Shamollatishdeb— bino va ish joylarida belgilangan havo muhiti holatini ta’minlash maqsadida havo almashinuvini tashkil etishda foydalaniladigan uskunalar va tadbirlar majmuiga aytiladi.
Shamollatish tizimi deb — bino va ish joylarida zarur bo‘lgan havo almashinuvini ta’minlay oladigan arxitekturaviy, konstruktiv va maxsus muhandislik kompleksiga aytiladi.
–havoning almashinuv usuliga ko‘ra shamollatish tizimi — tabiiy yoki majburiy (sun’iy) bo‘ladi;.
konstruktsiyasigako‘ra— yig‘ma yoki yaxlit blokli.
Shamollatishtarmog‘i— belgilangan funktsional vazifani bajaruvchi (havo beruvchi, so‘ruvchi va h.k.) muhandislik konstruktsiyasi hisoblanib, o‘zida shamollatishtizimielementini nomoyon etadi.
SHamollatish tizimlari
Shamollatish texnologiyasi texnologik jarayonlar talabiga ko‘ra bino va inshootda havoning tarkibi, harorati, namligi va almashinishini ta’minlaydi. Bu talablar ayniqsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash inshootlarida muhimdir.
Bino va mahsulotlarni shamollatishda tabiiy va sun’iy shamollatish tizimlaridan foydalanamiz. Tabiiy shamollatishda havo almashinishi bino ichi va tashqarisidagi havo bosimining farqi, harorati, hamda shamol hisobida amalga oshadi. Majburiy shamollatish (oqimli, oqimli – tortuvchi, tortuvchi) ventilyator va boshqa texnik vositalar yordamida amalga oshirilib, bino ichida havoni ma’lum bir masofaga yetkazib berish bilan birgalikda, zarur bo‘lganda uni tozalash, sovutish yoki qizdirishi mumkin.
Tabiiy shamollatish tashkil etilmagan yoki tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Tashkil etilmagan tabiiy shamollatishda (infilg‘tratsiyada) havo almashinish boshqarilmaydi. Havoning almashinishi bino ichidagi va tashqarisidagi havo haroratining farqiga, shamolning tezligiga, shamol qiradigan tuynuklarning o‘lchamiga va binoning qanday materialdan qurilganligiga bog‘liq. Tashkil etilgan tabiiy shamollatishda (aeratsiyada) binoda havo almashinishi havo tortuvchi quvurlar va nasadkalar, ‘iramon tavaqasi va havo havo aylanuvchi kanallar yordamida havo oqimini boshqarish orqali amalga oshiriladi.
Majburiy shamollatish bir necha asosiy elementlardan tashkil to‘adi (oqimli shamollatish tizimi misolida).
Havo kiruvchipanjara – u orqali tashqi havo oqimli shamollatish tizimiga kelib tushadi. Bir vaqtning o‘zida panjara shamollatish tizimiga yomg‘ir va qorni, hamda begona narsalarni tushib qolishidan saqlaydi.
Havo klapani – shamollatish tizimi o‘chirilganda tashqi havoning bino ichiga kirishidan himoya qiladi. Tizimga havo kla’ani o‘rnatilmasa qish mavsumida binoga sovuq havo nazoratsiz kirishi mumkin. Odatda oqimli shamollatish tizimida elektr yuritmali havo kla’anlari o‘rnatiladi. Bunday moslama tizimni boshqarishni to‘liq avtomatlashtirish imkonini beradi: tizim ishga tushganda kla’an ochiladi, o‘chirilgan esa yo‘iladi.
Filtr– nafaqat shamollatish tizimi, balki shamollatish hududini ham chang, tuklar, zararkunandalardan himoya qiladi.
Kalorifer (havoni qizdirish moslamasi) – qish mavsumida tashqaridan kiritiladigan sovuq havoni zarur bo‘lganda qizdirish uchun qo‘llaniladi. Sovuq havoni isitish uchun shamollatish tizimida reku’erator qurilmasidan foydalaniladi. Reku’erator qurilmasining ishlash printsipi quyidagicha: kiritilayotgan sovuq havo bino ichidan chiqarilib yuborilayotgan issiq havo bilan issiqlik almashuvi natijasida isiydi, lekin havo oqimlari bir biri bilan aralashmaydi.
Shovqin so‘ndirgich – shamollatish tizimi quvurlarida shovqinning tarqalishini bartaraf etadi. Ventilyatorning ishlash paytida sodir bo‘ladigan shovqinning asosiy manbai – aerodinamik (ventilyator ‘arragida hosil bo‘ladigan havo girdoblari) shovqinlar hisoblanadi.
Ventilyator – binoga toza havo uzatish va shamollatish tizimida zarur bo‘lgan havo oqimi bosimini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ishlash printsipi va tuzilishiga ko‘ra ventilyatorlar o‘qqa oid, radial (markazdan qochma) (16 – rasm) va diametral bo‘ladi.
O‘qliventilyatorlartsilindrsimon kojux ichiga to‘rtta konsolli parraklarni elektrodvigatel o‘qiga biriktirib joylashtirilgan holda yasaladi. parraklarning aylanishi natijasida havo o‘q yo‘nalishi bo‘ylab harakatga keladi. SHu bilan birgalikda havo radial yo‘nalik bo‘yicha umuman harakatlanmaydi. Ventilyatorning havo qirish joyida kollektor (havo oqimini to‘g‘ri yo‘naltiruvchi apparat) o‘rnatiladi. Kollektor ventilyatorning aerodinamik tavsiflarini ancha yaxshilaydi.
O‘qli ventilyatorlar radial va diametral ventilyatorlarga nisbatan o‘zining yuqori FIK (foydali ish koeffitsienti) bilan tavsiflanadi. Havo sarfi va bosimi parraklarni burish orqali rostlanadi. Bunday ventilyatorlar odatda kichik aerodinamik qarshiliklarga ega bo‘lgan shamollatish tizimlariga katta hajmdagi havo oqimini yo‘naltirish da foydalaniladi.
16 – rasm. Ventilyatorlar:
a — o‘qqa odid: 1 — parraklar; 2 — elektrodvigatel; b — radial: 1 — stanina; 2 — kojux; 3 — havo so‘ruvchi tirqish; 4 — havoni haydash tirqishi; 5 — uzatmali shkiv.
Radial(markazdanqochma)ventilyatorlarkonstruktsiyasi s’iralli kojux ichiga parraklar o‘rnatilgan holda yasalgan bo‘lib, parraklarning aylanishi natijasida parraklar orasiga tushigan havo radial yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi va siqiladi. Siqilgan havo markazdan qochma kuch ta’sirida s’iralsimon kojuxga qarab uloqtiriladi va so‘ngra havoni haydash tirqishiga yo‘naltiradi.
Radial ventilyatorning parraklari uskunaning asosiy elementi hisoblanib u ichi bo‘sh tsilindr ko‘rinishida bo‘lib, tsilindrning butun yon sirti bo‘ylar bir xil masofada tunuka kuraklar joylashtirilgan bo‘ladi. Kuraklar doira bo‘ylab tashqi va ichki disklar yordamida biriktirilgan bo‘lib, markazida parrak g‘ildiragini valga joylashtirish uchun stu’itsa mavjud. Ventilyatorni qo‘llanilish sohasidan kelib chiqib parrak g‘ildiragining kuraklari oldinga yoki orqaga bukilgan qilib tayyorlanadi. parraklar soni ventilyator turi va vazifasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
Kuraklari orqaga bukilgan radial ventilyatorlardan foydalanish elektroenerniya sarfini 20% ga iqtisod qilish imkonini bo‘radi, bundan tashqari ular havo sarfi bo‘yicha ortiqcha yuklanishni oson o‘tkazadi.
Diametralventilyatorlarkuraklari oldinga bukilgan barabanli ko‘rinishdagi parrakli g‘ildirakdan va korpusdan tashkil to‘gan bo‘lib, havoni kirish joyida ‘atrubka va chiqishida esa
diffuzor o‘rnatiladi. Diametral ventilyatorlarning ishlash printsipi havo oqimini parrakli g‘ildirakdan ikki karrali ko‘ndalang o‘tishiga asoslangan.
Diametral ventilyatorlar boshqa turdagi ventilyatorlarga nisbatan o‘zining yuqori aerodinamik ‘arametrlari bilan tavsiflanadi, ayniqsa bunday ventilyatorlar keng qamrovli tekis bir meyorli havo oqimi hosil qiladi; keng chegaralarda havo oqimini burish imkonini beruvchi tuzilishga ega; ixcham bo‘lib uni joylashtirishda kam joyni egallaydi.
Bunday ventilyatorlarning FIKi 0,7 gacha bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlari tufayli diametral ventilyatorlar turli shamollatish va sun’iy iqlim hosil qilish qurilmalarida keng foydalaniladi.
Bundan tashqari hozirgi kunda shamollatish tizimlarida maxsus korpusda ventilyator va elekrodvigatel birgalikga o‘rnatilgan ventilyatorli qurilmalardan ham foylalanilmoqda (17 – rasm).