Havouzatgichlar (havo quvurlari) germetik bo‘lishi lozim bo‘lib, shamollatish tizimiga havoni bosim bilan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yuborishga mo‘ljallangan. Ular havo quvurlari, havo yo‘nalishini o‘zgartiruvchi troyniklar va burilishlardan tarkil to‘gan. Havouzatkichlarning ichki tomoni havo harakatiga qarshilikni kamaytirish uchun bo‘rtiqlarsiz, g‘adir – budirlarsiz silliq qilib yasaladi. Havouzatgichlarining asosiy tavsifiga maydon qirqimi, shakli va mustahkamligi kiradi. Havo oqimining tezligi belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak, aksincha shovqin hosil bo‘ladi. SHuning uchun havouzatgichlar o‘lchami shamollatish tizimidagi havo almashinishning hisobiy qiymati va maksimal havo oqimi tezligidan kelib chiqib tanlanadi.
SHamollatish tizimi orqali yuborilayotgan havo binoga havo taqsimlagichlar orqali tushadi. Havo taqsimlagich sifatida panjaralar yoki diffuzorlar qo‘llaniladi. Ushbu moslama bino ichi bo‘ylab havoni bir me’yorda tarqatish, hamda tarqatilayotgan havo oqimini rostlash uchun xizmat qiladi.
SHamollatish tizimini oddiy boshqarishda ventilyatorni ishga tushirish va to‘xtatishda oddiy elektrajratgichdanfoydalaniladi. Ko‘pincha shamollatish tizimida avtomatika elementlari mavjud bo‘lgan boshqarish tizimidan foydalaniladi. Bunda avtomatik elementlar havo oqimi haroratining pasayishida kaloriferlarni qo‘shish, havo kla’anini boshqarish, filtr tozaligini kuzatish va shunga o‘xshash vazifalarni avtomatik tarzda bajaradi. SHamollatish tizimida boshqarish tizimi elementlari sifatida termostatlar, gigrostatlar, manometrlar va boshqa asboblar foydalaniladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashda qo‘llaniladigan faol shamollatish qurilmalari mahsulotni talab etilgan harorat va namlikda saqlashni ta’minlash uchun belgilangan. Qo‘’incha faol shamollatish mahsulotni sovutish va namligini tushirish uchun qo‘llaniladi. Faol shamollatishga maqsadga muvofiq bo‘lganda (masalan saqlash rejimlari buzilganda) qo‘llaniladi. Bunda shamollatish uchun zarur bo‘lgan havo hajmini va shamollatish jarayoni davomiyligini to‘g‘ri tanlay olish zarurdir. Nihoyat faol shamollatishdan so‘ng mahsulotni buzilishlarsiz va yo‘qotishlarsiz qancha uzoq saqlashni bilish zarurdir.
18 – rasm. Faol shamollatish tizimi sxemasi:
1 — havo kla’ani; 2 — bino ichidan havoni chiqarib yuborish kla’ani; 3 — aralashtirish kamerasi; 4
— havo taqsimlash quvuri; 5 — kondensator; 6 — bug‘latgich; 7 — namlash panellari. Mahsulotni shamollatishda foydalaniladigan havo namligini aniqlashda turli asbob –
uskunalardan foydalaniladi. Eng ko‘p foydalaniladigan asboblarga Avgust va Asman ‘sixometri, hamda gigrometrlar, gigrograflar misol bo‘la oladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarida ‘sixometrlardan keng foydalaniladi.
Nazorat savollari
Avtomobil va vagonlarni bo‘shatish moslamasi sxemasi va ishlashini tushuntiring.
Qayday yuk ko‘tarish uskunalarini bilasiz?
Qayday Konveyerlar mavjud? Ular qanday ishlaydi?
Noriyalar qanday ishni bajarish uchun mo‘ljallangan? Ular qanday ishlaydi?
pnevmatik yuk tashuvchi qurilmalar sxemasi va ishlashini tushuntiring.
Qanday shamollatish tizimlarini bilasiz? SHamollatish tizimida foydalaniladigan uskunalar to‘g‘risida ma’lumot bering.
Faol shamollatish qurilmasi qanday tuzilgan? Ular nima maqsadda qo‘llaniladi?
SHamollatish rejimlari qanday boshqariladi?
8 – ma’ruza: Sovuq zanjir tizimi va uning mohiyati