Kombinasiyalashtirilgan o‘rash, joylash materiallari-suv bug‘lari o‘tmaydigan moddalar - lak, ‘arafin, bitum va mum bilan ishlangan materiallardir. Materiallarni bu moddalar bilan ishlash qog‘oz, karton, yu’qa metall plyonkalaridan keng foydalanishga imkon beradi. Bu moddalar metallni zanglamaydigan, qog‘ozni ivimaydigan qiladi. O‘rash, joylash materiallariga lak berishda ko‘pincha polivinilatsetat va saran eritmalaridan foydaniladi. Qog‘oz va kartonni nam o‘tmaydigan qilish uchun ularning bir yoki ikki tomoniga ‘arafin yoki mum surkaladi. Bitum bilan ishlangan qog‘ozga mahsulot bevosita 3-4 marta oshadi tegmaydigan qilib o‘raladi. Bu qog‘ozdan nam o‘tmaydi. ‘arafin bilan ishlangan qog‘oz turli konditer mahsulotlarini o‘rashda keng qo‘llaniladi. ‘arafin surkalgan qog‘oz ma'lum darajada nam o‘tkazmaydi, ammo qog‘oz mo‘rtlashib sinadigan bo‘lib qoladi. Ba'zi
paytlarda ‘arafin o‘rniga ‘arafinning polizobutilen va boshqa moddalar bilan qotishmasi ishlatiladi. Natijada ‘arafinga qaraganda elastik gu’ka hosil bo‘ladi va u qog‘oz hamda metalldan ishlangan o‘rash, joylash materiallari sifatini yaxshilaydi. ‘arafin’olimer aralashmasi bilan ishlangan haltalarga solingan non va kalbasa mahsulotlari tezda qurimaydi. Nam o‘tmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan ba'zi aralashmalar masalan ‘arafin, ‘etroleum va polizobutilen qotishmasini bevosita mahsulotga (masalan pishloqqa) surkab, uning atrofida ancha plyonkalar hosil qilsa bo‘ladi.
Yashik va boshqa idishlar meva va sabzavotlarni tashish, ularni ixcham qilib joylagan holda saqlash, mahsulotni tashqi muhit ta’siridan va mexanik shikastlanishlardan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Idishlarga joylangan mevalar bir-biridan ajralgan bo‘ladi. Bu mahsulotni aloxida kuzatib borishga mevalarning buzulishdan oldini olish choralarini qurishga imkon beradi.
Har qanday mevaning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lganidek, idishlar ham xilma xil bo‘lishi kerak. Meva va uzumlarni joylashda turli o‘lchamli yashiklardan foydalaniladi. (1 jadval). Uzum va noklarni galvirga joylab, ramalar orasiga olib, arqon bilan chirmab boylash tartibi qilinadi. Xozir yashiklar xilini minimumgacha kamaytirish vaznini yengillashtirish, shaklini o‘zgartirib oqilona foydalanish, yashik uchun yaxshi material hamda ularni tejab-tergab sarflash ustida ish olib borilmoqda.
Meva tuldirilgan yashiklarning og‘irligi qulda tashish uchun belgilangan meyordan oshib ketmasligi kerak. Bunda qutilarning kattaligi ortish va bushatish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga imkon beradigan darajada bo‘lishi kerakligicha ham e’tibor berish kerak. Qutilar yog‘ochdan yasaladi. Yog‘ochlar tig‘iz, qattiq, egiluvchan, zaralanmagan, ya’ni qurt yemagan va ayni vaqtda yengil bo‘lishi lozim. Uning o‘ziga hos xidi bo‘lmasligi kerak, chunki meva va uzum har qanday xidni o‘ziga tez singdirib oladi.
Yashiklar ma’lum ti’ va kattalikdagi, bo‘yi, eni va qalinligi har xil bo‘lgan taxtachalar hamda tasmalarni bir-biriga biriktirib yasaladi. Ularning bo‘yi qanchalik uzun va ularga joylanadigan mevalarning vazni qanchalik og‘ir bo‘lsa, devori shunchalik qalin taxtadan yasalishi kerak. Agar sernam taxtadan yasaladigan bo‘lsa, 25% yu’qaroq bo‘lishi kerak. Devorining qalinligi, shuningdek yog‘ochi foydalaniladigan daraxt turlariga ham bog‘liq. Yashiklarning turi va hajmi meva va sabzavotlarning turi, navi, tovar sorti yetilish darajasi ishlatilishi maqsadi, tashiladigan joyning masofasiga qarab tanlanadi. Noziq mevalar kichikroq qutilarga extiyojlik bilan joylanadi.
Meva va sabzavotlarni saqlash va tashishi uchun mo‘ljallangan yashiklar harakteristikasi.
Yashik- lar
nomeri
|
Sig‘imi
, kg
|
O‘lchamlari, mm
|
Hajmi, l
|
Yashikga joylanadigan mahsulot
|
uzun-
ligi
|
Eni
|
baland-
ligi
|
1
|
15
|
475
|
285
|
126
|
17,1
|
uzum, ko‘katlar, pomidor,
danakli mevalar
|
2
|
25
|
570
|
380
|
152
|
32,9
|
olma, nok, xurmo, sitrus
mevalar
|
3
|
35
|
570
|
380
|
266
|
57,6
|
olma, bodring, baqlajon,
piyoz, qovun
|
4
|
35
|
570
|
380
|
380
|
82,3
|
karam
|
5
|
15
|
570
|
380
|
84
|
18,0
|
uzum, pomidor, ko‘katlar,
danakli mevalar
|
6
|
10
|
475
|
285
|
56
|
7,4
|
danakli va rezavor mevalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |