Darsning maqsadi: Chorva fermer xo‘jaliklarida yigpishtirib olingan sut va sut mahsulotlarni omborxonalarda sovutib saqlash usullari, saqlashda qo‘llaniladigan idishlar va jihozlari bilan tanishish
Sutni sovitish. Bu tadbir qancha tez amalga oshirilsa, sut sifati shuncha yuqori bo'ladi, ya'ni sut sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi bakteriya va mikroblar shuncha tez kuchsizlantiriladi va ularning rivojlanishi, ko‘payib ketishi cheklanib qo'yiladi. Shuningdek, sut qancha past harorat darajasida sovitilsa, uning sifati shuncha uzoq vaqtgacha buzilmaydi. Bu borada turli xil mexanizm va apparatlardan foydalaniladi.
Sut yetishtiriladigan yirik xo'jaliklarda va komplekslarda sutni tozalash va sovitish ishlari sog'ish jarayonining o'zida amalga oshiriladi. Bunda sog'ish apparatlaridan sut moloko‘rovod orqali maxsus sut sexiga yuboriladi. Unda u tozalanadi, sovitiladi va maxsus idish (tank)ga to'‘lanadi. Sut sexida sut 5-8°C sovitiladi va jo'natishga qadar harorati 8°Cdan oshirilmaydi. Bu esa sutni 24 soat ichida o'zining dastlabki me'yor darajadagi xususiyatlarini saqlash imkonini beradi va ko‘pi bilan 10°C da sut zavodlariga to‘shiriladi.
Ma'lumki, sog'ib olingan sut hayvon tana haroratiga yaqin, ya'ni 35-37°C atrofida bo'ladi. Binobarin, unda turli xildagi mikrob va bakteriyalar tezda ko‘payib ketmasligi uchun qisqa vaqt ichida 10°C va undan ham past haroratda sovitish tadbirlari olib borilishi talab etiladi.
Kuzatishlardan ma'lumki, yoz oylari sut 24°C gacha, qishda esa 8°C atrofida bo'lishi maqbul hisoblanadi. Shuningdek, agar 1 ml sut tarkibida dastavval 200-300 ming bakteriya bo'lgani holda 4°C gacha sovitilsa, uning tarkibidagi bakteriyalar miqdori 36-44 soat o'tgach ikki martaga ortishi mumkin. Agar 8°C sovitilsa, 10-12 soat ichida bakteriyalar ikki martaga ortishi aniqlangan. Binobarin, sutni qancha uzoq muddat saqlanishi lozim bo'lsa, u shuncha past haroratda bo'lishi talab etiladi.A.I.Ivashura (1989) ma'lumotiga ko'ra, sut quyidagi tartibda bo'lishi maqbul hisoblanadi.
Saqlash muddati (soat) 6-12
12-18
18-20
Harorati (°C)
10-8
8 - 6
Sutchilik sanoat tashkilotlari va sanitariya e’idemiologik organlari roziligi bilan veterinariya nazoratida sog'ib olingan sut 1 soat ichida sovitilmagan holda, pishloq tayyorlash zavodlariga esa 2 soat davomida to‘shirish mumkin. Chunki, bu vaqt ichida sut tarkibi buzilmaydi. Lekin, sut to‘shiruvchi xo'jaliklar o'z mahsulotini yuqori darajada sanitarlik sifatida bo'lishiga kafolat berishlari talab etiladi.
Sigirlar mashina yordamida sog'ilganida, sog'ilgan sut bir vaqtning o'zida sut yo'nalgichlar (molokoprovod)da sovitiladi. Agar sigirlar ko'chma sog'ish ‘aqirlarida sog'ilsa, sog'ishni boshlagan vaqtdan sovitishgacha bo'lgan vaqt 16-20 minutdan oshmasligi lozim.
Bolalar bog'chalari yoki shu kabi boshqa muassasalar yangi sog'ilgan sut bilan 12 soat davomida, sovitilgan holda ta'minlanishi talab etiladi va uning sifati davlat standard (COST-13264-79) talabi asosida bo'lishi lozim.
Bunda sovuqlik manbayi hisobida sovuq haroratli oqar suvlar, muz va maxsus muzlatish yoki sovitish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Muz sutni 3-4°C .gacha sovitsa, suv 5-6° gacha sovitadi. Xo'jaliklarda ko‘pincha sut sovitish ishlari muz solingan suvli hovuzlarda olib boriladi. Buning uchun flyagalarga solingan sut shu hovuz (basseyn)larga solib qo'yiladi. Bunda flyagalarning qo‘qog'i
ochib qo'yilsa, sut tez va yaxshi soviydi. Shuningdck, har bir flyagadagi sut har 20—30 minutda biror jism (yog'och, mutovka) bilan aralashtirilib turiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, 1 tonna sutni sovitish uchun o'rtacha 1,2 m3 muz va 3-5 tonna suv bo'lishi talab etiladi. Lekin bu usul bizning Respublikamiz sharoitiga ko‘pincha to'g'ri kelmaydi. Chunki, bizning iqlim sharoitimiz, suvga bo'lgan ehtiyoj va muz tayyorlash korxonalarining yetarli bo'lmasligi, ayniqsa, viloyat tumanlari sharoitlarida bunday tadbirlarni amalga oshirish amrimahol hisoblanadi. Binobarin, bizning sharoitimizda sut flyagalarga solingach, sovuq oqar suvlarda sovitilishi yaxshi natijalar bergani holda birmuncha maqbul hisoblanadi.
So'nggi yillarda ko‘plab sut yetishtirish komplekslarda va yirik fermalarda sutni sovitish ishlari suvni istalgan darajada sovitib beradigan MXU-8S markali sovitish agregatidan, shuningdek, UV-
10 va AV-30 markali suv sovitgich qurilmalaridan va MVT-14 hamda MVT-20 markali sovitgich (XOLODILG‘DIK) mashinalaridan foydalanilmoqda. Bulardan tashqari, OM-1A markali sut tozalovchi va sovituvchi ko‘p maqsadli (universal) agregatlar sanoatimiz tomonidan chiqarilmoqda.
Bunda sovitilgan sut tez, qisqa vaqt ichida sut zavodlariga va sut mahsulotlari tayyorlovchi tashkilotlarga jo'natilishi maqsadga muvotlq hisoblanadi. Lekin yirik sutchilik ferma va komplekslarda sutni sovitish va saqlash ishlari maxsus sovitgich - rezervuarlarda olib boriladi va bu tadbir ko‘p jihatdan qulay hisoblanadi. Chunki, bunda saqlanadigan sut harorati o'rtacha 4-6°C atrofida bo'lishi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |