O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet142/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

polietilen materiallari asosan o‘rash, joylash materiallari sifatida qo‘llaniladi. Bu materiallar yuqori hamda past bosimlarda ishlab chiqariladi. Shu bilan birga yuqori bosimda ishlangan polietilenlar mayin bo‘ladi, ammo qizdirilganda 80°C dan yuqori haroratga chidamaydi. past bosimda tayyorlangan polietilen esa qattiqroq bo‘ladi, 130-180°C haroratda yumshaydi. polietilen plyonkalar issiq dazmol bosganda osongina bir-biriga yopishadi, oz nam o‘tkazadi, pishiq va elastik bo‘ladi, ammo korbonat kislotasi bilan havoni o‘tkazadi. Non, meva, sabzavot, yog‘sizroq baliq mahsulotlarini o‘rash uchun ishlatiladi. Yuqori bosim polietilenidan kolbasaga po‘st ham tayyorlanadi. Yog‘, moy va yog‘li mahsulotlarni o‘rash uchun polietilen plyonkalari yaramaydi, chunki unga yog‘ singadi, so‘ngra havodagi kislorod bilan oksidlanib tahir bo‘lib qoladi. Mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ham polietilen yaramaydi. Ko‘pincha polietilen plyonkalar mahsulotlarga yoqimsiz hid beradi. Turli shishalar, tublar va flakonlar yasashda polietilen keng qo‘llanilmoqda.

propilen-tiniq bir plyonka bo‘lib, pishiqligi, gaz va suv o‘tkazmasligi jihatdan polietilendan yuqori turadi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash uchun yaxshi o‘rash materiali sifatida ishlatiladi. propilenning yaxshi tomonlari shundan iboratki, u elastik, sovuqqa chidamli (60 gacha chidaydi), yetarli darajada pishiq bo‘ladi, 120-160°C gacha qizitilganda ham buzilmaydi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlarini sterilizasiya etishga imkon beradi. Konserva bankalari yasashda metall o‘rniga ishlatiladi. poli’ro‘ilendan yasalgan haltalarda bevosita mahsulotni qaynatish va qizdirish mumkin.

polivinxlorid-shohsimon polimer materiallaring eng arzoni bo‘lib, ovqat mahsulotlarini qurishidan va nam tortishidan saqlaydi. Bu material mo‘zlatilgan mahsulotlar, turli ichimliklar va ziravor qo‘shib sirkalangan sabzavotni o‘rash uchun ishlatiladi.
poliefirlar asosida ishlangan plyonkalar oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa go‘sht mahsulotlari o‘rash uchun ishlatishda diqqatga sazovordir. Bu poliefirlar ikki atomga ega s’irtli va ikki asosli kislotalarni kondensatsiya etish natijasida hosil bo‘ladi. Bu plyonkalar lavsan nomi bilan yuritiladi va chet elda keng qo‘llaniladi. poliefir plyonkalari boshqa plyonkalarga qaraganda ancha pishiq, tashqi zarbalarga chidamli, himiyaviy jihatdan turg‘un, shuningdek, bakteriya va ‘u’anakka nisbatan ham chidamli bo‘ladi. Lavsan tarkibi buzilmagan holda 150°C gacha qizdirilganda ham issiqqa chidaydi, demak, unga o‘ralgan mahsulotni sterilizasiya etish mumkin bo‘ladi. Fiziologik jihatdan lavsan plyonkalari zararsiz, xushbo‘y hidlarni o‘tkazmaydigan bo‘ladi, suv bug‘lari va gazni esa juda oz miqdorda o‘tkaziladi. AQSH da lavsanni polietilen va qog‘oz bilan aralashtirib bo‘tqa tayyorlanadi, undan sut olish uchun shishalar yasaladi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish