O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet56/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Namyo‘qotilishi

Saqlash davri
mobaynida

O‘rtacha 1 oy
mobaynida

Eng noqulay bir
oy mobaynida







kg/g

%

kg/t

%

%

Kartoshka

9

51,0

5,10

5,70

0,57

0.75

Lavlagi

10

61,5

6,15

6,15

0,62

1,14

Sabzi, sholg‘om

10

795

7,95

7,95

0,80

1,65

Karam

9

96,0

9,60

10,67

1,07

2,48

piyoz

12

77,3

7,73

6,44

0,64

1,28

Sarimsoq

12

99 8

9,98

8,31

0,83

2,25

Olma (qishki)

10

39,0

3,90

0,39

0,39

0,75

Nok (qishki)

9

52,0

5,20

5,78

0,58

1,50

Uzum

7

30,0

3,00

4,29

0,43

0,60

Bug‘lanish tezligi mevadagi suvning miqdoriga ham bog‘liq. Agar meva terishdan oldin sug‘orilsa terilgan mevalar sersuv bo‘lib, saqlash davrining boshida tarkibidagi suvni tez bug‘latib so‘lib qoladi. Ko‘pincha ularda achchiq mog‘or hosil bo‘ladi, danakli mevalarning danagi yorilib ketadi. Terishdan oldin uzoq vaqt suv ichmagan mevalar ham saqlash vaqtida suvni tez bug‘latadi va so‘lib qoladi.


Bug‘lanish mevalarda suvning taqsimlanishiga ham bog‘liq. Masalan, nokda suvning ko‘p qismi hujayra oralig‘ida joylashgan bo‘ladi, shu sababli u suvni tez bug‘latadi.
Mevalar saqlanishining dastlabki kunlarida suvni juda tez bug‘latadi, bunda mevalar tarkibidagi erkin suvdan xalos bo‘ladi. So‘ngra bug‘lanish pasayadi, meva yetilishi bilan bug‘lanish kuchayadi.
Meva va sabzavotlar idishga joylashgan yoki to‘kma holda qalin qilib va ustidan havo o‘tishi uchun ochiq joy qoldirilmay joylanganda ular terlay boshlaydi. Yashik yoki uyum o‘rtasidagi harorat odatda ombor haroratidan yuqori bo‘ladi. Shu sababli yuqori qavatdagi yoki yon tomondagi mevalar terlaydi. Bunda ular tez buziladi. Ularning sirtidagi namlik mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit tug‘diradi.
Sabzavotlardan o‘rtacha suv bug‘lanish tezligi, sutkada g/t
(Ye.p. Shirokov, V.I. polegaev ma‘lumoti)

Sabzavotlar

Saqlash davri

kuzda

qishda

bahorda

Lavlagi

650

280

480

Sabzi

550

270

480

piyoz

480

210

420

Karam

800

630

700

Kartoshka

290

170

290

Meva va sabzavotlarni saqlash uchun sun‘iy usulda sovutgichlarda va tabiiy usulda ventilyatsiya tashqi havo yordamida muzlatiladi. Meva va sabzavotlarning muzlashi 0,5 dan 3C gacha yuz beradi. Mevalarning muzlash harorati ular tarkibidagi suvning miqdoriga bog‘liq.


Mevalar qanchalik tez sovitilsa zararli mikroorganizm-larning rivojlanishi va biokimyoviy jarayonlar sekinlashadi, natijada mahsulotning saqlanish muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Muzlatishda meva va sabzavotlar tarkibidagi suv turli muddatlarda muzlaydi. Avvalo erkin suv, ya‘ni hujayra oralig‘idagi suv keyin esa hujayra tarkibidagi suv muzlaydi. Kichik idishlardagi va to‘kma qilib joylangan mevalar, hajmi kichik mevalar odatda tez muzlaydi.
Ko‘pincha qattiq muzlatish natijasida hujayralarning suvsizlanib qolishi, oqsillar va ‘lazmaning hamda boshqa kolloid moddalarning qaytarilmaydigan kaogulyatsiyasi natijasida mevalar nobud bo‘ladi. Mexanik shikastlangan mevalar ularning sovuqdan nobud bo‘lishini kuchaytiradi.
Meva va sabzavotlarning issiqlik xossalari ham ularni saqlashda muhim ahamiyatga ega. Ular issiqlikni va haroratni yomon o‘tkazishi bilan harakterlanadi. Shu sababli hamda g‘ovakligi katta bo‘lganligi uchun ular juda sekinlik bilan soviydi va isiydi.
Meva va sabzavotlarning issiqlik va harorat o‘tkazuvchanligi yomon bo‘lganligi uchun
omborlarda o‘z-o‘zidan qizish jarayoni paydo bo‘ladi va natijada saqlanayotgan mahsulotning bir qismi yo‘qotiladi.
Omborlardagi havoning harorati, namligi meva va sabzavotlarni saqlashda ularning issiqlik ajratib chiqarish tezligiga bog‘liq. Meva va sabzavotlarning issiqlik ajratib chiqarish xususiyati nafas olish tezligiga bog‘liq u ajralib chiqadigan karbonat angidrid miqdoriga qarab hisob qilinadi.
Meva va sabzavotlarning tarkibida suv ko‘p bo‘lganligi sababli ularning issiqlik sig‘imi baland. Odatda meva va sabzavotlarning issiqlik sig‘imini hisoblashda undagi suvning miqdori hisobga olinadi. Masalan, pomidorning tarkibida 86% suv bo‘lsa, uning issiqlik sig‘imi 860 kkal/t S ga teng bo‘ladi.
Meva va sabzavotlarning issiqlik sig‘imini va undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini bilgan holda ombordagi mahsulotning harorati qanchalik oshganligini hisoblash mumkin. Masalan, kartoshka saqlanadigan omborda issiqlik ajralib chiqishi 15S da sutkasiga 570 kkal/t ga teng bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi esa agar tuganakda 85% suv bo‘lsa, 850 kkal/t°C bo‘ladi. Bunda kartoshka uyumida haroratning oshishi sutkasiga 570:850=0,67°C ni tashkil qiladi.
Meva va sabzavotlar haroratining oshishini aniqlash orqali biz qaysi vaqtda shamollatish zarurligini bilishimiz mumkin. Aks holda haroratning oshishi issiqlik ajralib chiqishi va nafas olish jarayonini tezlashtiradi. Oqibatda o‘z-o‘zidan qizish jarayoni avj olib ketadi. Shu bilan birga, bunda mikroorganizmlarning rivojlanishi ham tezlashadi.
Meva va sabzavotlarni omborlarga joylashtirishda ularning mexanik pishiqligi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Meva va sabzavotlarning mexanik pishiqligi deganda ularning bir sm2 iga ta‘sir ko‘rsatganda solishtirma qarshiligi tushuniladi va kg/sm2 bilan o‘lchanadi. Meva va sabzavotlarning solishtirma qarshiligi ularning bir qator xossalariga, strukturasining pishiqligiga, qattiqligiga, og‘irligiga va o‘lchamlariga bog‘liq. Masalan, kartoshkaning solishtirma qarshiligi 17 dan 25 kg/sm2 gacha bo‘ladi.
To‘kiluvchanlik xususiyati ham meva va sabzavotlarni saqlashda ma‘lum ahamiyat kasb etadi. Ular turli xil shaklda va o‘lchamda bo‘lganligi uchun ularning to‘kiluvchanligi past bo‘ladi. Kartoshka va boshqa sabzavotlarni uyum qilib saqlashda ularning tabiiy qiyaligi 40–450 oralig‘ida bo‘ladi. Omborlarga joylashda burchagining qiyaligi 40–500 dan ortiq bo‘lgandagina ular sir’anib tushadi. Odatda meva va sabzavotlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda transport lentalarining nishablik burchagini sir’anish burchagidan kichik qilib joylashtirilishi lozim.
Meva va sabzavot omborlarini mexanizm yordamida to‘ldirishda o‘z-o‘zidan saralanish kuzatiladi. Bunda mahsulotning kattalari uyumning o‘rtasiga, kichik o‘lchamdagilari esa uyum atrofiga to‘dalanadi. Bunday to‘dalanish ular orasidan havo o‘tishi va uyum orasida havo almashinuviga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Mahsulotlarni o‘z-o‘zidan saralanishining oldini olish uchun ularni o‘lchamlariga qarab sortlarga ajratish va kalibrovka o‘tkazish muhim hisoblanadi. Bunda mahsulotlarni tuproq, qum va boshqa iflosliklardan ham tozalash lozim.
Saqlash davomida mahsulotlar orasida havoning almashinuvi ularning g‘ovakligiga bog‘liq. Meva va sabzavotlarning 1 m3 uyumidagi teshiklarning miqdori ularning g‘ovakligi deb yuritiladi, Odatda g‘ovaklik 30 dan 50 foizgacha bo‘ladi.


Meva va sabzavotlarning turli xil haroratda o‘rtacha issiqlik ajratib chiqarish tezligi, sutgada kkal/t




Meva va sabzavotlar

Harorat C

0

2

5

10

15

20

Olma (kechki) Olma (ertachi) Nok (kechki) Nok (ertachi) Uzum Shaftoli Olxo‘ri
Sabzi Lavlagi piyoz (boshi) Karam Sarmsoq Kartoshka

220
380
220
400
200
380
420
390
320
1580
400
450
380

290
430
450
550
360
460
700
5700
440
2060
480
650
360

430
650
840
950
500
850
1300
690
670
3100
650
950
320

650
1200
1150
1300
750
1900
2200
730
1150
4400
920
1400
500

1200
1900
2600
3300
1000
2700
3800
1750
1900
5080
1420
2600
570

150
2500
4500
5700
1600
3800
4500
2300
3520
6300
2400
3200
700

Uyum orasida havo almashinishida mahsulotlar orasidagi teshiklarning o‘lchami ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, kartoshka bilan bug‘doyning g‘ovakligi bir xil, ya‘ni 40% ga yaqin. Lekin kartoshka uyumi orasida havoning almashinuvi bug‘doynikiga qaraganda ancha yengil.


O‘z-o‘zidan saralanish hodisasi tufayli meva va sabzavotlar uyumining turli qismlarida g‘ovaklik turlicha bo‘ladi.
Meva va sabzavotlarning g‘ovakligi ularning o‘lchamlariga bog‘liq. Masalan, lavlagining g‘ovakligi 50–55, sabziniki 51– 53, kartoshkaniqi esa 37–55% bo‘ladi.
SHunday qilib, meva va sabzavotlarning bir qator fizik xossalarini ko‘rib chiqdik. Ularning yig‘indisi mahsulotning issiqlik va fizik sistemasini tashkil qiladi. Bunda havo haroratining oshishi va mahsulotning namlanishi kuzatiladi. Shu sababli mahsulotni saqlashdagi asosiy vazifa uning o‘z- o‘zidan qizib ketishi va terlashining oldini oladigan hamma chora-tadbirlarni ko‘rish hisoblanadi. Bunda omborlarni sun‘iy sovitish, aktiv shamollatish va mahsulotni idishlarga solib saqlash tadbirlari muhim ahamiyatga ega.


    1. Sabzavotlarni saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llanilishi

Qishloq xo‘jalik korxonalarida kartoshkani saqlash uchun vaqtinchalik omborlar-Handak va uyumlardan foydalanish mumkin. Bu usulda ba’zi xo‘jaliklarda 60-70 foizgacha urug‘lik kartoshka saqlanadi.
Faol shamollatiladigan omborlarda kartoshka devorli xirmonlarda 3,5-5 m balandlikda saqlanadi, ularda har xil navlar uchun turli rejimlar belgilash mumkin. Qatlamlardagi harorat bir tekis bo‘lishi uchun vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi. Agar ombor yaxshi yopilgan bo‘lsa, terlash bo‘lmaydi. Kartoshka idishlarda-yashik va kontenerlarda joylanib saqlanadi. Bunda harorat +1-+20C atrofida bo‘lishi sababli ko‘rtaklarning jonlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va kartoshka iyunning oxirigacha, ba’zida undan ham uzoq muddatgacha ham saqlash mumkin.
Karam uyumlarda, handaklarda va turli doimiy omborlarda saqlanadi. O‘zbekistonda yaxshi, sifatli saqlanadigan karam navlari yo‘q, shuning uchun bu yerda yetishtirilgan karam navlarini saqlash muddati cheklangan. Erta pishar navlar 3-4 hafta, kechki navlar 2-3 oydan ortiq saqlanmaydi. Uyum va handaklarga faqat sog‘lom, barcha yashil barglariga ega bo‘lgan karam boshlari saqlashga joylanadi. Handakning ostiga karamning to‘kilgan barglarini yozish ma’qul. Ularga karam ildizlari yuqoriga qaratib, shaxmat shaklida joylashtiriladi. Har bir qatorni nam tuproq bilan to‘ldirib
boriladi. Uyum va handaklarning usti 0,3-0,4 metr qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi.
Uyum va handaklarning har biridagi haroratni uyum termometri orqali kundalik nazorat qilib boriladi. Haroratdan nazar har oyda ikki marotaba vaqtinchalik omborlarni 1-2 yeridan ochib, karam boshlari tekshirib boriladi.
Karamni doimiy omborlarda saqlashda ko‘pincha uni tokchalarga ildizini yuqoriga qaratib taxlanadi. Qavatlar qanchalik enli va baland bo‘lsa, karamning saqlanishi shunchalik yomon bo‘ladi. Shuning uchun 1 m eni bo‘lgan tokchalarga bir qator karamni joylab saqlansa u yaxshi natija beradi.
Mahsulot tokchaning yuqori qavatlarida yaxshi saqlanmaydi, chunki u yerda harorat yuqori bo‘ladi. Agar tokchalar eni keng bo‘lsa, uni butun bo‘ylab balandligi 0,6-0,8 m, ya’ni 3-5 qavat karam boshlari taxlanadi.
Ba’zi karam boshlarni ildizlardan bog‘lab, qoziqlarda saqlanadi. Keyingi paytlarda karamni saqlashda yashiklar bilan bir qatorda 0,3-0,7 tonnali kontenerlar ham keng qo‘llanilmoqda. Karam boshlarni saqlash uchun qulay harorat -1-00C, lekin -2 dan kam emas, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz.
Uyumlarda karam urug‘lik maqsadida faqat yaxshi saqlanadigan navlar joylanadi. Karam boshlarni joylashda ildizlar ichkariga qarab joylanadi. Urug‘lik karam boshlarini saqlanayotganda harorat 0 dan 1 gacha, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz bo‘ladi. Oziq-ovqat maqsadida saqlanadigan ildiz mevaliklar uchun yaxshi harorat 0,10 farqi 0,5 dan oshmasligi kerak. Havoning nisbiy namligi 95 foiz atrofida. Sabzini saqlashda CO2 miqdorini ortishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning miqdorini 3-5 foiz bo‘lgan ma’qul, namli qum yoki tuproq bilan aralashtirib ko‘milganda yaxshi saqlanadi.
Sabzi, noziq ildiz mevaliklar-sholg‘om, selderey asosan handaklarda toza nam qum bilan, dag‘al ildiz mevaliklar-lavlagi, tur’lar uyum va handaklarda kartoshka singari saqlanadi. Doimiy omborlarda lavlagi va tur’ni hech narsa bilan aralashtirmasdan tor, 2 m xirmonlarda saqlanadi. Xirmon balandligi lavlagi uchun 1,6-2 m, sholg‘om va tur’ni 0,7-1 m balandlikda, faol shamollatiladigan doimiy omborlarda ularni qatlam balandligi 2,5-3,5 metrgacha etkazish mumkin.
piyoz va sarimsoqni oziq-ovqat maqsadida alohida piyoz saqlash omborlariga tokchalarda, 16- 20 kg yashiklarda taxlab yoki 1,5 m balandlikdagi xirmonlarda saqlanadi. piyoz va sarimsoq ikki usulda-birinchisi issiq usulda harorat +18-200 gacha va sovuq usulda -3-10C gacha saqlanadi, havoning nisbiy namligi 60-70 foiz.
Tarvuzlarni saqlash uchun harorat +30C atrofida, havoning nisbiy namligi 80-90% tavsiya etiladi. Ularni yerga qator, quruq don, hashak va ke’akka joylab 4 oyga yaqin saqlash mumkin.
Qovunlarni to‘la etilganda bandi bilan teriladi. Ba’zida biroz etilmagan mevalarni terib, dalada 10-12 kun davomida so‘litib, yerga yondoshib yotgan joyini oftobga qaratib qo‘yiladi. Saqlash uchun qulay harorat 0-20C havoning nisbiy namligi 90% atrofida. Mevalar tokchalar, yashiklar, yer, quruq qum va qamish yoki chi’talarga bog‘lab ilib qo‘yib saqlanadi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish