O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet13/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

5.5. Xom ashyo hisobi. Xom ashyo hisobida kuyidagilar aniqlanadi:

  • xom ashyoni zavodga olib kelish grafigi;

  • liniya, sex yoki zavodning ishlash grafigi;

  • liniya, sex yoki zavodning dasturi:har oyda ishlab chiqariladigan mahsulotning turi va miqdori, umumiy yillik dasturi;

  • 1 m sh b (yoki 1t) tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materialning sarflash normasi;

  • 1 soatda, smenada va yillik xom ashyo matariallarda bo‘lgan ixtiyoj;

har bir texnologik o‘eratsiyaga bir soat ichida kelib tushadigan xom ashyo yoki yarim-fabrikat miqdori; ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha kerak bo‘lgan mashina va apparatlar soni aniqlanadi.
4.1. Xom ashyo zavodga olib kelish grafigi
Ushbu grafik texnik-iqtisodiy asoslashdagi materiallarning asosida tuziladi.
Grafikda har bir xom ashyo turining kelib tushish vakti, qayta ishlashning boshlanishi va tamom bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Birinchi, navbatda mavsumdagi asosiy, xom ashyo (meva va sabzavotlar),
keyin kolgan xom ashyo va yarimfabrikatlar (go‘sht, balik, tomat-pasta, mevali sharbatlar, muzlatilgan sabzavotlar va boshqalar) ni kelib tushish vakti ko‘rsatiladi. Zavodlarni xom ashyo bilan tulik ta’minlash uchun har xil muddatda pishadigan xom ashyoni qayta ishlashga muljallangan bo‘lishi kerak.
    1. Liniya, sex yoki zavodning ishlash grafigi

Ushbu grafik bo‘yicha bir sutka, bir yil va har oyda smenalar soni har bir konservalar turi uchun aniqlanadi. Zavod bo‘yicha ish grafigi xom ashyo kelib tushish grafigi bo‘yicha tuziladi.
Grafik iloji boricha bir xil bo‘lishi kerak. Sutkada smenalar soni quyidagilarga asoslanib aniqlanadi.
Mavsumda kelib tushadigan xom ashyoni qayta ishlash uchun uch smenali ish rejalashtiriladi. Tomat-0, tomat- pyure, tomat va mevali sharbatlar, mevali sharbatlar (yarimfabrikatlar), mevali pyure, kuk no‘xat, gazakbo‘ konservalarni ishlab chiqarish uchun 3 smenali (uzluksiz) ish rejimi rejalashtiriladi. Mavsumning boshida va oxirida ( 5-10 kun). xom ashyo kam miqdorda kelib tushganda bu liniyalar 1-2 smenada ishlaydi.
Uzok vakt saqlanadigan xom ashyo (ildiz mevalar), mehnatni ko‘p talab kiladigan konservalar (murrabo, kompot, marinad) ni 2 smenada ishlab chiqariladi. Xom ashyo yil davomida olib kelinsa, sex 1 yoki 2 smenada ishlaydi. Masalan, kish mavsumida tomat-pastani, mevali sharbatlarni mayda idishlarga kadoklash.
Saqlash muddati 36 s. gacha bo‘lgan meva va sabzavotlarni qayta ishlash uchun oydagi ish kunlar soni 25, smena davomiyligi 7 s; kolgan xom ashyo va yarim fabrikatlar uchun bu ko‘rsatkichlar 20 kun va 8 soatni tashkil etadi.
5. Elevatorning printsipial va ishchi sxemasi
Don bilan bog‘liq asosiy jarayonlarni amalga oshirish uchun barcha don omborxonalari maxsus ko‘rilmalar bilan ta’minlangan. Omborxonalarda bu jarayonlar aloxida boskichlarda bajariladi. Elevatorlarda bu jarayon bir-ikki boskichda bajarilishi zarur bo‘lib, bunda donning sochiluvchanligidan unumli foydalaniladi.
Elevatorlar binolari katta bo‘lganligi sababli statsionar mexanizmli omborxonalardan ixchamrok. Don omborxonalarida 1 t sig‘imiga 2,5—3 m3, elevatorlarda 1,5...1,7 m3 xona to‘g‘ri keladi. Elevatorlarda donning devorga beradigan bosimi ko‘p. Bu silos konstruktsiyalarining mustaxkamlik darajalarini hisoblashda ma’lum talablar kuyadi. Elevatorning boshqa sanoat inshootlaridan farqi — qurilish konstruktsiyalari, transport va texnologik jihozlar orasidagi uzviy bog‘liqlikning mavjudligi hisoblanadi. Transport jihozlarining tu’lami — jihozlarning ulchami, soni va sig‘imiga, qurilish materialiga va maydonda joylashish sxemasiga bog‘liq. Shuning uchun elevator loyihasini tuzishda turli soxa vakillari (muhandislar, ko‘ruvchilar, mexaniklar, texnologlar, elektriklar, iqtisodchilar) hamkorlikda ish yuritadilar. Ana shunda uz vazifasiga tulik javob beradigan elevator yaratish mumkin.
Turli ishlarni amalga oshirishga muljallangan elevatorlar yildan-yilga rivojlanib, takomillashtirilib, yangi bino va inshootlar ko‘rilib borilmokda. Elevatorlarning har bir turi uchun bu bino va inshootlarning tuzilishi, jihozlari ularning vazifasi va ish sharoitiga qarab uzgarishi mumkin.
Zamonaviy elevator loyihalash, qurilish va foydalanishning kariyib yuz yillik tajribasi asosida yaratilgan. Xozirgi kunda elevator tarmogining rivojlanishi amaliyotida vazifasi, ish tavsifi, jihozlari va qurilish konstruktsiyasiga qarab mukammal don omborxonalari yaratilgan.
Umuman, donga tulik texnologik ishlov berish va uni saqlash ishlarini bajarishga muljallangan barcha yuklash-bushatish ishlarining tulik mexanizattsiyalashtirilgan don omborxonasi kuyidagi asosiy ko‘rilma va inshootlarning kompleks tu’lamidan iborat bo‘lishi zarur:

  • texnologik va transport jihozlariga ega bo‘lgan ishchi bino;

  • transport va boshqa jihozlarga ega bo‘lgan silos korpusi;

  • avtomobil, vagon va kemalardan donni qabul qilish ko‘rilmasi;

  • donni turli transport va donni qayta ishlash korxonalariga junatuvchi

ko‘rilma;

  • chiqindilar sexi;

  • as’irattsiyalash va chiqindilarni ajratish tizimi;

Agar aytib utilgan ko‘rilma va inshootlar uzaro boglangan va texnologik transport jarayonlarini bajarishda bir-birini tuldirsa, elevator yagona ishlab chiqarish kompleksi sifatida ishlaydi. Har bir jarayon uchun donning silos, bunker va jihozlar orkali kuchishi ma’lum ketma- ketlikda olib boriladi . Bu elevatorning printsipial sxemasiga mos keladi (1-rasm).


1-rasm. Elevatorda donning harakatlanish sxemasi.
a—donni bir ‘ogonali ko‘tarish; b—donni ko‘p ‘ogonali ko‘tarish; 1—qabul qilish bunkeri; 2—qabul qilish konveyeri; 3—noriya (asosiy); 4—chumichli tarozilar; 5— avtomatik tarozilar; 6,
7—silos utsi va otsi konveyerlari; 8—se’arator utsi bunkeri; 9— se’arator; 10—se’arator otsi bunkeri; 11—kushimcha noriya; 12—siloslar.

Elevatorlarning ishchi sxemasi printsipial sxema asosida ko‘riladi. U barcha silos, bunker, jihoz va ko‘rilmalarning alokasini ta’minlaydi. Elevatorda donni kuchirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar noriyalardan foydalanish bilan amalga oshirilganligi sababli bir vaktdagi kuchirishlar soni noriyalar sonidan oshmaydi. Har bir jarayon uchun donning sig‘imlar va jihozlar orkali kuchishning ma’lum ketma-ketligi xos bo‘lib, bu ishchi sxemada ifodalanadi. Donning yuli esa kuchish yunalishi deb ataladi.


Elevatorlarning texnologik sxemasi donga okimda, qabul qilishdan boshlab siloslarga va saqlashga yuborilgunicha ketma-ket ishlov berish koidasi asosida ko‘riladi. Agar texnologik mashinalarning unumdorligi transport jihozlarnikidan past bo‘lsa, don uchun ishlov berishgacha va ishlov berishdan keyin sig‘imlar o‘rnatiladi. Buning natijasida donga okimda ishlov berish hamda barcha jarayonlarda uzluksizlik ta’minlanadi. O‘erativ bunkerlar jihozlardan foydalanish koeffitsienti vakt bo‘yicha uzgarganda ham zarur hisoblanadi.
Texnologik sxema barcha boskichlarda miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisobini uz ichiga olishi kerak. Buning uchun sxemaga tarozilar hamda don namunasi olish uchun nuktalar kiritiladi. Ishchilar sxemaga qarab donning harakatlanish yunalishini bilib olishlari, sxemani tushunishlari kerak. Donning harakatlanishi har doim kalin chizik bilan, chiqindilar, chang va havoning harakati punktir yoki ingichka chiziklar bilan belgilanadi. Sxemadagi nukta don harakatining boshlanishini, ko‘rsatkich esa oxirini bildiradi.
Elevatorda bir xil nomdagi mashinalar rakamlanadi yoki biron bir belgi bilan belgilanadi. Tartib rakami bilan qabul bunkerlari, Konveyerlar, noriyalar, tarozilar, se’aratorlar, (ko‘ritgich) osti va usti bunkerlari belgilanadi. Agar bir xil nomdagi jihozlar ko‘p va bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘lsa, kodli rakamlashdan foydalaniladi (2-rasm).



2-rasm. Elevatorda don va chiqindilarning harakatlanish sxemasi

Ulardagi 100 soni siloslar katorini, keyingi ikkita son esa silosning shu katordagi tartib rakamini bildiradi. Bundan tashkari, barcha juft yuzliklar ung; tok yuzliklar cha’ silos korpusini bildiradi. Belgilashning boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin. Xususan, yuzdan keyingi rakam silosning katori va rakamini bildiradi (masalan, 211- juft silos korpusi, birinchi silos).


Don harakatlanish sxemasiga ko‘ra ortikcha kiyinchiliksiz donni sxemaning istalgan nuktalariga kuchirishning barcha jarayonlarini amalga oshirish asosiy vazifa hisoblanadi. Foydalanishni kulaylashtirish maqsadida donning harakatlanish sxemasi kuchishlar, bunker va siloslarning sxemalari bilan birgalikda beriladi.
Kuchishlar jadvali (donni harakatlanishini shartli kiskartirilgan sxemasi) yordamchi sxema hisoblanadi va belgilangan jarayon bajarilishi mumkin bo‘lgan noriyani aniqlashda yordam beradi. Kuchishlar jadvali ikki kismdan iborat bo‘ladi: cha’ tomonda noriyalar donni qabul kiladigan siloslar va jihozlar, ung tomonda noriyalar donni uzatadigan siloslar va jihozlar ko‘rsatiladi. Noriyaning u yoki bu jarayonni bajarish imkoniyati jarayon va noriyaning kesishish katagida maxsus belgi (X yoki
*) bilan ko‘rsatiladi (2-rasmga karang). uabo‘l qilingan shartli belgilar bilan tuldirilgan kataklar soni don harakatini, yunalishini va sxemaning moslanuvchanligini ifodalaydi. Siloslar va bunkerlar jadvalida omborxonaning sig‘imi haqida aloxida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, bu sifati va massasi turlicha bo‘lgan don turkumlarini joylashtirishni hisobga olish imkonini beradi.
    1. Donni saqlash korxonalaridagi texnologik jarayonlar

Don mahsulotlari bilan ish yuritadigan har bir korxona donni qabul qilish, ishlov berish, saqlash, ichki kuchirish va jo‘natish kabi vazifalarni bajaradi. Bajaradigan vazifasiga qarab korxonalar donni avtomobil, temir yul va suv transportidan qabul kiladi. Uzbekistonda don asosan avtomobil va temir yul transporti orkali qabul qilinadi.
Avtomobil transportidan don tayyorlov maqsadida qabul qilinadi, temir yul va suv transporti orkali keltirilgan don mahsulotlari elevator — omborxona korxonalarida qabul qilinadi.
Saqlash uchun qabul qilingan donning sifati dastlabki tekshiruvdan o‘tkaziladi. Uning turli xil don zararkunandalari va ob-havo sharoitiga chidamliligini oshirish maqsadida turli xil ishlovlar beriladi. Ishlov berish jarayonida donning sifati belgilangan (konditsion) ko‘rsatkichlargacha
yetkaziladi. Donga ishlov berishning kuyidagi turlari mavjud: tozalash, ko‘ritish, zararsizlantirish, sovitish va turkumlar tayyorlash.
Don tozalash mashinalarida (separatorlar, pohol tozalagichlar) dondan begona aralashmalar, begona usimliklarning uruglari ajratiladi. Uruglik donlar tozalanadi va saralanadi. Tayyorlov korxonalariga ko‘ritishga yuborilayotgan don dastlab tozalanadi. quruq va o‘rtacha ko‘ruklikdagi donni tozalash asocan saqlash jarayonida amalga oshiriladi.
Don ko‘ritgichlarda turli usullar yordamida ko‘ritiladi: gazlash, don ko‘ritgichdan utkazish, sovitish.
Yirik don turkumlari xalk xujaligida foydalanish maqsadida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish elevatorlarida yanchish turkumlarini yaratishda bir kator belgilariga qarab ma’lum nisbatda turli turkumlar aralashtiriladi. Ishlov berishning ba’zi turlari (tozalash, ko‘ritish) donni qabul qilishda don okimida amalga oshiriladi. Okimda ishlov berish don sifatini yaxshilashning eng samarali usuli bo‘lib, bu eng arzon va kam mehnat talab kiladi. Bunday ishlov berish usuli don saqlanishini yaxshi ta’minlaydi. Donni saqlash — elevatorlar va omborxonalarning asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Saqlashda donning tulik sifati va miqdori ta’minlanadi. Donni saqlash jarayonida don shamollatish, sovitish va bir xil turkumlarni yaratish uchun kuchiriladi.
Don boshqa omborxonalarga yuborish hamda eksport qilish uchun temir yul va suv transportiga yuklanadi. Ba’zi hollarda don qabul qilish va ishlab chiqarish korxonalarida donni qayta ishlash korxo-nalariga avtomobil transportida junatiladi.
Elevatorlarda barcha jarayonlar miqdoriy va sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Miqdoriy nazorat
— o‘lchash, donni qabul qilish, jo‘natish va ichki jarayonlarda amalga oshiriladi. Donni saqlanuvchanligini ta’minlash va sifatini yaxshilash uchun barcha texnologik jarayonlarni amalga oshirishda donning sifati nazorat qilinadi. Sifat nazorati don mahsulotlarini miqdoriy hisobga olish uchun ham kerak bo‘ladi.


Nazorat savollari

1.Nima maqsadda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash bo‘limi tuziladi? 2.Korxonaning xom ashyo zonasini qanday tushunasiz?
3.Suv, bug‘, elektrenergiya normalari qanday aniqlanadi? 4.Loyihaning transport alokalari nima maqsadda aniqlanadi? 5.Qurilish uchun joy tanlash va uni asoslash?
6.Loyihani iqtisodiy asoslash? 7.Korxona quvvatini asoslash?
8.Qurilish uchun mikro va marorayonni tanlash? 9.’eres’ektiv va mavjud ‘lanlarga asoslanish?
10.Ikkinchi darajali omillar? 11.Xom-ashyo zonasini aniqlash? 12.Transport alokalarini aniqlash?
13.Loyihalanayotgan korxonani energiya bilan taminlash? 14.Korxonalarni loyihalashda suv va bug ahamiyati?

  1. Texnologik sxemada nima ko‘rsatiladi?

  2. Texnologik sxemani tanlashda, nimalarga rioya qilinadi? 17.Nima maqsadda liniyalarning grafiklari tuziladi?

18.Texnologik sxemani tanlashda kuyiladigan shartlar? 19.Xom ashyo sarfini hisoblash?
20.Liniyalarni va grafiklarni tuzishdan maqsad nima? 21.Chiqindilar miqdori qanday aniqlanadi?

  1. Mahsulot sifati texnologik sxemaga bog‘liqligi?

  2. Texnologik sxema mahsulotni chiqishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
6-ma`ruza: Saqlash omborlari va saqlashga tayyorlash bo'limlarini bosh rejasini tuzish

Reja:

    1. Bosh rejani tuzishda asosiy qoidalar.

    2. Bosh reja asosiy obg‘ektlari.

    3. Don omborxonalarining konstruktsiyalari

    4. Vaqtinchalik don omborxonalari

    5. Meva-sabzavotlarni saqlash uchun omborxonalar.



Adabiyotlar: 1, 3, 5, 6, 7, 8




Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish