshDAU Termiz filiali Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan ( 2021 yil “ “dagi_ sonli majlis bayoni)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETITERMIZFILIALI
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI SAQLASH, QAYTA ISHLASH VA MEXANIZATSIYA KAFEDRASI
“QISHLOQXO‘JALIGIMAHSULOTLARINISAQLASHOMBORLARI”
fani bo‘yicha MUNDARIJA
Termiztumani –2021
MUNDARIJA
№
Bo‘limlar
Bet
I
O‘quvmaterillari
3
1.1
Ma’ruzamashg‘ulotlari
Kirish
5
1.1.1
Fanning tarixi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati
7
1.1.2
Mamlakatimizda sovutgichli omborlarning faoliyati va istiqbollari
12
1.1.3
Saqlash omborlarini loyihalashdagi umumiy holatlar va tushunchalar
23
1.1.4
Saqlash omborlarini turlari va tuzilishi va o'lchamlari.
32
1.1.5
Saqlash omborlarini loyihalash va loyihani tanlash.
54
1.1.6
Saqlash omborlari va saqlashga tayyorlash bo'limlarini bosh rejasini
tuzish
64
1.1.7
Saqlash omborlarida foydalaniladigan qushimcha transport jihozlar va
texnikalar.
79
1.1.8
Sovuq zanjir tizimi va uning mohiyati
87
1.1.9
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari turlari
90
1.1.10
Vaqtinchalik saqlash omborlari
93
1.1.11
Doimiy omborlar
101
1.1.12
Don mahsulotlarini saqlash omborlari
113
1.1.13
Donni qayta ishlab olinadigani mahsulotlarni saqlash omborlari
120
1.1.14
Chigitli paxta va paxta tolasini saqlash omborlari
129
1.1.15
Meva-sabzavot, uzum, ildizmeva, poliz va kartoshka mahsulotlarini
saqlash omborlari
140
1.1.16
Yig'ishtirib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash omborlariga
tayyorlash va ularni sifat ko'rsatkichlari
149
1.1.17
Mevalarni doimiy omborlarda saqlash
156
1.1.18
Sabzavotlarni doimiy omborlarda saqlash
166
1.1.19
Go'sht mahsulotlarini saqlash omborlari
177
1.1.20
Sut va sut mahsulotlarini saqlash omborlari
189
1.1.21
Don va donli ekin mahsulotlarini saqlash omborlari
199
1.1.22
Gaz muhiti boshqariladigan saqlash omborlari
211
1.1.23
Jadal muzlatish tizimiga ega saqlash kamerali
220
1.1.24
Saqlashga mo'ljallangan mahsulotlarga qo'yiladigan talablar
225
1.1.25
Quritilgan meva mahsulotlarini saqlash omborlariga qabul qilish tartibini
o'rganish
235
1.1.26
Quritilgan sabzavot mahsulotlarini saqlash omborlariga qabul qilish
tartibini o'rganish
239
1.2
Amaliymashg‘ulotlari
242
II
Mustaqilta’limmashg‘ulotlari
395
III
Glossariy
401
IV
Ilovalar
404
V
Adabiyotlar
432
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIQISHLOQXO‘JALIKVAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI SAQLASH, QAYTA ISHLASH VAMEXANIZATSIYAKAFEDRASI
“QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH OMBORLARI”
fani bo‘yichaMA’RUZALAR
Termiz tumani – 2021
Kirish Bugungi kunda respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz tahminlash maqsadida mahsulot yetishtirish hajmi va turlarini ko‘paytirish shuningdek, qishloq aholisini daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish maqsadida beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va bir qator qaror, farmonlar qabul qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, agrotexnik tadbirlarini o‘z muddatida sifatli qilib o‘tkazish bo‘yicha belgilangan hududiy chora-tadbirlar Dasturlarini bajarilishi natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Respublika hududlarida meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum mahsulotlarini ko‘paytirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazish, ulardan yuqori sifatli, eksportbop mahsulot yetishtirish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “Ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum harid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2717-sonli qarorining ijrosini tahminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Aholini yil davomida meva-sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz tahminlash, bozorlardagi narx-navolarning barqarorligini saqlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida aholi xonadonlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar tomonidan 635 gektar maydonda issiqxonalar tashkil etildi.
Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 8,5 ming gektardan oriq maydonlarda issiqxonalar faolyati yuritmoqda, bularning 40 gektar maydoniga gidropinika usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Ushbu issiqxonalardan 500 ming tonnadan ortiq sabzavot va tsitrus meva mahsulotlari yetishtiilib, qish oylarida aholiga yetkazib berilmoqda.
2017 yilda boshoqli don ishlab chiqarish 8 mln. 116 ming tonnani (2016 yilga nisbatan 98,2
%), sabzavot ishlab chiqarish 11 mln. 434 ming tonnani (101,4 %), kartoshka 3 mln. 15 ming
tonnani (101,9 %), poliz 2 mln. 95 ming tonnani, meva 3 mln 76 ming tonnani, uzum yetishtirish 1 mln. 749 ming tonnani tashkil etdi.
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar aholini sifatli oziq- ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va shu bilan bir payitda bugungi kunning eng katta muommolaridan biri bo‘lgan oziq ovqat xavsizligining oldini olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak, buning uchun esa yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan-texnika va ilgor texnologiyalarni tadbiq etish, xorij tajriba yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi
SHuning uchun bugungi kunning qishloq xo‘jalik mutaxasislari qishloq xujaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini puxta bilishlari katta amaliy ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini bilish, standartlash sistemasi bilan tanishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasining o‘zlashtirilishi mahsulot sifatini oshiradi va nobudgarchilikni imkoni boricha kamaytiradi.Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy isloxatlar aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishi va bu soxadagi tahminotni tubdan yaxshilab jaxon andozalariga tenglashtirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
1-ma`ruza: Fanning tarixi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati Reja:
Mahsulotlar saqlashning xalq xo'jaligidagi ahamiyati