O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet92/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Mahsulotni saqlash va joylashtirish usullari: Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda uyum to‘kma holda, konteynerlarda, yashiklarda yoki qo‘larda joylashtirib, saqlash usuliga ko‘ra tabiiy yoki faol shamollatilib, sovutilib, gaz muhitida saqlanadi.
Omborning saqlash sektsiyasi va kamerasining 1m3 hajmiga mahsulotni idish holida joylash miqdori va uni shartli yukga o‘tkazish koeffitsienti quyidagi jadvalda keltirilgan.
Mahsulotni saqlash va omborlarga joylashtirish usullari. Kartoshka, sabzavot va mevalar omborlarga saqlash uchun uyum holatida yoki idishlarga solinib joylashtiriladi. Mahsulotni joylashtirish usullari bo‘yicha omborning 1 m3 hajmiga joylashtiriladigan mahsulot normasi, idishlar o‘lchami, ular orasidagi masofalar, uyumning balandligi hisobga olinishi shart.


Muhokama va xulosalar chiqarish uchun savollar.

  1. Meva va sabzavotlarni saqlash guruhlarini ayting.

  2. Sabzavotlarni handaq va uyumlarda saqlash texnologiyasini ayting.

  3. Doimiy omborxonalar haqida tushuncha bering. Doimiy saqlash omborlarining muvaqqat saqlash omborlaridan farqi nimada?

  4. Tabiiy shamollatiladigan omborni joylashuv chuqurligini saqlash sifatiga ta‘sirida farqi bormi?
3-amaliy mashg`ulot Vaqtinchalik saqlash omborlarning tuzilishi va o'lchamlari

Darsning maqsadi: talabalarga kartoshka va sabzavotlarni kuzgi-qishki davrda saqlash uchun vaqtinchalik omborlarni tashkil etishni o‘rgatish. Bunda talabalar vaqtinchalik omborlarni tashkil etishda mahsulot turi va miqdoriga ko‘ra qancha uyum yoki o‘ralar zarurligi, ularni barpo etish tadbirlari, ularga mahsulotlarni joylashtirish va ustini berkitish tartibi bilan amaliy tanishtiriladi (1- rasm)


1-rasm. Kartoshka saqlanadigan uyumni tashkil qilish sxemasi:

  1. yakuniy tuproq qo‘lamasi; 2-birinchi tuproq qo‘lamasi; 3-uyum termometri; 4-kartoshka; 5- ’oxol; 6-havo quvuri; 7-yog‘ingarchilik suvlar uchun ariqcha.

Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga joylashtirishni rejalashtirishda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur: mahsulot turi, uning miqdori va saqlash maqsadi, saqlash muddati va usullari, mavjud ombor hajmi. Har bir mahsulot turini saqlash usullarini tanlashda joy sharoiti va mavjud ombor hajmlari inobatga olinadi. Masalan turli ob-havo sharoitlariga bog‘liq ravishda kartoshka saqlash uchun uyum va handaq o‘lchamlari turlicha bo‘lishi mumkin (19-jadval).


19-jadval Kartoshka uchun uyum va handaqlar o‘lchami va ularga mahsulot joylash balandligining ob-


havo sharoitlariga bog‘liqligi

Odatda kartoshka va sabzavotlar doimiy omborlarda saqlanadi. Zarur ombor hajmini hisoblash uchun 1 m3 mahsulot og‘irligini bilish shart.


Kartoshka va sabzavotlarni 1 m3 og‘irligi (kg):
Kartoshka 650-700
Sabzi 550-600
Karam 400-450
piyoz 550-600
Kartoshka va sabzavotlarni doimiy ombor va dala sharoitida saqlashda uyum, handaq (o‘ra) hajmlarini hisoblashni bilish kerak. Odatda ular formulalar yordamida echiladi.
1-vazifa. Quyidagi miqdordagi sabzavotlarni saqlashga joy-lashtirish uchun ariq-o‘ralar
miqdorini hisoblang:

    1. 500 tonna kartoshka uchun, agar ariq-o‘ralar quyidagi o‘lcham-da bo‘lsa: uzunligi 20 m,

eni 0,8 m, chuqurligi 0,6 m.
Ishlash tartibi:

  1. Bir ariq-o‘raning maydoni qancha? 20 m (uzunligi)x0,8 m (eni)=16 m2

  2. Bir ariq-o‘raning hajmi qancha?

16 m2 (maydoni)x0,6 m (chuqurligi)=9,6 m3

  1. Bir ariq-o‘raga qanday miqdorda kartoshka ketadi? 1 m3 - 650 kg (0,65 tonna)

9,6 m3 - X
X=9,6 m3x0,65 tonna/1 m3 = 6,24 tonna

  1. 500 tonna kartoshkani joylashtirish uchun nechta ariq-o‘ra kerak? 500 tonna: 6,24 tonna = 81 dona ariq-o‘ra.

  2. 500 tonna kartoshka joylashtirilgan ariq-o‘ralar maydoni qancha? 16 m2 x 81 dona ariq-o‘ra = 1296 m 2

Xuddi shu tartibda karam va sabzi mahsulotlarini saqlash uchun maydonlar aniqlanadi.

    1. 200 tonna karam uchun, agar ariq-o‘ralar o‘lchami quyidagicha bo‘lsa: uzunligi 10 m, eni 0,8 m, chuqurligi 0,4 m:

v) 300 tonna sabzi uchun, agar ariq-o‘ralar o‘lchami quyidagicha bo‘lsa: uzunligi 10 m, eni 0,6 m, chuqurligi 0,5 m:
g) Yuqoridagi a, b, v vazifalariga javob to‘ilganidan so‘ng, ular jamlanadi. Uning yig‘indisi sof o‘ralar maydonini ko‘rsatadi, ya’ni 75 foizini tashkil etadi.
Ularning umumiy maydonini aniqlashda ular orasidagi ora-liqlar (2 m) va asosiy yo‘llar (4 m) inobatga olinadi, ular umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi.

  1. vazifa. Quyidagi miqdordagi sabzavotlarni saqlashga joy-lashtirish uchun uyumlar miqdorini aniqlang:

  1. 500 tonna kartoshka uchun, agar uyum balandligi 0,9 m, eni 1,2 m, uzunligi 20 m ;

  2. 200 tonna karam uchun, agar uyum balandligi 1,0 m, eni 1,6 m, uzunligi 1 m ;

v) 300 tonna sabzi uchun, agar uyum balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 10 m bo‘lsa.
g) yuqoridagi a, b, v vazifalarga javob to‘ilgandan so‘ng, ular jamlanadi, uning yig‘indisi sof uyumlar maydonini ko‘rsatadi, ya’ni 75% ni tashkil etadi.
Uyumlarning umumiy maydonini aniqlashda ular orasida oraliqlar (2 m) va asosiy yo‘llar (5 m) inobatga olinadi, ular umumiy maydonning 25 foizni tashkil etadi.
Hisoblash: uyum hajmi quyidagi formulalar yordamida yechiladi:

  1. chuqursiz uyum uchun:

  2. chuqurli uyum uchun:


bu erda: u – uyum uzunligi, m E – uyum eni, m


B – uyum balandligi, m Ch – uyum chuqurligi, m
u1E1Ch1 – mos holda uyum chuqurchasining uzunligi, eni va chuqurligi, m Sabzavotlarni uyum va handaqlarga joylashtirish. Uyum va xan-daqlar juft qatorlab joylashtiriladi, ular orasida 6-8 m kengli-gida va ikki uyum yoki handaq orasida 4-6 m yo‘l qoldiriladi. Vaq-tinchalik ombor kvartallari orasida yo‘l kengligi 8-10 m (1-rasm). Uyumlar eni 1,5-2 m, uzunligi kartoshka uchun 10-
20 m, sabzi uchun 3-7 m bo‘ladi. Uyum balandligi uning kengligi yoki burchagi-ning tabiiy qiyaligiga bog‘liqdir. Kartoshkada u 40-450 ga teng . Chidamli ildizmevalilar uchun janubiy va
g‘arbiy tumanlarda uyum kengligi 1 dan 2 metrgacha, balandligi esa 0,5- 0,8 m; markaziy va shimoliy tumanlarda uyum kenligi 1,5-20 m, balandligi esa 1 m bo‘ladi.


1-rasm. Uyumlarning vaqtinchalik ombor maydonida joylashtirilishi

Karamni oziq-ovqat maqsadida janubiy va g‘arbiy tumanlarda kengligi 1 m va 0,5-0,7 m balandlikda, markaziy mintaqada keng-ligi 1,5-2 m, balandligi 1 m uyumlarda saqlanadi. Uyum va handaqlarni yopish. Kartoshka va sabzavotlar joylangan uyum va handaqlarni yopish uchun somon miqdorini hisobga olish zarur. Har bir tonna kartoshka mahsulotiga 100 kg somon talab qilinadi. Uyum va handaqlarni yopish qatlami (somon, tuproq) ushbu sharoitda tuproqning muzlash qalinligidan kam bo‘lmasligi shart. Shunda somonni 10 sm qatlamiga 20 sm tuproq qalinligi to‘g‘ri kelmog‘i kerak. Unutmaslik kerakki, o‘ra va uyumlardagi mahsulotlarning sifatli saqlanishi ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Sifatsiz tashkil etilgan vaqtinchalik omborlarda mahsulot buzilishi ham mumkin. Jihoz va materiallar: adabiyotlar, chizg‘ich, kalkulyator, qalam, o‘ra va uyumlarning sxemalari.


O‘zlashtirish uchun savollar:



  1. Mahsulotlarni MGM usulida saqlashda qaysi gazlardan foydalaniladi?

  2. Omborxona quriladigan joyning yer osti suvi necha metr pastda bo‘lishi kerak?

  3. Handaq kaziladigan yerning tu’rog‘i qanday bo‘lishi kerak?

  4. Sovutgichlarda sovutish manbai sifatida nima ishlatiladi?

  5. MGM bo‘lmalarining germetiklik darajasi qanday aniqlanadi?
4-amaliy mashg`ulot Doimiy saqlash omborlarning turlari va tuzilishi


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish