Qadoqlangan xolda saqlash muddati (oy)
Germitik bo‘lmagan idishda (quti, baraban,
yashik, qop)
|
germetik tunuka bankada, mahsulot
namligi
|
8% dan ko‘p, GOST
talabigacha
|
8%
gacha
|
Kartoshka
|
|
|
|
quritilgan
|
12
|
15
|
30
|
natriy bisulg‘fit bilan ishlov berib
quritilgan
|
—
|
—
|
36
|
Quritilgan sabzi
|
12
|
18
|
24
|
Quritilgan lavlagi
|
12
|
18
|
30
|
Piyoz
|
|
|
|
quritilgan
|
12
|
16
|
24
|
natriy bisulg‘fit bilan ishlov berib
quritilgan
|
—
|
—
|
30
|
Oq bosh karam
|
|
|
|
quritilgan
|
6
|
8
|
12
|
natriy bisulg‘fit bilan ishlov berib
quritilgan
|
-
|
—
|
15
|
Quritilgan oq ildizlar
|
12
|
16
|
24
|
Quritilgan ko‘katlar
|
8
|
12
|
18
|
Quritilgan sarimsoq
|
—
|
—
|
24
|
Saqlanayotgan quritilgan mahsulotlarning sifati mikroorganizmlar va zarurkunandalar tahsirida ham buzilishi mumkin. Mahsulotni saqlashda saqlash omboridagi havoning nisbiy namligi ham muhim o‘rin tutadi. Quritilgan meva-sabzavotlar o‘ta gigoskopik mahsulot bo‘lganligi sababli, saqlashda havodagi namlikni imkoniyat yaralganda o‘ziga tortib oladi va buzilishning boshlanishi uchun zarur namlikga ega bo‘lganidan so‘ng ular tarkibida bakteriyalar, achitqilar va mog‘orlarning salbiy faoliyati boshlanadi.
SHuning uchun quritilgan mahsulotlarni germetik bo‘lmagan idishlarda saqlashda ombordagi havoning nisbiy namligi 75% dan, sabzavotlarni germetik idishlarda saqlaganda esa 85% dan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birgalikda quritilgan meva-sabzavotlar quyosh nuri tahsirida o‘z rangini o‘zgartirishi mumkinligini inobatga olib, mahsulotlar qorong‘i joylarda yoki nur o‘tkazmaydigan idishlarda saqlanadi.
Nazorat savollari:
Quritilgan meva-sabzavotlarni saqlashda ularda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Saqlash rejimlari qaysi parametrlar bilan tavsiflanadi?
Saqlashda quritilgan mahsulotlarning bardoshliligiga qanday faktorlar tahsir ko‘rsatadi?
21-amaliy mashg‘ulot Meva mahsulotlarini saqlash omborlarining tuzilishi
Darsning maqsadi: Mevalarni doimiy saqlash maqsadida foydalaniladigan omborlarning tuzilishi va turlari bilan tanishish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash usullari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari turli xil usullarda saqlanadi. Yangi meva-sabzavotlar, shuningdek urug‘liklar va kartoshka saqlaydigan inshoot yoki binolar meva-sabzavot ombori deb yuritiladi. Ular muvaqqat va doimiy bo‘ladi. Muvaqqat omborlarga uyum, handaq, o‘ra va boshqalar kiradi. Doimiy omborlar bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklida va ustiga yoki yerdan chuqurroq (1,5-2 m) qilib, betondan yoki gpishtdan quriladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari omborlari mahsulotni saqlash usullariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Tabiiy usulda shamollatiladigan omborlar.
Ventilyator yordamida tashqi havo bilan sovitiladigan omborlar.
Sun’iy usulda sovitiladigan sovutgichlar.
Atmosferasi boshqarilib to‘riladigan sovutgichlar.
Muzxona va muzli omborlar.
Meva va sabzavotlarning turli-tumanligi va ularni turli maqsadlarda saqlash, mahsulot yetishtiriladigan mintaqaning tabiiy sharoiti, xo‘jalikning moddiy texnika imkoniyatlari mahsulot saqlashning turli xilda bo‘lishini talab qiladi.
Xo‘jalikda etishtirilgan mahsulotni saqlash usulini tanlashda muayyan saqlash usuli va texnologik rejimi albatta sinab ko‘rilishi lozim. Bunda mahsulotni saqlash muddati ham hisobga olinishi kerak. Sabzavot va meva omborlarini ma’lum texnologik rejimni boshqarib turiladigan va mexanizasiyani keng joriy etish imkoniyati yaratilgan holda qurish mahsulotning sifatli saqlanishini va nobudgarchiligini kamaytirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |