tartibini o'rganish
Reja:
Quritilgan sabzavotlarning turlari
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 6, 7, 9
Tayanch iboralar: Quritilgan kartoshka xo‘raki kartoshka, Quritilgan karam, Quritilgan sabzavotlarni qadoqlash va saqlash,
Quritilgan sabzavotlarning turlari
Quritilgan sabzavotlar. Sabzavotlardan kartoshka, sabzi, lavlagi, oqboshli karam, piyoz, ko‘katlar va boshqa sabzavotlar quritiladi.
Quritilgan kartoshka xo‘raki kartoshka navlaridan olinadi. quritish oldidan kartoshka tuganaklari yuviladi, po‘stlog‘i artiladi, uzunchoq, parrak, kubik qilib to‘g‘raladi, keyin bug‘ bilan ishlov berilib sovitiladi va tarkibida 12% namlik qolguncha maxsus quritgichlarda 75-800C haroratda quritiladi. Uzoq saqlash uchun esa namlik 5-6% qolguncha quritiladi.
Sifatiga qarab quritilgan kartoshkalar birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi. quritilgan mevalar. O‘rik, olxo‘ri, olcha, olma, nok, uzum va boshqa mevalar quritiladi.
Quritilgan ildiz mevali sabzavotlar lavlagi, sabzi va oq ildizlardan tayyorlanadi. Bu sabzavotlar tarkibida 12-14% namlik qolguncha quritiladi.
Ba’zan ularning uzoq saqlanishini ta’minlash uchun esa namlik 5-6% qolguncha ham quritilishi mumkin. Bu xolda tayyor mahsulotni germetik holda qadoqlash talab etiladi. quritilgan ildizmevali sabzavotlar ham sifatiga qarab birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Quritilgan karam oqboshli karamdan va rangli karamdan olinadi. Bir xilda ‘ayraxasimon to‘g‘ralgan karamlarni oldin bug‘ bilan ishlanadi, keyin esa maxsus moslamalarda tarkibida 14% namlik qoguncha quritiladi. Quritilgan karamlar ham birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Boshpiyozning achchiq va yarim achchiq navlari quritiladi. piyozbosh po‘stloqlardan tozalangandan keyin ya’roq yoki xalqa qilib to‘g‘ralib, maxsus quritgichlarda tarkibida 14% namlik qolguncha quritiladi. Sifatiga qarab quritilgan piyozlar ham birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Ko‘katlardan petrushka, shivit, ismaloq va boshqalar quritiladi. quritilgan ko‘katning namligi 14% dan oshmasliga kerak. quritilgan sabzavot va meva qoqilarini joylashtirish va saqlash.
Bu mahsulotlarni joylash uchun sig‘imi 25 kg gacha bo‘lgan taxta yashiklarga, 50 kg gacha sig‘imli paxta va zig‘ir toladan qilingan qo‘larga, shuningdek, 10-12 kg hajmdagi karton qutilarga joylanadi.
Quritilgan sabzavotlar va mevalarni 100C dan yuqori bo‘lmagan harorat va havoning nisbiy namligi 70% gacha bo‘lgan sharoitda quruq, toza, yaxshi shamollatiladigan xonalarda saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Saqlash jarayonida quritilgan sabzavotlar va mevalarning iste’mol xususiyatlari birmuncha pasayib boradi. Masalan, ularning rangi o‘zgaradi, o‘ziga xos ta’mi va xushbo‘y xidi yo‘qoladi, bo‘kuvchanligi esa kamayadi.
Rangining o‘zgarishi asosan fermentlarning ishtirokisiz boradigan reaktsiyalar natijasida ro‘y beradi. Bunday reaktsiyalarning borishini to‘xtatish uchun yoki sekinlatish uchun quritilgan sabzavotlar va mevalarni 00C ga yaqin haroratda saqlash maqsadga muvofiqdir.
Quritilgan sabzavotlarni qadoqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |