O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Meva va sabzavotlarni sqlashdagi fizikaviy o‘zgarishlar



Download 11,87 Mb.
bet147/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Meva va sabzavotlarni sqlashdagi fizikaviy o‘zgarishlar. Meva va sabzavotlarning fizikaviy xususiyatlariga ularning suv bug‘latishi, terlashi, mexanik pishiqligi, to‘kiluvchanligi, o‘z-o‘zidan navlarga ajralishi, g‘ovakliligi kiradi.
Saqlash jarayonida mahsulotlar suvni ko‘p miqdorda bug‘latadi, terlaydi va natijada so‘lib qoladi. Havoning harorati baland, namligi past bo‘lib uning ombordagi harakati tez bo‘lsa, bug‘lanish tezligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Mayda mevalar, yirik mevalarga nisbatan suvni tez yo‘qotadi.
Meva-sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy usulda, sovutgichlarda va tabiiy usulda ventilyasiya-tashqi havo yordamida muzlatiladi. Meva-sabzavotlarning muzlatishi 0, 5dan 3C gacha belgilanadi. Omborlardagi havoning harorati, namligi meva va sabzavotlarni saqlashda ularning issiqlik ajratib chiqarish tezligiga bog‘liq.
Havoning harorati baland, namligi past bo‘lib, uning ombordagi harakati tez bo‘lsa, bug‘lanish tezligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Mayda mevalar yirik mevalarga nisbatan suvni tez yo‘qotadilar. Agar mevalarni terishdan oldin sug‘orilsa, terilgan mevalar sersuv bo‘lib, saqlash davrining boshida tarkibidagi suvni tez bug‘latib so‘lib qoladilar. Masalan, nokda suvni ko‘p qismi xujayra oralig‘ida joylashgan bo‘lib, shu sababli u suvni tez bug‘latadi. Mevalar bug‘lanishni saqlanishni birinchi dastlabki kunlarida juda tez bug‘latadilar, so‘ngra bug‘lanish kamaya boradi. Meva-sabzavotlar to‘kma holatida qalin qilib va ustidan havo o‘tish uchun ochiq joy qoldirmay joylashganda ular terlay boshlaydi.
Uyum o‘rtasidagi harorat, odatda ombor haroratidan yuqori bo‘ladi. SHu sababli yuqori qavatdagi yoki yon tomondagi mevalar terlaydi, tez buziladilar va mikroorganizmlar uchun qulay sharoit tug‘diradilar.
Meva-sabzavotlarni tez sovutilsa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi va biokimyoviy jarayonlari sekinlashadi. Meva-sabzavotlarni muzlash harorati 0, 5 dan 30 S gacha yuz beradi.
Ko‘pincha qattiq muzlatish natijasida xujayralarning suvsizlanib qolishi natijasida mevalar nobud bo‘ladi. Mexanik shikastlangan mevalar, ularni saqlashda ularning nobud bo‘lishini kuchaytiradi. Meva va sabzavotlarning issiqlik va harorat o‘tqazuvchanligi yomon bo‘lganligi uchun omborlarda o‘z-o‘zidan qizish jarayoni paydo bo‘ladi va natijada saqlanayotgan mahsulotning bir qismi yo‘qotilishiga olib keladi. Omborlardagi havoning harorati, namligi meva sabzavotlarini saqlashda ularning issiqlik ajratib chiqarish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Meva va sabzavotlarning tarkibida suv ko‘p bo‘lganligi sababli ularni issiqlik sig‘imi baland bo‘ladi. Masalan, pomidor tarkibida 86 % suv bo‘lsa, uning issiqlik sig‘imi 860 kkal/t0 Cga teng bo‘ladi. Meva va sabzavotlarni issiqlik sig‘imi va undan ajralib chiqqan issiqlik miqdorini, bilgan holda omborlardagi mahsulotning harorati qancha oshganligini bilish mumkin bo‘ladi. Meva va sabzavotlar haroratining oshishini aniqlash yordamida, qaysi vaqtda shamollatish zarurligini bilishimiz mumkin bo‘ladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish