2.4. Zamburug’li preparatlari
Asosida zamburug’lar bo’lgan biopreparatlar keng doirada ta’sir etish xususiyatiga egadir. Ular zararkunandalarga kontakt ta’sir etadi, shuning uchun so’ruvchi zararkunandalari va zararli hasharotlarning oziqlanmaydigan fazalarini ham shikastlaydi. Zamburug’ preparatlari hasharotlar, kanalar va nematodalarga qarshi ishlatiladi. Entomopatogen zamburug’ preparatlarining assortimenti birmuncha chegaralangan. RF davlat katalogiga faqat vertitsillin va boverin hamda nematodalarga qarshi nematofagin kiritilgan. Bundan tashqari mikroafidin, entomoftorin, piriformin, merozin preparatlarining tajriba namunalari ishlab chiqarilayotgan bo’lsada, ularni sanoat asosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan (Shternshis, Jalilov, Andreeva, Tamilova 2004). Chet elda ham entomoftora va deyteromitset zamburug’lari ishlab chiqariladi. ”Biodron” TOO NVTS tomonidan boverin preparatining ikki shakli ishlab chiqariladi. Titri 1 ml da kamida 2 mlrd. blastospora. Preparat himoyalangan gruntda bodring va pomidorning tamaki tripsiga qarshi 1 % ishchi suyuqligi hisobidan 10- 15 kun oralatib purkaladi. Preparat sarfi 10 -30 l/ga, bunda o’simlikning yoshiga qarab gektariga 1000 dan 3000 l gacha, ishchi suyuqlik purkaladi.
Boverin, QDR, G. Quruq donadorlashtirilgan kukun, Beauveria bassiana zamburug’i asosida ishlab chiqariladi. 1 gr preparatda 2 mlrd. bladtospora mavjud. O’simlikka purkash uchun preparatning 2,5 % ishchi eritmasidan foydalaniladi. Issiqxonalarda boverin issiqxona oqqanoti va ayrim turdagi o’simlik bitlariga qarshi kurashda ham yuqori samara ko’rsatadi. Ochiq dalada preparatni kolorado qo’ng’iziga qarshi qo’llash ehtimoli bor. Boverin kontakt va ichakdan ta’sir etish xususiyatiga ega. Boverin qo’llashning optimal sharoitlari 20-25 C harorat va 85 % nisbiy namlik. Preparat issiqqonli hayvonlarga toksik ta’sir qilmaydi.
Boverin, QK. Quruq kukun, Beauveria tenella zamburug’ining VD-85 shtammi asosida tayyorlangan (shtamm zoologiya instituti xodimlari tomonidan marokash chigitkasining Markaziy Osiyo populyatsiyasidan ajratilgan). Turkiston termitiga qarshi zaharli yem- xo’rak usulida ishlatilganda yuqori samara ko’rsatgan. Voha chigitkasi va kolorado qo’ng’iziga qarshi kurashda ham ishlab chiqarish sinovidan o’tqazilmoqda.
Vertitsillin ”Biodron” TOO NVTS tomonidan Verticilliam lecanii, Lecanicillium muscarium (Zare et W.Gams) zamburug’i blastosporalari asosida bu preparatning ikki shakli ishlab chiqariladi. Vertitsillin, J, titri 1 ml da kamida 2 mlrd. blastospora. Vertitsillin, QKD, G. Quruq kukun, donadorlashtirilgan, titri kamida 2 mlrd.spora/g. Preparat himoyalangan gruntda bodring va pomidorni issiqxona oqqanotidan himoyalashdan purkash usulida tavsiya etilgan. O’simlik vegetatsiyasi davrida preparatning 0.1 % ishchi eritmasi ekinga 7- 10 kun oralatib purkaladi. Vertitsillinni samarali qo’llashning shartlari- ishlov berilgandan keyin 2 sutka davomida harorat 24- 28 C va nisbiy namlik 80 % dan yuqori bo’lmasligidir. Purkash kechquruqlari, yer va yo’lakchalar mo’l- ko’l sug’orilgandan keyin amalga oshiriladi. Quruq kukunni qo’llashdan oldin sporalarini faollashtirish maqsadida 12- 24 soat davomida ivitish tavsiya etiladi. Preparat issiqqonli hayvonlar uchun xavfli emas.
Nemotofagin BL, VSX, G. Preparat Arthrobotrys oligospora Fresensius zamburug’ining mitseliy va sporalaridan tashkil topgan. Titri 2- 3 mln. spora/g. Yopiq gruntda gall hosil qiluvchi nematodalarga qarshi kurashda tavsiya etilgan. Preparat gruntga bodring, pomidor va salat ko’chatlari o’tqazilishiga qadar 100- 150 g/m.kv yoxud ko’chat o’tqazish davrida har bir chuqurchaga 5- 10 gr hisobidan yoki o’simlik vegetatsiyasi davrida jo’yakchadagi har bir o’simlik ostida 20- 30 gr me’yorida kiritiladi.
Shampinon yetishtirish zararkunanda nematodalar, mikogelmintlarga qarshi zamburug’ mitseliysi ostida 250- 300 g/m.kv nematofagin kiritiladi. 15 C dan yuqori bo’lmagan haroratidagi quruq binoda preparatni saqlash muddati 1 yil.
Mikoafidin. Preparat BO’HQ instituti tomonidan ishlab chiqilgan, asosini Conidiobolus obscurus zamburug’ining tinim holatdagi sporalari, mitseliy va toksinlari tashkil qiladi. Kukunning tusi sarg’ish yoki och- jigarrang, titri 3*10 7 spora/g; preparat epizootik ta’sirga ega, o’simlik bitlariga qarshi qo’llaniladi. Saqlash muddati 1 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |