O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet12/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini asoslash. Iqtisodiy asoslashning uchinchi, eng kerakli kismi bu-korxonaning ishlab chiqarish quvvatini belgilashdir. Bu masala xomashyo va talab printsiplariga qarab yechiladi. MEZlarning quvvati xomashyo printsipi bo‘yicha aniqlanadi, yani zavod loyihasini xomashyo (urug) larning hajmiga qarab ko‘p bo‘ladigan vaktiga qarab belgilanadi.
Korxona quvvati perespektiv va mavjud planlarga asoslanib aniqlanadi. Masalan, (viloyatlar bo‘yicha) moy zavodlarining summar quvvati hisoblanadi, yani uruglar bo‘yicha mavjud moy zavodlarining utkazish kobiliyatini aniqlanadi. Keyin esa kelajakda paxta tozalash zavodlari moy zavodlariga kancha urug bera olishi aniqlanadi. Margarin zavodlarining quvvatini mahsulotga bo‘lgan talab printsipiga qarab aniqlanadi. Agar margarin zavod aholi ko‘p yashaydigan katta joylarga ko‘rilsa, loyihalanayotgan margarin zavodning yillik quvvati aholi jon boshiga qarab bo‘ladi.Bu ko‘rsatkich yildan – yilga yoglarni ishlatishi va aholini usishiga bog‘liq ravishda ko‘payadi. Bundan tashkari konditerlar va boshqa oziq-ovqat korxonalari (non zavodlari) talabiga ham qarab margarin zavodlar quvvati belgilanadi. Ikkinchi darajali omillar. Bu asosiy omillardan tashkari ikkinchi darajali omillar mavjud bo‘lib, ular ham iqtisodiy asoslash uchun muhim hisoblanadi. Bu ikkinchi darajali faktorlar makrorayonni aniqlab berilsa, mikrorayondagi aynan qurilish joyini anilashga yordam beradi. Bu omillarga suv taminoti, issiqlik taminoti, energiya taminoti, kanalizatsiya kiradi, ammo bu yukoridagi manbalar yo‘q bo‘lsa ham, mavjud rayonda zavod ko‘riladi. Bunday holda uzining kuchli (issiqlik va energiya) stantsiyasi ko‘riladi. SHuningdek suv taminoti va kanalizatsiya ishlari xal qilinadi. Lekin suv umuman yo‘q bo‘lgan yerda MEZ ko‘rish mumkin emas.
Korxona qurilishning texnik iqtisodiy asoslashi kuyidagi muhim bo‘limlaridan iborat:
Yer – tuproq harakteristikasi va iqlim sharoitlari. Bu bo‘limda qurilishning joyi, uning qaysi viloyatga karashligi aniqlanadi va chegaralari belgilanadi. Tanlangan xom ashyo zonasidagi yer tuzilishi bogdorchilik va sabzavotchilik rivojlanishi nazariyasidan urganiladi. Tanlangan joyining yer tuzilishi va iklim sharoitlari urganib, barcha meva va sabzavotlarni yetishtirish imkoniyati xosildorligi va sifati aniqlanadi. qayta ishlash liniyalarning ishlash muddati havo haroratining uzgarish dia’azoniga, past haroratlarning davriga bog‘liq. Bosh reja tuzilganda shamol esish yunalishi e’tiborga olinib, tutun, gaz chiqaradigan ob’ektlar shamol esmaydigan tomonda ishlab chiqarish sexlardan va aholi yashaydigan uylardan uzokrok joylashgan bo‘lishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslashda kuyidagi ma’lumotlar beriladi: havo harorati va sutka davomida uning o‘zgarishi, minimal va maksimal haroratlar, havo nisbiy namligi, sovuk kelishi va tamom bo‘lishi, shamol kuchi va yo‘nalishi. Ushbu ma’lumotlar oylar va o‘rtacha yil (10 yil va undan ortik) bo‘yicha beriladi.
    1. Xom ashyo zonasi

Loyihalanadigan zavodni meva va sabzavotlar bilan kerakli darajada ta’minlash uchun atrofdagi xo`jaliklar unga biriktirilib, xom ashyo zonasini tashkil etadi.
Tashish xarajatlarini kamaytirish, xom ashyoni zavodga tez va yo‘qotmasdan olib kelish maqsadda, xom ashyo zonasini iloji boricha, ishlab chiqarish korxonaga yaqin joylashtirish kerak. Xom ashyo zonasining o‘rtacha radiusi 25-30 km dan 50 km cha tashkil etadi.
Texnik-iqtisodiy asoslash bo‘limini tuzishda xom ashyo zonasiga kiradigan xujaliklarning ekin maydonlari, yetishtiriladigan sabzavot va mevalar turlari va miqdori, xosildorligi ko‘rsatiladi. Meva va sabzavotlarning yetilish muddati ham keltiriladi.
Etishtiriladigan meva va sabzavotlarning ‘omologik navlari va sifat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatish lozim. Xom ashyo sifati (ko‘ruklik miqdori, qand miqdori) ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarga ta’sir kiladi. Masalan, tomat sexining ishlab chiqarish quvvati qayta ishlanadigan xom ashyo miqdoriga va uning tarkibidagi ko‘ruk moddalar miqdoriga bog‘liq. Qish va bahor mavsumlarida zavod tuxtamasligi uchun xom ashyoning boshqa turlarini qayta ishlash imkoniyati ko‘ribchiqiladi.
Qurilish materiallari
Yangi qurilishda, asosan, mahalliy qurilish materiallardan foydalanishga yunalgan bo‘lishi kerak. Bu bo‘limda kerak bo‘lgan qurilish materiallari va ularni kaerdan olib kelinishi aniqlanadi.
Uzokdan olib kelingan materiallar qurilishga bo‘lgan xarajatlarni ko‘paytiradi. qurilish atrofida qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan korxonalarni aniqlash muhimdir.
Transport aloqalari
Xom ashyoni olib kelish va tayyor mahsulotni jo‘natish yullari ko‘rsatiladi. Zavod atrofidagi bor magistral yullarning va transport turlarining kiska harakteristikasi beriladi.
Elektr ta’minoti
Konserva zavodlarga uzatiladigan elektr energiyaning quvvati asosan 6 kV va undan ortiq bo‘ladi. Quvvati 220/380V elektr tokdan foydalanish uchun zavodlarda transformator podstantsiyalar quriladi.
Bo‘limda transformator podstantsiyaning quvvati, zavoddagi foydalanish koeffitsienti belgilanadi. Texnologik maqsadlarda sarflangan elektroenergiya miqdori elektr energiyasini sarflash solishtirma normasiga ko‘ra aniqlanadi. Elektroenergiyani sarflash solishtirma normasi ishlab chiqariladigan konservalar va kadoklash uchun ishlatilgan idishlar turiga bog‘liq. Bundan tashkari elektroenergiya ko‘p miqdorda xujalik maqsadlarda (yoritish, suv bilan ta’minlash, bugxonalar uchun) sarflanadi.
Bug‘ ta’minoti
Vinochilik va konserva korxonalarda bug ishlab chiqarish sexlarda texnologiya maqsadlarda: buglatish, kovurish, blanshirlash, sterilizatsiyalash va boshqa termojarayonlarda ishlatiladi. Texnologik ko‘rilmalarning ko‘p kismi bosimi 392 kPa gacha bo‘lgan tuyingan bugni ishlatadi; masalan, blanshirovatellar, trubali va plastinkali kizdirgichlar, vakuum-apparatlar, kozonlar, avtoklavlar, sterilizatorlar. Ba’zi uskunalar: kovurish qozonlar, bug‘latkichlar, vakuum- kontsentratorlar, yukori bosimli (1176 kPa) bug bilan isitiladi. Bug‘ bilan ta’minlash uchun ko‘pincha korxonalarda bugxonalar ko‘riladi. Ba’zida bir necha korxonalar bitta markaziy bugxonadan ta’minlanadi. Korxonalarning bugga bo‘lgan talabi ishlab chiqariladigan mahsulotning turiga bog‘lik.
Yoqilg‘i
Zavod loyihasida uz bug‘xonasi kuzda tutilganda yoqilgi turlarini ham tanlash zarurdir. Zavodlarning ko‘p kismi gaz magistrallarga kushilgan bo‘ladi. Gaz yukori kaloriyli yoqilgi hisoblanadi. Bundan tashkari, bug kozonlarida ishlatishda boshqa yoqilgilarga nisbatan sanitariya jihatdan juda kulay. Shuningdek gaz boshqa yoqilgilarga nisbatan ekologik toza hisoblanib, tabiatni ifloslantirmaydi. Gaz bo‘lmagan joylarda boshqa yoqilgilar (mazut, ko`mir, torf)ni ishlatish mumkin.
Suv bilan ta’minlash
Vino va konserva zavodlarda suvning ko‘p kismi ishlab chiqarishda; ya’ni qiyom va marinadlarni tayyorlash, xom ashyoni va konserva idishlarni yuvish, blanshirovatel, kovurish kozonlar, sterilizatorlarni ishlatish uchun sarflanadi. Ichimlik suvini iste’mol uchun, xujalik-xizmat ko‘rsatish uchun va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Qurilishni texnik-iqtisodiy asoslashda zavodni suv bilan ta’minlash yullari aniqlanadi. Ishlab turgan vodoprovod magistraliga kushish imkoniyati bo‘lganda uning diametri, chuko‘rligi va suv bosimi ko‘rsatiladi. Suvning sifati haqida ma’lumot berish muhimdir. Suvning sanitar holatiga (titrkoli, organiq va mineral aralashmalar, kattikligi) qarab uni tozalash muammolari xal qilinadi Korxonalarda xom ashyoni qayta ishlash idishlarni va texnologik uskunalarni yuvish, maishiy xonalarni xizmat qilishi va isitish uchun ko‘p miqdorda issiq suvdan foydalaniladi. Suv, asosan, apparatlarning uzida yoki boylerlarda bug bilan isitiladi. Ba’zi zavodlarda issiq suv chetdan olib kelinadi.
Kanalizatsiya
Korxonalardagi okova suvlarini olib chiqib ketish uchun zavodni kanalizatsiya sistemasi bilan ta’minlash lozim. Loyihalaydigan zavodga okova suvlarni tozalash inshootlari qurilishi iqtisodiy jihatdan katta xarajat talab etganligi uchun zavoddan chiqkan okova suvlarni xujalik yoki shahar markazidagi okova suvlarni tozalash inshootlariga yuboriladi.
Ishchi kuchi mavjudligi
Ko‘p aholi yashaydigan joylarga ishchi kuchi masalasi oson yechiladi. Lekin bir xillarida zavodlarni kam aholi yashaydigan, chekka yerlarda ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda asosiy omillar zavod qurilishiga mos kelsa, aholining ishchi kuchi unga hisobga olinmaydi. Aholi kam yashaydigan
joylarga aholini ko‘paytirish, yangi shaharlar barpo etish mumkin. Mutaxassis kadrlarni esa ishlab turgan zavodlarda va tegishli ko‘rsalarga tayyorlash mumkin. qurilish uchun maydon tanlangandan sung, maydonnmi qurilishga berishi uchun xujjatlar to‘g‘rilanadi. Masalan: maydon jamoa xujaligiga tegishli bo‘lsa, uning roziligini olib, jamoa xujaligi karoriga qarab rayon, viloyat, sung Respublika Vazirlar kengashi tomonidan tasdiklanadi. Loyihalanadigan zavodni texnik - iqtisodiy asoslashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sexlarida ishlayotgan ishchilarning soni zavodda ishlab chiqaradigan mahsulotning turiga va miqdoriga bog‘liq. Ishchi kuchining kerakli miqdori taxminiy kuyidagi normalarga ko‘ra olinadi: tomatpasta uchun -0,3-0,4 (kishi/1m.sh.b.), pomidor sharbati-0,26; kuk no‘xat-0,4-0,6; konservalangan bodring -1,1-1,2; konservalangan pomidor-1,1-1,2; sabzavotli ikra- 1,2-1,3; sabzavotli konservalar-1,4-1,5; kompotlar 1,1-1,6; murabbo 1,8-4,0 (xom ashyo turiga ko‘ra); jem- 1,6; sharbatlar- 1,5; mag‘izli sharbatlar 1,0; uzum sharbati (yarimfabrikat)- 0,3; dimlangan go‘sht - 1,8- 2,0 va hokazo. Ishlab chiqarish sexida ishlaydigan ishchilar soniga kushimcha sexlarda ishlaydigan ishchilar soni kushilib ishchi kuchning umumiy ixtiyoji aniqlanadi.


    1. Don omborining qurilish maydoniga kuyiladigan talablar

Don omborxonalari ko‘rishga sarflanadigan kapital xarajatlarning hajmi va foydalanish xarajatlarining miqdori qurilish maydonini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Don omborxonasi uchun uchastkani tanlash maxsus tasdiklangan izlanishlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Belgilangan joyda don omborxonasi ko‘rishning iqtisodiy maqsadga muvofikligi va texnik imkoniyatlari tekshiriladi. Korxonani qurilish maydonini tanlash asosan xosildorlikka qarab korxona sig‘imini tanlashga karatiladi. Keyin don omborxonasining donni aylantirish sharoitlari hisobga olinadi va nixoyat, yaqin va uzok kelajakda shu sig‘imga bo‘ladigan talab hisobga olinadi. Bunda bitta maydonda don omborxonasi, tegirmon va boshqa turdosh korxonalarni birlashtirish imkoniyati hisobga olinadi. Hududda mavjud bo‘lgan barcha yordamchi ko‘rilma va inshootlardan (temir-yullar, elektr ko‘rilmalari, sanitariya-gigieniya ko‘rilmalari) samarali foydalaniladi. Bu esa korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Don omborxonasi ko‘riladigan uchastka tekis, okova suvlarni olib ketishni ta’minlaydigan qiyalikka ega bo‘lishi kerak. Buning uchun 0,003 dan 0,03 gacha qiyaliklar tavsiya etiladi. U temiryul stantsiyasiga yetarlicha yaqin bo‘lishi va suv bosmaydigan kirgokda joylashtirilishi kerak. Hududdagi gruntning ko‘tarish kobiliyati omborxonalar va elevator ko‘rish uchun yetarli bo‘lishi maqsadga muvofikdir. Elevator poydevorining gruntga beradigan yuklanishi (3...4)-105 ‘a (3...4 kg/sm2) ga yetadi, shuning uchun poydevor joylashadigan gruntning ko‘tarish kobiliyatini to‘g‘ri baholash zarur.
Elevatorning asosi muhandislik — geologik izlanishlar va gruntlarni tadkik qilish asosida loyihalanadi. Muhandislik geologiyasi uslublari asosida asos gruntining ko‘tarish kobiliyati va chukishi hisoblanadi. Elevator ishchi binosi va silos korpusining massasi katta bo‘ladi va foydalanish jarayonida inshootlarning 50 sm gacha chukishiga olib keladi. Elevatorning chukishi asos gruntining koldik deformattsiyasi natijasi hisoblanadi. Shuning uchun grunt tulik siqilishi natijasida inshootlarning holati foydalanishning dastlabki yillarida barkarorlashadi va keyingi foydalanish davriga utadi.
Chukishni boshqarish uchun har bir loyiha ilovasida elevatorni don bilan dastlabki yuklash va keyingi yuklash sharoitlari ko‘rsatilgan maxsus yo‘riknoma bo‘ladi.
Silos korpusi balandligi bo‘yicha uchta zonaga bo‘linadi. Har bir zona ketma-ket yuklanadi. Keyingi zonani yuklash oldingi zonalarni yuklash tugagandan keyin amalga oshiriladi. Har bir zona chegarasida siloslar tekis va simmetrik tuldiriladi. Tuldirish orasi bir xaftadan kam bo‘lmasligiga e’tibor beriladi. Har bir zona shunday ketma-ketlikda yuklanadi. Silosni muttasil tuldirib borish tartibi gruntga yuklanishni oshirib borish va shu bilan birga ularni bir tekis siqilishini ta’minlaydi.
Siqilish nivelirlar yordamida tekshiriladi. Foydalanish jarayonida elevator cho‘kishining am’litudasi fakat silos korpusini tuldirish darajasining funksiyasi bo‘lib koladi.
Elevator ishchi binosining tekis chukishini ta’minlash fakat vertikal holatda ishlaydigan noriyalardan bir me’yorda foydalanishni ta’minlash uchun ham kerak bo‘ladi.
Hududni tanlashda kuyidagi talablar inobatga olinadi:

  • tabiiy relefni iloji boricha saqlab kolish;

  • yer ishlarining hajmiga e’tibor beriladi;

  • yuza belgilarining, bino kuyi qavatlari pollari bilan boglash;

  • yer massalarining joylashuvi siljish va utirish holatlarinig yuzaga

kelishiga yul kuymaslik, yer osti suvlari rejimlarining buzilishiga yul kuymaslik kerak.
Hududni tanlashda fakat kerakli maydon olinadi. Shu bilan birga korxonaning rivojlanish istikbollarini ham hisobga olish kerak. Uchastkaning shakli turtburchak bo‘lishi maqsadga muvofikdir. Uchastkada joylashtiriladigan inshootlarning tavsifi va ulchamlari ko‘rsatiladi. Uchastka ulchami katta kiymatlarda uzgarib turadi. Masalan, sig‘imi 100 ming tonna elevator uchun ulchamlari 490 x 290 m, sig‘imi 200 ming tonnalik don omborxonasi uchun esa 750 x 275 m yer maydoni talab qilinadi.
Korxona aholi punktlariga yaqin joylarda, lekin uning qurilish hududidan tashkarida joylashtirilish kerak. Bu shtatni shakllantirish, ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilishni osonlashtiradi.
Aholi yashaydigan hududda maydon tanlanganda shamolning yunalishi hisobga olinadi. Bunda shamol don changlari va ishlatilgan gazlarni aholi yashaydigan hududdan teskari tomonga olib ketishi kerak.
Yangi qurilish maydoni eski, ayniksa, aholi yashaydigan va buzishga muljallangan joylarda bo‘lmasligi kerak. Maydon sifatli suv bilan ta’minlash imkoniyatini beradigan suv manbayiga ega bo‘lishi zarur. Suv bilan ta’minlash uchun temir yo‘l yoki shahar suv tarmogidan foydalanish mumkin. Bunday imkoniyat bo‘lmaganida suv manbayi sifatida artezian kudugi kaziladi. Suv bilan ta’minlash sistemasi yetarlicha suv zaxirasi va o‘t o‘chirish vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Qurilish maydonini tanlashda kushni elektrostantsiyadan yoki yukori kuchlanishli tarmokdan elektroenergiya olish imkoniyati ham hisobga olinadi. Chetdan elektroenergiya olish imkoniyati bo‘lmaganida alohida elektrostantsiya ko‘riladi. Qurilish maydoniga avtomobil va temiryullarni olib kelish kulay bo‘lishi kerak.
Maydon tanlanganidan keyin geodezik usullardan foydalanib, joyning rejasi suratga olinadi.
    1. Texnologik sxemasini tanlash

Loyihaning texnologik kismi texnik -iqtisodiy asoslash kismi, tayyorlanadigan mahsulotning assortimenti aniqlangandan keyin ishlab chiqariladi. Birinchi navbatda bitta mahsulotni tayyorlash uchun texnologik sxemalar va ishlab chiqarish liniyalari tanlanadi.

    1. Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlar.

Texnologik sxemalar tasdiklangan ishlab chiqarish instruktsiyalar, tegishli adabiyotlar va ilg‘or korxonalarning yutuklari asosida tanlab olinadi. Loyihalanadigan texnologiya eng avval mahsulotni yukori sifatini ta’minlash lozim. Masalan, saqlash rejimlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun barcha shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi, saqlash natijasida yo‘qotishlarning minimal miqdorini ta’minlaydi. Muhim ko‘rsatkichlardan biri mahsulotning chiqishi. Yukori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi bilan chiqindilar va yo‘qotishlar kam bo‘lganligi, texnologik sxemasi yaxshi tanlanganligini ko‘rsatadi. Masalan, etilen gazini yutuvchi preparatlarning qo‘llanilishi energiya tejamkorligiga ijobiy ta’sir etadi. Uzluksiz ishlash sxema davriy sxemadan kulayrok. Uzluksiz sxemada texnologik uskunalarning ishlab chiqarish quvvati oshadi, yo‘qotishlar kamayadi. Tanlangan texnologik sxema to‘liq yoki qisman mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi shart. Havoning nisbiy namligi, harorat va havo oqimining avtomatik nazorat qilinishi mahsulotlarni sifatli saqlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Keyingi shart-texnologik sxemalar ratsional bo‘lishi kerak, ya’ni elektroenergiya, bug, suv, sovuklik, ishchi kuchni minimal miqdorda, talab qilishi kerak. Texnologik sxemalarda barcha jarayonlar ketma-ket ko‘rsatiladi, sxemada kushimcha komponentlar, konserva idishlarni kelishi, chiqindilarni olib ketilishi ham ko‘rsatiladi.

    1. Texnologik sxemalar

Ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik sxemalarni keltiramiz.
Kartoshkani saqlash texnologik sxemasi



Yig’ishtirish


Tashish


Tortish


Tuproq, o’simlik qoldiqlari va kichiq tuganaklardan tozalash


Saqlash


Tozalash va kalibrlash


Yuvish


Quritish


Tortish


Qadoqlash


Yuklash va realizatsiyaga jo’natish

Texnologik sxemalar uskunalar ko‘rinishida ham berilishi mumkin. Bu holda sxemada mashina va apparatlarni bir-biriga boglab turadigan transport uskunalari (transportyor, elevator,


shnek va nasoslar) ko‘rsatiladi.



Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish